30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 08:32
Jamiyat 👁 529

Energiya resurslaridan samarali foydalanish masalasida Prokuratura organlari tomonidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda

Energiya resurslaridan samarali foydalanish masalasida Prokuratura organlari tomonidan oʻrganishlar oʻtkazilmoqda

“Boʻladigan ishga egasi sababchi”, deyishadi. Mantiqan olib qaraydigan boʻlsak, har kimning hayotida yuz beradigan noxushliklar, avvalo, eʼtiborsizlik, sustkashlik, qolaversa yashash xonadonida yoritish va issiqlik energiyasi, yoqilgʻi resurslari bilan bogʻliq uskunalardan hamda oʻz ixtiyoridagi transport vositalaridan foydalanishdagi xatoliklari tufayli sodir boʻladi. Ayniqsa, bu kabi holatlar kuz-qish mavsumida koʻproq kuzatiladi.

Mamlakatimizning turli hududlarida, xususan, Qashqadaryo, Toshkent, Buxoro va Fargʻona viloyatlarida tabiiy gaz tarmogʻiga taqiqlangan uskunalar orqali ulanish, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida belgilangan texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuz bergan insonlar oʻlimi bilan bogʻliq fojialar bu borada nafaqat soha xodimlari, balki xalqimizni ham har lahzada ogoh yashashga daʼvat etadi.

Yuqoridagi kabi koʻngilsiz hodisalarga oʻz vaqtida barham berish, qish mavsumini betalafot oʻtkazish, jismoniy va yuridik isteʼmolchilarni yoqilgʻi-energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash, energiya resurslarini iqtisod qilish hamda talon-torojliklarning oldini olish bilan bogʻliq masalalarni oʻrganish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining oʻrinbosari Sherzod Muxamatov Amudaryo tumanida boʻlib, ayni kundagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, Sherzod Muxamatov rahbarligida soha mutaxassislari tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli Amudaryo tuman elektr taʼminoti korxonasi va “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” aktsiyadorlik jamiyatiga qarashli “Amudaryo tumangaz” gaz taʼminoti boʻlimining dispetcherlik xizmatlari, isteʼmolchilar murojaatlarini qabul qilish markazlari, avtomobillarga siqilgan gaz quyish kompressor shoxobchalariga gaz tarqatish stantsiyasi hamda tabiiy gaz saqlash zaxira omborining holati mufassal oʻrganildi.

Oʻrganishlar jarayonida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini, ayniqsa, yirik talon-tarojliklarni barvaqt aniqlash ishlarini yanada kuchaytirish boʻyicha topshiriqlar va zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, oʻrganishlar jarayonida isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berishda yoʻqotishlarning oldini olish hamda resurslarni muhofaza qilishda, eng avvalo, texnik infratuzilmani doimiy nazorat qilib borish, xususan, gaz quvurlaridan har qanday gaz sizib chiqish holatini tezkor bartaraf qilish, eskirgan va zanglagan gaz quvurlarini oʻz vaqtida almashtirish zarurligi eslatib oʻtildi.

Bugungi kunda har bir xonadon va korxonada zamonaviy gaz hisoblagichlar oʻrnatilgan boʻlib, ularni doimiy texnik koʻrikdan oʻtkazib turish hamda texnik xizmat koʻrsatish, tabiiy gaz tarmogʻiga noqonuniy ulanishlarning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlarini muntazam ravishda oʻtkazib borish, noqonuniy ulanish holatlari aniqlanganda qoidabuzarlarga qatʼiy huquqiy choralar koʻrish lozimligi taʼkidlandi.

Bu borada aholining xabardorligini oshirish maqsadida tabiiy gaz va elektr energiyasi resurslaridan xavfsiz va samarali foydalanish, tarmoqlarga noqonuniy ulanishning oqibatlari haqida zarur tushunchalar berish, ayniqsa, qish mavsumida bu boradagi targʻibot ishlarini samarali tashkil etish, isteʼmolchilar uchun oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish zarurligi qayd qilindi.

Oʻrganishlar jarayonida soha mutaxassislariga tejamkorlikning ahamiyati, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida aholining isteʼmol madaniyatini oshirish yuzasidan ham tavsiyalar ham berildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026