30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:03
Jamiyat 👁 373

"Mahalla yettiligi"ning samarali faoliyati tufayli Qangli ovuli obod, aholi turmushi yanada farovon boʻlmoqda

"Mahalla yettiligi"ning samarali faoliyati tufayli Qangli ovuli obod, aholi turmushi yanada farovon boʻlmoqda

Qangli – Amudaryo tumanining qardosh Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh hududida, tuman markazidan 35-40 chaqirim olis masofada joylashgan. 621ta xonadon tarkibidagi 932ta oilada 3 ming 476 nafar aholi istiqomat qiladigan Qangli qishlogʻida soʻnggi yillarda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar tufayli kambagʻal oilalar soni kamayib, tomorqa xoʻjaligi, yakka tadbirkorlik, oilaviy tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchilar safi tobora oshib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ovul fuqarolar yigʻini raisi Baxtiyor Pirmanov rahbarligida “Mahalla yettiligi” tomonidan infratuzilma bilan bogʻliq eng dolzarb masalalarni hal etishga kirishilgani bois, qangliliklar hayotida sezilarli oʻzgarishlar yuz bermoqda.

Xususan, ichki yoʻllar taʼmiri boʻyicha, ichimlik suvi, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz taʼminoti, taʼlim, sogʻlikni saqlash, madaniyat, sport inshootlarini yaxshilashga qaratilgan davlat dasturlari doirasida “Obod qishloq”, “Obod mahalla” jamgʻarmalari orqali moliyalashtirilgan qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Shulardan eng ahamiyatlisi – qishloqning Xonjigʻali mahallasi hududidagi salkam 2 km uzunlikdagi koʻchalarga tosh-shagʻal yotqizildi.

Shaxsan Prezidentimizning tashabbus va koʻrsatmalari asosida ogʻir turmush sharoitida yashayotgan oilalar farovonligini oshirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, uy-joylarining tom qismini shiferlab berish, yashash sharoiti juda ogʻir deb topilgan xonadonlarni joriy taʼmirlash, yaroqsizlarini buzib, qaytadan qurish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla yettiligi” tomonidan uyma-uy yurib, aholining yashash sharoitlari oʻrganildi va qishloqdagi mavjud barcha xonadonlar xatlovdan oʻtkazildi. Shunga muvofiq ogʻir sharoitlarda yashayotgan 33ta xonadon roʻyxati shakllantirildi va 2023-yil davomida 19ta xonadonning tom qismi shifer bilan yopildi, 1ta xonadon buzib, qaytadan qurib berildi.

Qangli qishlogʻi chegara hududida joylashganligi, qolaversa, aholining xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Xonjigʻali, Mataryop koʻchalariga kuzatuv kameralari oʻrnatilib, fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosiga quyosh paneli, elektr energiyasi uzatish ustunlari hamda 235 mln soʻmlik transformator oʻrnatildi.

Shuningdek, 2-Mataryop koʻchasiga 12ta elektr ustunlari oʻrnatish, SIP kabellarini tortish, 1km masofada piyodalar yoʻlakchalarini qurish ishlari amalga oshirildi. Qishloqning markaziy koʻchasida olib borilgan qurish-taʼmirlash ishlari natijasida mazkur koʻchaning 2km qismiga, Xonjigʻali mahallasi hududidagi koʻchalarning 1,5 km qismiga asfalt qoplamasi yotqizilib, “Mening yoʻlim” loyihasi doirasida 1,5 km ichki xoʻjalik yoʻllariga shagʻal-tosh toʻshaldi.

Avvallari qishloq aholisidan tushgan murojaatlar boʻyicha holatlar oʻrganilib, faqat murojaat qilgan fuqarolargagina ijtimoiy yordamlar koʻrsatilardi. Endilikda esa mahalla institutini yanada takomillashtirish, kambagʻallikni qisqartirish va aholining ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilayotgan davlatimiz gʻamxoʻrligi va eʼtibori tufayli qishloqdagi barcha xonadonlar xatlovdan oʻtkazilishi natijasida ijtimoiy himoya choralarini belgilash adolatli hal etilmoqda.

Qangliliklarga ham 2023-yilda oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra uch toifa boʻyicha ijtimoiy yordamlar koʻrsatildi. Unga koʻra, 1-toifadagi roʻyxatga 257ta kam taʼminlangan, ehtiyojmand va daromadi juda past oilalar kiritildi. 2-toifaga esa oʻrtacha oylik daromadli xonadonlar, yaʼni oila aʼzolarining daromadi jon boshiga minimal isteʼmol xarajatlarining bir baravaridan uch baravarigacha – 568 ming soʻmdan 1,5 mln soʻmgacha boʻlgan 336ta xonadon kiritildi. 3-toifaga oʻrtacha oylik daromadlari minimal isteʼmol xarajatlarining uch baravaridan yuqori boʻlgan oilalar kiritildi va ana shu natijalarga asosan ijtimoiy himoya choralari koʻrildi.

Aholining daromad manbaini oshirishga qaratilgan saʼy-harakatlar natijasida 197 nafar fuqarolar doimiy ish bilan bandligi taʼminlandi. 85 nafar fuqaroga oilaviy tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishi uchun imtiyozli kredit mablagʻi olishida koʻmaklashildi. 151 nafar ishsiz fuqaroga esa “E-AUKSION” savdo platformasi orqali qishloq xoʻjaligi yerlari ajratilib, 1 nafar fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga joylashtirildi. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi tomonidan hokim yordamchisining bergan tavsiyanomasiga asosan 16 nafar fuqaroga jami 52,8 mln soʻmlik subsidiyalar ajratildi.

“Mahalla yettiligi”ning hamkorlikdagi faoliyati natijasida ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalari oʻquvchi-yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlar ham oʻz samarasini bermoqda. Ayniqsa, ayol-qizlar orasida oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanib, doimiy daromad manbaini yaratayotganlar, tomorqa xoʻjaligini yuritish orqali qoʻshimcha daromadga ega boʻlayotganlar talaygina.

Hududdagi maktablarning oʻquvchilari orasida intiluvchan, sportsevar, kitobxon yoshlarning koʻpligi qangliliklar oʻtayotgan har bir kunidan maʼno-mazmunlar topib, kelajakka dadil intilib yashayotganlaridan dalolatdir. Chunki Qangli qishlogʻining buguni ham, ertasi ham oʻzlariniki, oʻz turmush tarzlarini ijobiy va yaxshi tomonga oʻzgartirib, zamon bilan hamnafas yashash, mehnat qilish esa qangliliklarga xos bobomeros qadriyat. Mehnatkash va fidoyi, yangiliklarga intiluvchan Qangli qishlogʻi aholisining bugungi turmush tarzi bilan tanishib, bu mard, sabr-qanoatli va mehnatkash insonlarga havas qildik.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026