30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 423

Jumur ovulda "Mahalla yettiligi" samarali faoliyat yuritmoqda

Jumur ovulda "Mahalla yettiligi" samarali faoliyat yuritmoqda

Amudaryo tumanidagi Jumurovul mahallasi infratuzilmasi jadal rivojlanayotgan hududlardan biri sanaladi. 765ta xonadonlardagi 1255ta oilalarda istiqomat qilayotgan aholi hayotini yaxshilash, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlashda “Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, hududni obodonlashtirish va koʻkalamzor goʻshaga aylantirish, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, aholi, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash, yangi tadbirkorlik subʼektlarini tashkil etish, oilaviy va yakka tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli aholining turmush tarzi kun sayin yaxshilanib bormoqda. “Mahalla yettiligi”ning saʼy-harakatlari bilan faqat joriy yilning oʻzida aholining elektr energiyasiga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida 5 ta aholi punktining har biriga bittadan, 5 ta yangi transformator oʻrnatildi. Aholi serqatnov boʻlgan Abdurauf Fitrat nomli, Daryolik, Shijoatli va Mangʻitovul koʻchalariga huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida kuzatuv kameralari va MFY maʼmuriy binosiga 5 kilovatt quvvatga ega quyosh paneli oʻrnatildi.

Uyushmagan yoshlarni sportga keng jalb qilish, oʻquvchi-yoshlarning darsdan boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida “Open budget” dasturi doirasida sunʼiy qoplamali sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi. “Mening yoʻlim” dasturi asosida Shijoatli koʻchasining 1600 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

Mahalla ahlining oʻzaro ahilligi va hamjihatligi, qolaversa, “Mahalla yettiligi” aʼzolarining hamkorlikdagi saʼy-harakatlari bois Jumur ovulliklar “Mening bogʻim” dasturi asosida 3 gektar maydonda bogʻ barpo etish boʻyicha loyihani, shuningdek, “ONA” jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan 300 million soʻmlik tozalangan ichimlik suvi inshootini qurish boʻyicha grant mablagʻini yutib olishdi. Ayni paytda hududda bogʻ barpo etish ishlari boshlanish arafasida. “ONA” jamoat fondining grant mablagʻi hisobidan qurilib. foydalanishga topshirilgan tozalangan ichimlik suvi inshooti esa Jumur ovulliklarga beminnat xizmat koʻrsatmoqda.

Jumur ovul azaldan fidoyi mehnatkash insonlar va tadbirkorlar yurti. Mahallada oʻz tomorqa yerini chinakam ziroatchilik fabrikasiga va moʻl daromad manbaiga aylantirib, oilasiga farovonlik olib kirayotgan, tadbirkorlik yoʻnalishida muvaffaqiyatlarga erishayotganlar talaygina.

Bu borada mahallada faoliyat olib boruvchi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar eʼtiborga munosib. Ayniqsa, oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan fuqarolarning hokim yordamchisi tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi bois, ishsizlik bilan bogʻliq muammolar samarali hal etilmoqda.

Mahallada yashovchi Neʼmatjon Boltaboyev hokim yordamchisiga murojaat qilmasidan avval ishsiz, doimiy daromad manbaiga ega emas edi. U hokim yordamchisining koʻmagi, qolaversa, “Mahalla yettiligi” aʼzolarining qoʻllab-quvvatlashlari tufayli 100 million soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻi evaziga shlakoblok ishlab chiqarish tsexi va gilam yuvish xizmati faoliyatini yoʻlga qoʻydi. Ayni paytda Neʼmatjon Boltaboyev oʻzining va oila aʼzolarining bandligi taʼminlanganidan, doimiy daromad manbaiga ega boʻlib, mahalladoshlari manfaati yoʻlida xizmat qilayotganidan mamnun.

Shuningdek, hududda faoliyat olib boruvchi “Dosan Murod” MChJ tomonidan gʻisht ishlab chiqarish tsexining faoliyati yoʻlga qoʻyilishi tufayli 15 nafar Jumur ovullik yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Yosh tadbirkor Xushnud Oʻrinboyev ham hokim yordamchisining qoʻllab-quvvatlashi tufayli imtiyozli kredit olib, avtomobillarga xizmat koʻrsatish yoʻnalishida oʻz biznesini boshladi. U avtomobillarni yuvish shoxobchasi faoliyatini yoʻlga qoʻydi va oʻzi bilan yana 2 nafar oila aʼzosining bandligini taʼminlashga muvaffaq boʻldi.

Bugungi kunda Jumur ovul mahallasida baliqchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli 10 ta tadbirkorlik subʼekti faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida Maqsuda Avazimbetova hamda Gulnozaxon Kamolovalarga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari olib berildi. Ikkala ayol-qiz ham ayni paytda oʻzlarining chevarlik faoliyatlarini boshlab, doimiy daromad manbaiga ega boʻlishdi.

“Mahalla yettiligi”ning birgalikdagi saʼy-harakatlari bois, 40 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonlari ajratib berildi, shu bilan birga oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida yoshlar yetakchisi tomonidan shakllantirilgan roʻyxatga muvofiq bir guruh yoshlarga subsidiya asosida motokultivator agregatlari, tikuv mashinalari, payvandlash uskunalari, noutbuklar olib berilib, bandligi taʼminlandi.

Ayni kunlarda Jumur ovulliklar hududdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan paxta hosilini yigʻib-terib olishda paxtakor dehqonlarga yaqindan yordam berish orqali qoʻshimcha daromad topishmoqda. Mahalladagi vaqtincha ishsiz fuqarolar, uyushmagan yoshlar, hatto el-yurt manfaatiga oʻzlarini daxldor deb bilgan nuroniy otaxon va onaxonlar ham koʻngilli ravishda paxta yigʻim-terimida dehqonlarga qoʻl-qanot boʻlishmoqda. Axir xalqimiz bekorga “Hashar – elga yarashar” degan hikmatni yaratmagan.

Bugun Jumur ovulliklar hashar bahona moʻl-koʻl daromad topayotganlarini hisobga olsak, paxtadan keladigan mablagʻ nafaqat paxtakor dehqonlarning, balki har bir Jumur ovullikning oilasiga farovonlik, toʻkin-sochinlik olib kiradi. Koʻngilli hasharchilarning tergan har bir kilogramm paxtasi uchun fermerlar tarozi boshidayoq hisob-kitob qilib borayotganlaridan mahalla ahli mamnun.

Biz ijodiy jamoamiz bilan guvoh boʻlganimiz – kundan-kunga tobora obodon va farovon, koʻkalamzor goʻshaga aylanib borayotgan Jumur ovul mahallasidagi oʻzgarishlarda, yangilanishlarda, albatta, elim, yurtim, degan mahalla ahlining juda katta hissasi bor.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026