30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 18:59
Salomatlik 👁 325

Xitoy ovulidagi oilaviy poliklinika binosi mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

Xitoy ovulidagi oilaviy poliklinika binosi mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi

Qishloq joylarda birlamchi tibbiyot muassasalari aholining salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular kasalliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va patronaj xizmatlarini amalga oshirishda asosiy oʻrin tutadi. Shu sababli ham keyingi yillarda hududlardagi birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator qarorlar qabul qilinib, islohotlar amalga oshirilmoqda. Natijada aholiga yuqori sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shuningdek, kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish ishlari yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Amudaryo tumanining olis Xitoy va Boʻz yop ovullari hamda ushbu ovullar tarkibidagi mahallalar aholisiga xizmat koʻrsatuvchi 6-sonli oilaviy poliklinikasi binosi ancha eskirgani bois, bu yerda aholiga birlamchi tibbiy xizmatni sifatli va aʼlo darajada koʻrsatish borasida qiyinchiliklar kuzatilayotgan edi. Tibbiy muassasalarni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruktsiya qilish boʻyicha maxsus dastur asosida mazkur 6-sonli oilaviy poliklinika binosi ham mukammal taʼmirlanib, 23-sentyabr kuni foydalanishga topshirildi.

Muassasa binosining ochilish marosimida tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, tuman faollari va ovul ahli ishtirok etishdi. “Mangʻit ideal qurilish” MChJ tomonidan 750 mln soʻm mablagʻ evaziga amalga oshirilgan mazkur rekonstruktsiya va mukammal taʼmirlash ishlari binoga yangicha qiyofa baxsh etib, nafaqat sifatli birlamchi tibbiy xizmat uchun sharoit yaratdi, balki ovulning koʻrkam inshootlari sonini yana bittaga koʻpaytirdi.

Binoning ochilish marosimida soʻz olganlar – tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, mehnat faxriysi, mahalla faoli Tursunboy Abdullayev va boshqalar taʼkidlaganlaridek, mamlakatimizda aholi, ayniqsa olis qishloqlarda yashovchi fuqarolar salomatligini saqlash davlatimizning doimiy diqqat markazidagi masala boʻlib kelmoqda. Soʻnggi yillarda sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar natijasida aholining salomatligi va koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar hajmi yil sayin ortib bormoqda. Bu esa oʻrtacha umr davomiyligining oshishiga ham zamin yaratmoqda.

Ochilish marosimidan keyin mehmonlar poliklinika binosiga kirib, bu yerda tabbiyot xodimlarining faoliyat yuritishlari uchun yaratilgan sharoitlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.

Aytish joizki, Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mazkur 6-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi 4ta hudud – Xitoy va Boʻz-yop ovullari hamda Tor-yop va Namuna mahallalaridagi jami 3039ta xonadonda yashovchi 16 ming 791 nafar aholiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatadi. Aholining 8 ming 541 nafari erkaklar, 8 ming 250 nafari esa ayollardir. Ulardan 14 yoshgacha boʻlganlar soni 5 ming 39 nafarni, 15-17 yoshlilar soni 907 nafarni, 18 yoshdan kattalar soni esa 10 ming 845 nafarni tashkil qiladi. Poliklinikaning xizmat hududida yashovchi 1 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar 432 nafar, tugʻish yoshidagi ayollar esa 4 ming 279 nafarni tashkil qiladi.

Bu kabi katta hududda yashovchi koʻp sonli aholiga sifatli birlamchi tibbiy xizmat koʻrsatish uchun 6-sonli oilaviy poliklinikada 8ta tibbiy brigada tashkil etilgan boʻlib, ular tarkibida 8 nafar oila shifokorlari, 16 nafar patronaj hamshirasi, 8 nafar umumiy amaliyot hamshirasi, 4 nafar tibbiy brigada doyasi hamda 5 nafar tor doiradagi shifokorlar, yaʼni akusher-ginekolog, jarroh, stomatolog, ultratovush tahlili shifokori, vrach-laborantlar faoliyat olib boradi. Bundan tashqari, poliklinikada 4-oʻrinli kunduzgi statsionar ham tashkil etilgan.

Ishonamizki, yangi binoda faoliyatini davom ettirayotgan oilaviy poliklinikaning mehnat jamoasi oʻz kasblarini sidqidildan, fidoyilik bilan bajarib, aholi salomatligini saqlash yoʻlida yanada samarali ish olib boradilar.

amunews.uz

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026