30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:32
Jamiyat 👁 256

Fuqaro muhofazasi kuni tadbiri oʻtkazildi

Fuqaro muhofazasi kuni tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tumani hokim – Fuqaro muhofazasi boshligʻining 2024-yil 15-mart kungi “Amudaryo tumani hududida 2024-yil 15-mart kunidan 15-aprel kuniga qadar Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va Fuqaro muhofazasi oyligini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi 5-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 3-aprel kunida tumanning Oʻrta qala ovuli hududidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabida Fuqaro muhofazasi kuni tadbiri oʻtkazildi.

Aytish joizki, “Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 16-moddaga koʻra umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, oliy oʻquv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida oʻrgatish umumiy va majburiydir.

Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targʻib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan taʼminlanadi.

Amudaryo tumani favqulodda vaziyatlar boʻlimi tezkor boʻlinmasi xodimlari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbirning 1-qismida oʻquvchi yoshlarga tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi oʻrgatildi.

Maʼlumki, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra muayyan hududda odamlar qurbon boʻlishiga, odamlarning sogʻligʻiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetishiga, jiddiy moddiy talafotlarga hamda odamlarning hayot faoliyati sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, xavfli tabiiy hodisalar tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar deyiladi. Shuningdek, tabiiy ofat yoki boshqa ofat natijasida, karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi natijasida yuzaga kelgan vaziyatlar ham shunday toifaga kiritiladi. Oʻquvchilarga bunday sharoitda oʻzini qoʻlga olish va harakatlanish tartibi toʻgʻrisida mutaxassislar tomonidan tushunchalar berildi.

Fuqaro muhofazasi kuni tadbirida tabiiy ofat – zilzila sodir boʻlganda binoni qanday tark etish va xavfsiz joyga chiqish hamda jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish tartibi amaliy misollar orqali koʻrsatib berildi.

Tadbirning 2-qismida maktabdagi oʻquvchi yoshlarga yongʻin oʻchirish maxsus avtomobilidagi asbobob-anjomlar bilan koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mutaxassislar bino, inshoot va xonalarga qoʻyiladigan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiq obʼektlar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozimligini, binolar, inshootlar va xonalardan, asbob-uskunalardan, jihozlardan faqat loyiha va ekspluatatsion-texnik hujjatlarda belgilangan maqsadlarda va yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda foydalanish kerakligini alohida taʼkidladilar. Oʻquvchilarga yongʻin kelib chiqishining oldini olish, bunday noxush holat sodir boʻlganda esa uni zudlik bilan bartaraf qilish boʻyicha amaliy koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari oʻquvchilarga yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari, yaʼni koʻchma oʻt oʻchirgichlar, qum solinadigan qutilar, yongʻinga chidamli matolar, suv bilan toʻldirilgan idishlar, qoʻlda foydalaniladigan yongʻinga qarshi vositalar, yongʻin oʻchirish maxsus avtomobilidagi asbobob-anjomlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026