14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 11:44
Siyosat 👁 265

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumanida boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining navbatdagi sayyor qabuli Amudaryo tumanida boʻlib oʻtdi

Sayyor qabul – fuqarolar bilan muloqot qilish, ularning hayotiy ehtiyojlarini oʻrganish, muammolariga ijobiy yechim topishda muhim oʻrin tutadi. Mamlakatimizda rahbarlarning xalqni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borib oʻrganish, xalq bilan yaqin aloqa oʻrnatish maqsadida hududlarga chiqqan holda sayyor qabullar tashkil etish tizimi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ana shunday qabul jarayoni Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida ham tashkil etildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Farhod Ermanov ishtirokida boʻlib oʻtgan sayyor qabulda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, respublika hamda tumandagi barcha sohalar boʻyicha masʼullar hamda hududda yashovchi aholi vakillari ishtirok etdi.

Taʼkidlash joizki, hududlarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar va aholi vakillari bilan muloqotlar odamlarni qiynayotgan muammolarini hal etish, ogʻirini yengil qilishdamuhim vosita boʻlib, fuqarolarning davlatga, ertangi kunga boʻlgan ishonchini mustahkamlamoqda. Turli darajadagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining aholi vakillari bilan muloqotlari odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini oʻrganish, ularga imkon qadar koʻmak berish, mavjud muammolarga oʻz joyida yechim topish imkonini bermoqda.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolardan turli masalalar yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushdi. Xususan, fuqarolardan biri Ayoqchi mahallasida joylashgan katta yoʻlga 1,5 km piyodalar yoʻlakchasi qurib berishda hamda Posbon koʻchasidan Salomat koʻchasigacha oraliqda 180 metr uzunlikda piyodalar yoʻlakchasi qilishda yordam soʻragan boʻlsa, yana biri Qilichboy ovulidagi 4- Ibrayim Yusupov koʻchasini asfalt qilib berishda amaliy yordam soʻrab murojaat qiladi. Shuningdek, Qilichboy ovulida yashovchi Zamira Eshimmetovaning ovuldagi 5-Avesto koʻchasiga elektr energiyasi yetkazib berishni yaxshilash boʻyicha soʻrab qilgan murojaati jarayonning oʻzida ijobiy yechimi topdi.

Qolaversa, fuqarolar mahallasidagi bogʻchaga boradigan yoʻllarni taʼmirlash, mahallaga 250-oʻrinli bogʻcha qurib berish, eski koʻprikni taʼmirlab berish, tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni ajratib berish, hovlisining ichidagi transformatorni boshqa joyga koʻchirib berish, 70-sonli maktab oldidagi yoʻl yoqasiga piyodalar yoʻlakchasi qurish kabi qator masalalar bilan murojaat qildilar.

Qabul jarayonidagi aksariyat murojaatlar joyida oʻzining ijobiy yechimini topdi. Yechimi maʼlum vaqt talab qiladigan murojaatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining shaxsiy nazoratiga olinib, tez fursatda ularni ijobiy hal etish boʻyicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Yurtimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida oʻtkazilayotgan bunday sayyor qabullar fuqarolar hayotida uchrayotgan va ularni qiynayotgan muammolarga yechim topishda hamda xalqimizning bugungi kunidan rozi boʻlib yashashi yoʻlida yana bir amaliy qadam boʻladi. Zero, inson manfaatlarini taʼminlash uchun avvalo, odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019