30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 230

Siz navbatda turish qoidalariga amal qilasizmi?

Siz navbatda turish qoidalariga amal qilasizmi?

Jamoat joylarida kishilarning muomalasi va xatti-harakatlari oʻsha insonning yillar davomida shakllangan tarbiyasini koʻrsatadi. Aynan odamzodga xos boʻlgan tarbiya va madaniyat uni boshqa maxluqotlardan ajratib turadi. Siz hayotingiz davomida tartib bilan ovqatlanadigan yoki yotadigan oʻrnini toza saqlaydigan, navbatda turishni biladigan biror bir hayvonni koʻrganmisiz? Toʻgʻri, sogʻlom inson uchun bular haqida oʻylashning oʻzi kulgili. Ammo shaxsan oʻzim hayotim davomida davlat idoralari va jamoat joylarida oʻzini, shuningdek, atrofdagi insonlarni hurmat qilishni bilmaydigan ibtidoiy xarakterdagi kimsalarni kuzatib, hayron qolganman. Ular muomala madaniyati va navbatda turish odobidan shu darajada yiroqki, bunday toifadagi kimsalarning inson ekanligiga ishonish qiyin.

Asosan bank plastik kartalariga oylik ish haqlari va nafaqalar tushadigan paytlarda bankomatlardagi tartibsizliklarni koʻrib, yoqa ushlaymiz. Birov ertalab kelib navbat olib ketganini daʼvo qilsa, boshqa birov zarur ishlari sabab vaqti ziqligini roʻkach qiladi. Ular uchun yonidagi insonlarning manfaatlari sariq chaqaga arzimaydi. Yana yetmaganiday, bu ishi bilan oʻzini chaqqon, uddaburon bilib, navbatda turish odobiga amal qiluvchilarni sodda, goʻl sanaydi. Bundan tashqari nafaqadagilar ham yoshini pesh qilib, tartibsizlikka sabab boʻlishadi. Bugun oʻsib kelayotgan yosh avlod kimdan oʻrnak olishi kerak? Bunday vaziyatlarda hatto navbat soʻrashga ham qoʻrqadi odam. Bundan tashqari, bankomat joylashgan oʻrinlarning isteʼmolchilar tomonidan axlatxonaga aylantirilganligi dilimizni xufton qiladi. Biz kundalik turmushimizda oddiy qoidalarga amal qilolmas ekanmiz, oʻzimizni jahon tamadduniga asos solgan shaxslarga voris sanashga haqqimiz bormi?

Inson borki, umri davomida sogʻlom yashashni istaydi. Ammo issiq jon, kasallik sabab tibbiyot xodimlariga murojaat qilishga majburmiz. Tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasiga borar ekanmiz, yoʻlaklardagi tigʻiz gavjumlikni koʻrib, dunyodagi hamma bemorlar shu yerga yigʻilganday tuyuladi. Yoz kunlarida navbatda turishdan ortiq bosh ogʻriq boʻlmasa kerak. Birov oʻrindiqda oʻtirgan, boshqa birov navbati oʻtib ketmasligi uchun eshik oldida soqchiday turib olgan, yana kimdir boshqa oʻrinda tik oyoqda navbatini kutyapti. Shu payt “faqat oʻzim boʻlay”lardan biri behurmatlik bilan shifokor qabuliga kirishga urinadi. Bahona ham tayyor, darrov kirib-chiqadi yoki qoʻlidagi biror qogʻozga imzo qoʻydirsa bas. Kutishdan charchaganlar esa, olomon kayfiyatida navbat talashishni boshlaydi. Hurmat unutilgan, uyat-andishadan esa asar ham qolmagan. Birov uyalmay emizikli bolasi kutib qolganligini, boshqa ayol esa “yukli” ekanligini bahona qilsa, qaysidir “janob” oʻzining muhim ishlari kechga qolyotganini aytib charchamaydi. Bunday vaziyatga poliklinikalarda tartib saqlash uchun zarur sharoitlarning mavjud emasligi ham sabab boʻlishi mumkin. Ammo ayb avvalo oʻzimizda, yaʼni shaxsiy tarbiyamiz sayozligida, desak adashmagan boʻlamiz.

Banklarda xizmatlardan foydalanish jarayonidagi navbatsizliklar ham koʻzimiz oʻrganib ketgan xunuk holatga aylangan edi. Hammaning dardi bitta: nima qilib boʻlsa ham ishimni tezroq tugatsam. Bank xodimi esa, imkon qadar mijozlarning murojaatlarini hal qilish bilan ovvora. Yaxshiyam, bugungi kunda tumanimizdagi banklarda xizmatlardan foydalanish uchun avtomatik navbat olish tartibi joriy qilinishi mazkur muammoga biroz yechim boʻldi.

Mulohazamizni goʻsht dokonlardagi holat bilan davom ettirsak. Karvon koʻp boʻlgani bilan rizqi boʻlak, deyilishi haqiqatga yaqin. Bozor hududida goʻsht doʻkonlari yetarlicha boʻlishiga qaramay, ayrim doʻkonlarda gohida turnaqator navbatlar kuzatiladi. Erkaklar va ayollar alohida-alohida navbat olishgan. Qaysi tomonda odam kam boʻlsa, oʻsha tarafning kuni tuqqan. Lekin bahslarda hamisha ayollar gʻolib. Ular bilan gap talishish erkaklarga xos emas. Navbatning erkaklar qatorida odam kam ekan. Navbatim yaqin qoldi. Shu payt ayollar sendan oldin kelganman, deb oraga suqilishni boshladi. Navbatga egalik qilish uchun aytilmagan gap va sabab qolmaydi. Nazarimda, bizning jamiyatda erkak va ayol oʻrtasidagi muloqot odobiga darz ketgan. Navbatsiz goʻsht xarid qilishda erkaklar ham ancha uddaburon. Tanish-bilishlikdan foydalanib, orqa eshikdan savdo qiladiganlarga esa insof bersin.

Biz bayon qilgan ushu mulohazalarda maishiy turmushimizda kuzatilayotgan muammo va kamchiliklarning ayrimlarinigina ifodalashga harakat qildik. Bularni hal qilib, tartibga solish oʻzimizga bogʻliq. Tarbiya va madaniyat odamlarga xos fazilat. Agar oʻzingizni hayvoniy xususiyatlarga mos, deb oʻylasangiz navbatbuzarliklar va hurmatsizlikka sababchi boʻling! Lekin, bugun qilgan nomaqbul amallaringiz kun kelib farzandlaringiz hayotida takrorlanishini unutmang. Zero, olmanning tagiga faqat olma tushadi. Jurnalist esa odamlar orasida jamiyatni kuzatishda davom etadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026