30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 17:37
Jamiyat 👁 4,496

MILLIY OʻYINLAR AVLODLAR BARKAMOLLIGIGA XIZMAT QILADI

MILLIY OʻYINLAR  AVLODLAR BARKAMOLLIGIGA XIZMAT QILADI

Oʻlkamizda bahor. Ollohning nazari tushgan bizning diyorimiz bahor faslida ayniqsa juda betakror manzaralarni oʻzida mujassam etadi. Bahor kelishi bilan nafaqat borliqdagi jonzotlar jonlanadi balki, insonlarning ruhiyati ham uygʻonadi, goʻyo. Chor-atrofni bezab turgan yashillikni koʻrib koʻngillardagi mudroqlik unut boʻladi. Bahorda bolalar varrak uchirishadi, turli oʻyinlar oʻynab, oʻzlarining shoʻx-shodon qiyqiriqlari bilan kattalarga betakror bolaligini esga tushirishadi. Ayniqsa, asrlar mobaynida oʻynalib kelinayotgan milliy oʻyinlarimiz hisoblanmish besh tosh, arqon tortish, oq terakmi, koʻk terak, argʻamchida sakrash kabi oʻyinlar Navroʻz bayrami tantanalariga oʻzgacha koʻrk bagʻishlab kelmoqda. Bu oʻyinlarning ichida "Oq terakmi, koʻk terak” oʻyini ayniqsa ommalashgan boʻlib, uni 2 ta jamoa oʻynaydi. Ular raqib jamoaga oq terakmi, koʻk terak, bizdan sizga kim kerak, deyishadi. Shunda narigi jamoa raqib tomondagilardan eng nimjonrogʻi kerakligini aytishadi. U bola ham kelib iloji boricha tez yugura olmaydigan bolaning qoʻliga urib qochadi. Agarda uni tutib olsa, oʻzining jamoasiga oʻtkazadi, aks holda, uning jamoasiga oʻtadi. Oʻyin oxirida qaysi jamoada bola soni koʻp boʻlsa, shu jamoa gʻolib hisoblanadi. Bu oʻyinni yana boshqacharoq tarzda ham oʻynashadi. Yaʼni qoʻlga urmasdan, chaqirilgan bola raqib jamoaning qoʻl ushlashib turgan zanjirini yugurib borib uzib oʻtishi kerak. Ushbu oʻyin bolani chaqqonlikka, kuchlilikka, ongli boʻlishga chorlaydi. Bilasizmi, yana bu oʻyinning tarbiyaviy ahamiyati ham bor. Qanday deysizmi? Qarang, oʻyinda albatta kimdir gʻolib, kimdir magʻlub boʻlishi kerak. Ana shu magʻlub boʻlgan bola magʻlubiyatidan uyalib, kelasi safar yaxshiroq harakat qilsa, demak u kelajakda koʻp narsalarga erishadi.

Xalq oʻyinlarini kimdir yaratmaydi. Uni xalq yaratib, ommalashtirib bugungi kundagi koʻrinishiga olib kelishgan. Xalq oʻyinlarida ham milliy ruh aks etadi. Bu oʻyinlarni yoshligida oʻynamay oʻsgan bolalar boʻlmasa kerak oramizda. Men ham boshlangʻich sinfda oʻqib yurgan kezlarimda sinfdoshlarim bilan, dugonalarim bilan bu oʻyinlarni maktabda, hovlimizda koʻp bora oʻynaganmiz. Haligacha esimda, oʻsha paytlarda tez yuguraman, deb yiqilganman ham. Oxiri tez yugurishga harakat qila boshladim, hattoki menga hech kim yetolmaydigan boʻlgan.

Xulosa oʻrnida shuni aytib oʻtish lozimki, xalq oʻyinlarimiz hali uzoq yillar xalqimizga xizmat qilib, ommalashib, kelgusi avlodlarga ham yetib boradi va bolalarning abjir, chaqqon va jismoniy baquvvat boʻlib oʻsishiga xizmat qilaveradi. Ajdodlarimiz bizga maʼnaviy meros qilib qoldirgan milliy oʻyinlarimizda milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz yaqqol aks etadi.

Sevara IBROHIMOVA, Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

(Foto - http://kamolot.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026