30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:33
Fan va taʼlim 👁 328

48-sonli MTTda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab "Zumradoylar bahsi" oʻtkazildi

48-sonli MTTda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab "Zumradoylar bahsi" oʻtkazildi

Bahor – goʻzallik va nafosat fasli, shu bilan birga biri-biridan jozibali va dillarga orom bagʻishlovchi ayyomlar fasli ham. Shu bois, bahorning ilk sanasida oʻzbekning nazokatli va sadoqatli farzandi – Zulfiyaxonim tavalludi kuni bilan boshlanadigan bayramlar biri-biriga ulanib ketadi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar ayyomi esa har bir koʻngilga, har bitta xonadonga, mamlakatimizga fayz-tarovat bagʻishlaydi.

Bu qutlugʻ sana munosabati bilan jajji qizaloqlardan tortib, munis va mehribon opajonlarga, nuroniy buvijonlarga samimiy hurmat va ehtirom koʻrsatiladi. Mehnat jamoalarida, davlat tashkilotlarida bayramona tadbirlar oʻtkazilib, goʻzal opa-singillar, aziz onajonlarni sharaflovchi kuy-qoʻshiqlar yangraydi.

Amudaryo tumanidagi 48-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkillashtirilgan “Zumrodoylar” adabiy-musiqiy bayram ona bellashuv tadbirida ham fidoyi va mehnatkash, oilaparvar, munis va mehribon, latofatli ayol-qizlar sharaflandi.

“Zumradoylar” tadbirini 48-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari Xosiyat Qurbonboyeva ochdi va MTT tarbiyalanuvchilarini, ularning onajonlari hamda MTT xodimlarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan soʻng, turfa bahor gullari, sayroqi qushlar tasvirlari hamda bahor va ayolni sharaflovchi shiorlar  bilan bezatilgan sahnaga “Zumradoylar” taklif etildi. Biri-biridan shirin tilli “Zumradoylar” tarbiyachi opalari hamrohligida  epchillik, zukkolik fazilatlarini namoyish etish uchun navbatma-navbat 3ta shart boʻyicha bahslashdilar. Tadbirda birinchi shart talabiga koʻra, oʻzlarini sheʼriy nutq asosida tanishtirdilar.

“Zumradoylar” bahslariga mazmunli va jozibali tus berish maqsadida har bir shart boʻyicha bahslaridan keyin MTT guruhlarida tarbiyalanayotgan kichkintoylar tomonidan raqslar ashulalar ijro etildi.

Tadbir davomida  “Zumradoylar” bellashuvning ikkinchi shartini ham aʼlo darajada bajarishga muvaffaq boʻldilar. Ushbu shart talabiga muvofiq jajji qizaloqlar tadbirda oʻzlarini kuzatib oʻtirgan aziz onajonlari uchun mustaqil ravishda shaxsiy sovgʻa tayyorlashdi. Qizaloqlar oʻz qoʻllari bilan yasagan bahor gullari va chizgan rasmlarini onajonlariga taqdim etishib, ularning olqishlarini olishdi. Ularning erkin mavzudagi ikkinchi shartni aʼlo darajada uddalashganlaridan mamnun boʻlgan 17-sonli maktab oʻqituvchisi Gulnora Tursunova jajji “Zumradoylar”ni chin dildan tabrikladi.

Tadbir davomida MTTning maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hamda katta va kichik  guruh tarbiyalanuvchilari biri-biridan shoʻx raqslar ijro etishdi, onajonlari uchun sheʼrlar aytib berishdi. Tadbirning yakuniy  uchinchi shartiga koʻra, “Zumradoylar” oʻz onajonlariga boʻlgan mehr-muhabbatini erkin tarzda ifoda etishlari uchun imkon berildi. Yaʼni har bir ishtirokchi bayram tabriklarini izhor etdilar va “Olti xalfa” raqsini birgalikda mahorat bilan ijro qildilar.

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Zumradoylar”  adabiy-musiqiy bellashuv tadbiri orqali 48-sonli MTT tarbiyalanuvchilarining donoliklari, epchilliklari, sogʻlom va barkamol voyaga yetayotgani namoyon boʻldi va bu ularning ota-onalarini cheksiz quvontirdi. Oʻz fikrlarini emin-erkin ifoda etib, sheʼr va topishmoqlarni burro tilda aytib berayotgan, mahorat bilan raqsga tushayotgan jajji bolajonlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026