30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Jamiyat 👁 335

Tuman Adliya boʻlimi xodimlari uyma-uy yurib, aholiga bepul yuridik yordam hamda huquqiy maslahatlar bermoqda

Tuman Adliya boʻlimi xodimlari uyma-uy yurib, aholiga bepul yuridik yordam hamda huquqiy maslahatlar bermoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi kerak”, degan tamoyil har bir rahbar xodim uchun oltin qoidaga aylandi. Chunki uyma-uy yurib, xalq bilan samimiy muloqotda boʻlish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganish va hal etish, zarur holatlarda qoʻllab-quvvatlashdek xalqona siyosatni muhtaram Prezidentimizning shaxsan oʻzlari boshlab berdilar. Ayniqsa, ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining oʻz faoliyatlarini samarali tashkil qilishlari, xalqning huquqiy madaniyatini oshirish, ularga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifati va koʻlamini kengaytirish, kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni joylariga chiqqan holda oʻrganish hamda tizimli hal etish borasidagi saʼy-harakatlari oʻzining ijobiy natijasini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni ijrosini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar, xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar esa ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlari bilan oddiy xalqni bir-biriga yanada yaqinlashtirdi. Buni Amudaryo tuman Adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan xalq orasidagi huquqiy maslahatlar, huquqiy savodxonlik mavzusidagi davra suhbatlari, fuqarolarga bepul birlamchi huquqiy yordam koʻrsatish, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat organlari hamda ovul va mahallalarda oʻtkazilayotgan tadbirlarda yaqqol koʻrish mumkin. Ushbu tadbirlar, Prezidentimiz talab qilganlariday, yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirish, aholiga uslubiy yordam koʻrsatish maqsadida muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Mangʻit shahridagi Navoiy nomli maahalla fuqarolar yigʻinida ham oʻtkazildi. “Uyma-uy yurish” aktsiyasi doirasida Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov “Mahalla yettiligi” aʼzolari va fuqarolar vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Amudaryo tuman Adliya boʻlimi mutaxassislari, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari, Navoiy nomli MFY masʼullari, fuqarolar yigʻini vakillari va yoshlar ishtirok etdilar. Mansur Sadikov MFY masʼullari bilan birgalikda mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi xonadonlarga kirib, aholi bilan muloqotda boʻldi. Yuzma-yuz muloqotlar jarayonida mahalladagi Toshkent, Andijon va Ajiniyoz koʻchalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanib, tahlil qilindi va ularni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Mahalla fuqarolari bilan boʻlib oʻtgan samimiy muloqotlar jarayonida masʼullar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi "Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni mazmun-mohiyati, ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan huquqiy-maʼrifiy ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berdi.

“Uyma-uy yurish”, “Huquqiy koʻmak” aktsiyalarini oʻtkazish, “Mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqona tilda yetkazish, “Online mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etishda koʻmaklashish tuman Adliya boʻlimi xodimlarining zimmasidagi masʼuliyatli vazifalar ekanligi alohida taʼkidlandi. Shu bilan birga, ijtimoiy daftarlar hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordamlar koʻrsatilib, huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, aktsiya davomida aniqlangan huquqiy muammolar keyinchalik Adliya boʻlimi tomonidan huquqiy koʻmak berish maqsadida alohida roʻyxatga olinib, maxsus tasdiqlangan anketa-soʻrovnomaga kiritildi va fuqarolarga bu muammolarning ijobiy hal etilishida imkon qadar amaliy yordam koʻsatish haqida zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar, grantlar hamda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlaridan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish maqsadida mahalla hududida istiqomat qiluvchi nogironligi bor boʻlgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda imtiyozlar xususida huquqiy tushunchalar, zarur tavsiyalar ham berildi.

Tadbir davomida tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi oʻzgarishlar, yangiliklar xususida tushuntirish ishlari ham olib borilib, mahalla fuqarolariga sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026