Diqqat, eʼlon!
“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi huzuridagi NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Taʼmagirlik – davr dardi” nomli grant loyihasi doirasida sahnalashtirish va namoyish qilish uchun ijodkorlar oʻrtasida stsenariylar tanlovini eʼlon qiladi.
Stsenariylar:
- tomoshabinni korruptsiyaning davlat va jamiyat rivojiga toʻsiq boʻlishi, poraxoʻrlik va taʼmagirlik yomon oqibatlarga olib kelishi va buning uchun qonunchilikda jazo muqarrarligi haqida xulosaga olib kelishi;
- aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishi;
- sahna uchun mos tarzda yozilishi, 10-30 personaj ishtirok etishi;
- davomiyligi 1 soat atrofida boʻlishi;
- oʻzbek yoki qoraqalpoq tillarida yozilib, kompyuterda terilib, 2024-yil 20-apreldan 20-mayga qadar taraqqiyot2014@umail.uz elektron pochta manziliga joʻnatilishi lozim.
Tanlovga qabul qilingan stsenariylar hakamlar hayʼati tomonidan koʻrib chiqiladi va gʻolib deb topilgan asar Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri tomonidan sahnalashtiriladi.
Gʻolib boʻlgan stsenariyning muallifi grant loyihasining smetasi doirasida moddiy ragʻbatlantiriladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni loyiha rahbariga qoʻngʻiroq qilib, bilib olishingiz mumkin: +99891 385 18 45
“Jayxun ilhomlari” NNT

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶