30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:33
Jamiyat 👁 395

Sayxunobod tajribasini joriy etish mavzusida seminarlar oʻtkazilmoqda

Sayxunobod tajribasini joriy etish mavzusida seminarlar oʻtkazilmoqda

Maʼlumki, joriy yil 14-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sayxunobod tumani boʻlib, tumanning “Ittifoq” mahallasidagi tomorqa va uy xoʻjaliklari bilan yaqindan tanishgan edi. Viloyat faollari bilan oʻtkazilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari Sayxunobodda yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilayotgan yangi tajribani butun respublika boʻylab joriy qilish haqida koʻrsatma berdi.

“Sayxunobod tajribasi” nomi bilan butun mamlakat boʻylab mahallalarda joriy qilinayotgan ushbu tizim aholining bandligini taʼminlash, tomorqadan unumli foydalanish, natijada oilalar davromadini oshirish va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga hissa qoʻshishdagi muhim ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumanida ham ushbu tashabbus keng quloch yozmoqda. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ovul va mahallalarda boʻlib, masʼullar ishtirokida seminarlar oʻtkazmoqda. Seminarlarda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbusining ahamiyati, uni amalga oshirish mexanizmlari haqida keng turda tushunchalar berilmoqda. Yaqinda tumanning Toʻlqin va Choykoʻl ovullarida ham shu mavzuda seminarlar tashkil qilindi.  

Aytish joizki, Sayxunobod tajribasiga asosan endilikda har bir mahalladagi hokim yordamchisi “1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million soʻm daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqadi. Bu tizim yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlar uchun bozor topishga koʻmaklashish, tadbirkorlarni sifatli urugʻ va dori vositalari bilan taʼminlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish, yer munosabatlarini shakllantirish kabi muhim islohotlarni oʻz ichiga oladi.

Seminar ishtirokchilari avvalo Toʻlqin ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib, binoda mavjud imkoniyatlar, tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqqindan tanishdilar. 2 qavatli binoda “Yettilik” aʼzolari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, fuqarolarni qabul qilish, majlislar oʻtkazish xonalari mavjud.

 

 

Seminarlar bevosita aholi tomorqalarida davom ettirilib, unda fuqarolar yigʻini raislari va boshqa masʼullar ishtirok etdi. Masʼullar alohida qayd etib oʻtganidek, tomorqa yerlaridan unumli foydalanish, oilaviy farovonlikni oshirish va iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim rol oʻynaydi. Bu aholining oʻziga yetarli va sifatli oziq-ovqat bilan taʼminlanishini kafolatlaydi va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaydi.

Mamlakatimizda tomorqa xoʻjaliklari, ayniqsa qishloq joylarda, koʻpchilik oilalarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Tomorqadan samarali foydalanish orqali oilalar nafaqat oʻzlarini, balki mahalliy bozorlarni ham turli xil sabzavot va mevalar bilan taʼminlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa mahalliy iqtisodiyotga ijobiy taʼsir koʻrsatib, ish bilan bandlikni oshirish va kambagʻallikni qisqartirishga yordam beradi.

Bundan tashqari, tomorqa xoʻjaliklari mahalliy iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan ekinlarni yetishtirishga imkon beradi, bu esa biologik xilma-xillikni saqlash va mahalliy flora va faunaning boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Shu sababli ham mamlakatimizda tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirish uchun davlat tomonidan turli dasturlarlar joriy qilinib, tomorqachilarga keng imtiyozlar taqdim etilmoqda. Masalan, Prezidentimizning 2024-yil 5-martdagi qaroriga binoan, aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va tomorqa xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar koʻzda tutilgan. Bu kabi chora-tadbirlar, tomorqa xoʻjaliklarining samaradorligini oshirish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Seminarda qayd etilganidek, Sayxunobod tajribasini Amudaryoning har bir ovul va mahallasida, har bir koʻchasida joriy qilish kelgusida tomorqa xoʻjaliklarini yanada rentabel qilish va ularning mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.

Seminar tumanning Choykoʻl ovulidagi koʻchalarda ham davom etdi. Ishtirokchilar Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining tuman boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev boshchiligida aholi xonadonlariga kirib, tomorqadan unumli foydalanish holati bilan yaqindan tanishdilar.

Maʼlumki, qishloq joylarida tomorqadan unumli foydalanishning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati nihoyatda ulkan. Oilalar oʻzlarining tomorqalaridan oladigan daromadlari evaziga farovon hayot kechiradi, farzandlarining taʼlim olishi, oʻz salomatliklarini saqlash, yashash sharoitlarini yaxshilash imkoniyatiga ega boʻladilar. Bu esa davlat va jamiyatning umumiy rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi hamda kelajak avlodlar uchun yanada yaxshiroq sharoitlar yaratishga yordam beradi.

Seminar ishtirokchilari ovuldagi ilgʻor tomorqachilarning tajribalaridan foydalanib, tumanning boshqa hududlarida ham yerdan unumli foydalanish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamladilar.

Prezidentrimiz bir necha bora eʼtirof etganlaridek, qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholini ish bilan taʼminlashda tomorqa xoʻjaligining ahamiyati juda katta. Tomorqa xoʻjaligi, ayniqsa kichik hajmdagi yer maydonlaridan samarali foydalanish orqali oilaviy daromad manbaini kengaytirish va ishsizlikni kamaytirishda muhim rol oʻynaydi.

Ushbu tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan Prezident farmon va qarorlarida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash kabi chora-tadbirlar koʻzda tutilgan.

Yangidan joriy qilinayotgan Sayxunobod tajribasi esa tomorqa xoʻjaligi orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahsulotlarni qayta ishlash, mahalliy bozorlarga chiqarish va eksport qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga imkon yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, iqtisodiyotning barqarorligini taʼminlash va aholining turmush darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanining barcha ovul va mahallalarida boʻlgani kabi, Choykoʻl ovulida ham mirishkor dehqonlar, namunali tomorqachilar talaygina. Seminar ishtirokchilari ana shunday ilgʻor va ishbilarmon tomorqachilarning xonadonlarida boʻlib, yerdan naqadar unumli foydalanayotganiga guvoh boʻldilar.

Bugun Choykoʻl ovulining har bir koʻchasida, har bir tomorqasida dehqonchilik ishlari qizigan palla. Choykoʻlliklarning bu mirishkorliklari nafaqat ichki bozor uchun ekologik toza mahsulotlar yetishtirish, balki aholining sogʻlom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish va aholining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ham muhim ahamiyatga ega.

Eng muhimi, tomorqa xoʻjaligining rivojlanishi,  nafaqat iqtisodiy, balki juda katta ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Tomorqadagi mehnat oila aʼzolarining birgalikda ishlashi uchun zamin hozirlab, oilaviy mehnat madaniyatini shakllantirishi va avlodlararo bilim hamda tajriba almashishga imkon yaratadi.

Seminar soʻngida ishtirokchilar Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosida boʻlib, “Mahalla yettiligi”ning ish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.

“Mahalla yettiligi” tizimi mahallaning asosiy birligi sifatida aholini ish bilan taʼminlash va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan muhim vazifalarni bajarishga masʼuldir. Ushbu tizim, mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlikda, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda katta rol oʻynaydi. Ishtirokchilar ovul fuqarolar yigʻini binosida “Yettilik” aʼzolarining hamkorlikdagi faoliyati natijasida katta yutuqlarga erishilayotganiga guvoh boʻldilar.

Sayxunobod tajribasini joriy etish mavzusidagi seminarlar tumanning boshqa ovul va mahallalarida ham davom ettiriladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026