29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:38
Jamiyat 👁 275

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Xalqimiz “oʻt bilan oʻynashma”, “olov – yov” qabilidagi iboralarni bekorga yaratmagan. Chunki olov bilan bogʻliq salgina qaltis harakat tufayli inson, eng avvalo, salomatligi bilan bogʻliq muammoga duch kelishi, kuyish jarohati olib, umrbod nogiron boʻlib qolishi yoxud umr boʻyi fidoyi mehnatlari evaziga bunyod etgan mol-mulki va imoratidan mahrum boʻlib qolishi hech gap emas.

Shu bois, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan kuz-qish oylarida aholining isitish tizimlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanishlarini taʼminlash maqsadida xonadonlardagi koʻmir va boshqa turdagi yoqilgʻi mahsulotlari bilan isitiladigan pechlarning, tabiiy gaz tarmogʻiga ulangan xonadonlarda esa qozonxonalarning isitish mavsumiga tayyorgarlik holati oʻrganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga eʼtibor qaratiladi. Bu kabi ishlar, ayniqsa, “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda keng koʻlamda amalga oshiriladi.

15-noyabrdan 15-dekabrgacha mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning barcha hududlaridagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida aholi vakillari, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, shuningdek, yangidan bunyod etilayotgan koʻp qavatli uylar quruvchilari bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Amudaryo tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan birgalikda aholi yashash joylarida uyma-uy yurib, aholiga yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha keng tushuntirish va targʻibot ishlari olib borilib, koʻp qavatli turar joylardagi xonadonlar xatlovdan oʻtkazilmoqda. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad aholining is gazidan zaharlanishining, tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy, taqiqlangan usulda, yaʼni rezina shlanglar orqali ulanishlarining oldini olish, isitish qozonlari va dudburonlarining sozligini taʼminlash, bu kabi uskuna va jihozlarni vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazish, tozalab turish, yashash xonadoni ichidagi isitish qozonlarini tashqariga chiqarish, elektr uzatish simi va kabellariga eʼtiborli boʻlish boʻyicha isteʼmolchilarning madaniyatini oshirishdir.

“Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasidagi ana shunday profilaktik tadbirlardan biri Mangʻit shahrining Doʻstlik mahallasi hududida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivi quruvchilari ishtirokida ham oʻtkazildi. Tadbirda FVB xodimlari tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, eslatma varaqalari tarqatildi. Qurilish maydonidagi binolarning joylashuvi maxsus loyiha asosida qurilayotgani, binolar qurilishi yongʻin xavfsizligi qoidalariga qay darajada amal qilinayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Afsuski, yangidan qurilayotgan baʼzi binolarning fasad qismiga yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, issiq va sovuqni oʻtkazmaslik darajasi past boʻlgan, tez alangalanuvchi materiallar (penapleks) ishlatilmoqda. Bu esa koʻp qavatli binolarda yongʻin kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Shu bois, yangidan qurilayotgan binolarda qurilish loyihalarida koʻrsatilgan qurilish ashyolaridan foydalanish talab etilmoqda.

Oylik doirasida joylarda bu kabi tadbirlar va tushuntirish-targʻibot ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda.

B. Allamberganov, Amudaryo tuman FVB katta inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026