30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 16:09
Salomatlik 👁 538

TIBBIYoT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN FIDOYI ShIFOKORLAR RAGʻBATLANTIRILDI

TIBBIYoT XODIMLARI KUNI MUNOSABATI BILAN FIDOYI ShIFOKORLAR RAGʻBATLANTIRILDI

Mamlakatimizda sogʻlikni saqlash sohasiga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli mustaqillik yillarida tizimda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar amalga oshirildi. Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligi yangi bosqichga koʻtarilib, barcha tuman va shaharlardagi tibbiyot muassasalari zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Sohaga xususiy sektor jalb qilinib, sogʻlom raqobat muhiti yaratildi. Shifokorlarning kasbiy faoliyatlarini toʻsiqlarsiz, samarali ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilib, ularga alohida hurmat va ehtirom koʻrsatilmoqda. Soha rivojiga oʻzlarining halol va fidoyi mehnatlari bilan munosib hissasini qoʻshib kelayotgan shifokorlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralari koʻrilayotgani aholiga yanada namunali tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini bermoqda.

Maʼlumki, 2006-yil 12-sentyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi “Tibbiyot xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq har yili anʼanaviy tarzda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda tibbiyot xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanadi. Chunki shifokorlik kasbi oʻzining mashaqqati, masʼuliyati, inson hayoti va taqdirida tutgan muhim ahamiyati bilan xalqimiz uchun ham qadrlidir.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham har yili tibbiyot xodimlari kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlari oʻtkazilib, soha fidoyilari moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantiriladi.

8-noyabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasi qoshidagi Markaziy poliklinikaning majlislar zalida amudaryolik faxriy shifokorlar, tuman tibbiyot sohasi rivojiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan sogʻlikni saqlash tizimi fidoyilari ishtirokida shifokorlarning kasb bayrami munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbirda el-yurt hurmatiga sazovor boʻlgan, halol va fidoyi tibbiyot xodimlariga hurmat-ehtirom koʻrsatildi.

Tadbirni Tibbiyot birlashmasi boshligʻi Faxriddin Abdullayev ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida tuman aholisining salomatligini saqlash, malakali va sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod salomatligini, onalik va bolalikni muhofaza etish borasida oʻz bilim va tajribasini, hatto butun hayotini soha rivojiga baxshida etib, fidoyilik namunalarini koʻrsatayotgan shifokorlar nomini alohida hurmat bilan tilga olib, bir guruh shifokorlarga Tibbiyot birlashmasi maʼmuriyati va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Darvoqe, muhtaram Prezidentimiz tibbiyot sohasi vakillari bilan uchrashuvlaridan birida shunday degan edilar: “Biz barcha sohalardan ham tibbiyot sohasiga alohida eʼtibor qaratdik. Chunki bosh maqsadimiz – xalq salomatligini saqlash va yanada mustahkamlash. Shuni unutmanglarki, xalq tibbiyot sohasiga qanchalik ishonsa, davlatga ham shunchalik ishonadi. Xalq koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan rozi boʻlsa, davlatdan, bugungi yuritilayotgan siyosatdan ham rozi boʻladi”.

Tadbirda soʻzga chiqqan tibbiyot sohasi faxriylari va yosh, malakali shifokorlar Prezidentimizning ushbu soʻzlari oʻz faoliyatlarida dasturulamal vazifasini oʻtashini alohida qayd etishib, nafaqat aholiga namunali tibbiy xizmat koʻrsatish, balki ularning koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatdan rozi boʻlishlariga erishish soha xodimlarining burchi ekanligini taʼkidladilar.

Bayram tadbiri davomida tumanimizda oʻtkaziladigan madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgan tibbiy hamshira va kichik tibbiy xodimlarga tuman madaniyat boʻlimi tomonidan tashakkurnomalar taqdim qilindi. Shundan soʻng, tuman madaniyat boʻlimi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Fidoyi shifokorlarni sharaflovchi kuy-qoʻshiqlar va jozibador raqslar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Ayni kunlarda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi Markaziy kasalxona boʻlimlarida, hududlardagi oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokorlik punktlari, xususiy tibbiyot muassasalarida tibbiyot xodimlari kuni arafasidagi bayramona tadbirlar davom etmoqda.

Biz ham xalq salomatligi yoʻlida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan soha xodimlarini anʼanaviy kasb bayramlari bilan chin dildan, samimiy muborakbod etamiz hamda sharafli va mashaqqatli, ezgu ishlarida kuch-gʻayrat, muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026