30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:34
Jamiyat 👁 344

Beruniy mahallasida bayram tantanalari

Beruniy mahallasida bayram tantanalari

Bugun koʻpmillatli xalqimiz jonajon Vatanimiz mustaqilligining shonli 33 yillik toʻyini zoʻr shodu xurramlik, birdamlik bilan nishonlashga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu yilgi bayram tantanalari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar, maʼnaviyat festivallari “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh gʻoya asosida oʻtkazilyapti. Qalbimizdagi ezgu gʻoyalar Yangi Oʻzbekistonni barpo etishdek buyuk maqsad yoʻlida xalqimizni yanada birlashtirib, yangi marralar sari ilhomlantirmoqda.

Bayram yaqinlashayotgan ayni kunlarda har bir ovul va mahalladagi xonadonlardan tortib, taʼlim muassasalari, tashkilot va korxonalarda Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosib kutib olinayotgani, bunda ularga “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori yanada koʻtarinkilik baxsh etayotganini koʻrishimiz mumkin. Amudaryo tumanidagi 31-sonli umumtaʼlim maktabi hovlisida tashkil etilgan madaniy-maʼrifiy targʻibot tadbiri ham milliy anʼana va qadriyatlarimizni, boy tarixiy maʼnaviyatimizni oʻzida aks ettirdi.

Tadbirda Beruniy mahallasidagi “yettilik” vakillari, tuman oila va xotin-qizlar qoʻmitasi masʼullari va koʻchaboshilar, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari hamda 31-sonli maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirok etishdi.

Sanʼat namunalari hamisha insonni oʻziga maftun qilib kelgan. Istiqlol milliy sanʼatimizga boʻlgan hurmatni qaytardi. Amudaryo tumanida ham sanʼatsevar insonlar koʻp. Mahallada yashovchi hunarmandlarning qoʻl mehnatlari namunalaridan tashkil qilingan koʻrgazma tadbirga tashrif buyurganlarda katta qiziqish uygʻotdi. Koʻrgazmaga qoʻyilgan milliy va zamonaviy ayollar liboslari, quroq koʻrpacha va yostiq jildlari, yumshoq oʻyinchoqlar, rangli iplardan toʻqilgan turfa gullar, uy-roʻzgʻor buyumlari, temirchilik mahsulotlari mehmonlarga nihoyatda manzur boʻldi.

Ochiq dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirini fuqarolar yigʻini raisi Yoʻldosh Abdalov ochib berdi va barchani mustaqillik bayrami bilan samimiy qutladi. Shuningdek, mahallaning yoshi ulugʻ nuroniylari ham soʻzga chiqib, istiqlol bergan neʼmatlar, imkoniyatlar haqida soʻz yuritdilar.

Taʼkidlanganidek, mustaqillik tufayli mamlakatimiz suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlatga, xalqaro huquqning toʻlaqonli subʼektiga aylandi. Dunyo bizni yangitdan tanidi va tan oldi. Yer yuzidagi turli davlatlar va xalqlar bilan doʻstlik hamda hamkorlik aloqalarimiz tobora kengayib, yurtimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda.

Bugun mamlakatimizda har bir fuqaroga oʻz orzu-umidlariga mos ravishda hayot kechirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratib berish davlatning bosh maqsadlaridan biriga aylangan. Mamlakatimizning har bir hududidagi oʻzgarishlar, bunyodkorlik ishlari, obodlik va farovonlik, shubhasiz, mustaqillik bergan imkoniyatlar samarasidir.

Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlarni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida yaqqol his qilyapti. Mamlakatimizda xalqimizning haq-huquqlari va erkinliklari himoya qilinayotgani ertangi kunga ishonchimizni yanada oshirmoqda.

Shu oʻrinda Beruniy mahallasi misolida xalq farovonligi yoʻlida Amudaryo tumanida olib borilayotgan ishlarga diqqat qaratsak! Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mahalliy darajadagi muammolarga mahallaning oʻzida qisqa fursatlarda yechim topilmoqda. Joylarda jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi orqali davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi taʼminlanib, fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etishiga zamin yaratildi.

Sport – salomatlik garovi. Jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida mahallaga ajratilgan mablagʻlar hisobidan 3ta sport maydonchasi qurildi. Bu oʻyingohlar farzandlarimizning jismoniy mashgʻulotlar bilan yanada faol boʻlishlariga xizmat qilyapti. Shuningdek, Jumurtov koʻchasi aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash uchun yangi transformator oʻrnatildi.

Zamon insonlardan doimgidan-da ilgʻor va tadbirkor boʻlishni talab qilmoqda. Davlat ham tadbirkorlarimizning yurt manfaati yoʻlidagi rejalarini hamisha qoʻllab-quvvatlaydi. Mahallada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 35 nafar fuqaroga 459 mln soʻm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabr kungi “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 306-sonli Qarori bilan 3 nafar tadbirkorga faoliyatini kengaytirishlari uchun 291 mln soʻm miqdorida kredit berildi.

Yoshlarimizning orzu-intilishlari mamlakatimizning ertangi kunini belgilab beradi. Yosh avlodni yangi marralar sari ilhomlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlatning bosh vazifalariga aylangan. Yoshlarning jamiyatda oʻz oʻrnini topishlari uchun mahalla tomonidan doimiy yordam koʻrsatiladi. Xususan, oʻtgan 6 oy davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 10 nafar talabaning kontrakt pullari toʻlab berildi. Shuningdek, mustaqil faoliyatini boshlashlari uchun 2 nafar yoshga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berildi. Albatta, bunday keng koʻlamli islohotlar istiqlol mevasidir.

Mamlakatimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan tumanimiz yoshlari ham samarali foydalanib, nufuzli tanlovlarda munosib ishtirok etishmoqda. Tadbir davomida Eronda oʻtkazilgan Xalqaro fizika olimpiadasida 3-oʻrinni egallagan Javohir Saʼdullayev, mental arifmetika boʻyicha tanlovlarda 1-oʻrinni egallagan Sohibjamol Uzakbayeva, sportning dzyudo turi boʻyicha tuman va respublika miqyosidagi musobaqalarda faxrli oʻrinlar sovrindori Samandar Azadov, eng faol sportchi ayollardan Gulbahor Polvonova va shu kabi iqtidorli yoshlar Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan ijro qilingan kuy-qoʻshiqlar barchani raqsga chorladi. Qiziqarli oʻtgan tadbir butun mahalla ahliga bayramona ruh, koʻtarinki kayfiyat baxsh etdi.

Yu.Abdalov, Beruniy mahalla fuqarolar yigʻini raisi

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026