30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 457

Amudaryo tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Ichki ishlar organlari xodimlari kuni keng nishonlandi

Har bir davlat va jamiyatning barqarorligi hamda taraqqiy etishi koʻp jihatdan tinchlik va osoyishtalikka bogʻliq. Tinchlik jamiyat aʼzolarining xavfsizligi, ishonchli kelajak va barqarorlik uchun asosiy omildir. Jamiyatda osoyishtalik taʼminlangan holda, har bir shaxs oʻz isteʼdodlarini namoyon qilishga, tadbirkorlar ishlab chiqarish faoliyatini yuritishga va yoshlar taʼlim olishga shijoat bilan kirishadilar. Bu esa oʻz navbatida mamlakat iqtisodiyoti va umumiy rivojlanishining asosini tashkil etadi.

Oʻzbekistonda ham tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash davlat siyosatining eng asosiy maqsadi va vazifasidir. Ichki ishlar organlari tinchlik va osoyishtalikni saqlashda muhim oʻrin tutadigan institutlardan biri hisoblanadi. Soha xodimlarining asosiy vazifasi jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va fuqarolarning huquqlari himoya qilishdan iborat. Ular nafaqat jinoyatlarni ochish va tergov qilish, balki jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash uchun jamoatchilik bilan hamkorlik qilish, profilaktika ishlarini amalga oshirishda ham faol ishtirok etadi.

Tinchligimiz posbonlarining sermashaqqat mehnatlarini eʼtirof etish maqsadida 2007-yildan buyon har yili 25-oktyabr mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni sifatida nishonlab kelinadi.

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari bu yilgi kasb bayramlarini ham mehnatdagi yutuqlari va muvaffaqiyatlar bilan keng nishonlashdi. Sana munosabati bilan Mangʻit shahridagi “Diamond” restoranida bayram dasturxoni yozilib, tinchlik posbonlariga hurmat-ehtirom koʻrsatildi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari, tuman Ichki ishlar boʻlimi shaxsiy tarkibi, soha faxriylari va keng jamoatchilik vakillari ishitrok etdilar.

Tadbirda soʻz olganlar taʼkidlaganlaridek, Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va terrorizmga, odam savdosiga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish borasida samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

Ichki ishlar boʻlimi tarkibidagi jinoyat qidiruv, tergov, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish va boshqa boʻlinmalar xodimlari oʻz xizmat vazifalarini aʼlo darajada bajarib, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini himoya qilish, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini taʼminlash yoʻlida fidoyilik bilan xizmat qilib kelmoqdalar.

Tumanning 2-sektoriga Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi rahbarlik qilib, xalq bilan tizimli, manzilli muloqotni oʻrnatish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining muammolarini hal etishga har tomonlama koʻmaklashish borasida ham tashabbuskorlik bilan faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Tadbir davomida soha faxriylari va faol xodimlar soʻzga chiqib, soʻnggi yillarda mamlakatimizda ichki ishlar tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilganini, islohotlar natijasida ichki ishlar organlari xalqchil tuzilmaga aylanganini qayd etib oʻtdilar. Yurtimizda jamoatchilik bilan yaqin hamkorlikda ishlash, fuqarolar bilan ochiq muloqot oʻrnatish, ularning muammolarini tinglash va oʻz vaqtida yechim topishga eʼtibor qaratilayotgani, shu maqsadda aholi bilan uchrashuvlar, profilaktik tadbirlar oʻtkazilayotgani va bu jarayon oʻzining ijobiy natijalarini berayotgani alohida taʼkidlab oʻtildi.

Tadbir davomida oʻz xizmat vazifalarini bajarishda boshqalarga oʻrnak va namuna boʻlgan tuman Ichki ishlar boʻlimining bir guruh xodimlariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan kuylangan qoʻshiqlar va ijro etilgan raqslar bilan yanada fayzli oʻtdi.

Chindan ham, davlat va jamiyat rivojida tinchlik va osoyishtalik oʻta muhim ahamiyatga ega. Ichki ishlar organlari xodimlari esa xalqimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashda samarali faoliyat koʻrsatmoqda.

Fursatdan foydalanib, biz ham tahririyatimiz nomidan tinchligimiz posbonlarini kasb bayramlari bilan muborakbod etib, sharafli va masʼuliyatli ishlarida omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

Tahririyat

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026