30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:37
Jamiyat 👁 331

Oʻquvchilar harbiy qismga tashrif buyurib, harbiylarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi

Oʻquvchilar harbiy qismga tashrif buyurib, harbiylarning yashash sharoiti bilan yaqindan tanishdi

Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarning bir qismi sifatida, yoshlarning milliy Armiyaga boʻlgan hurmatini va muhabbatini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar, shu jumladan, harbiy qismlarga tashriflarni misol sifatida keltirish mumkin. Shunday tadbirlardan biri 2024-yil 27-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi harbiy qismda boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi Farmoyshiga muvofiq, mamlakatimizda Qurolli kuchlarimizning 33 yilligi hamda “Vatan ximoyachilari kuni” bayramini yuqori saviyada nishonlash maqsadida turli tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega boʻlib, ularning Vatanga muhabbatini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Farmoyish ijrosini taʼminlash maqsadida harbiy qism maʼmuriyati tumandagi 80-sonli, 32-sonli va 33-sonli umumtaʼlim maktablari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan ish rejaga asosan ushbu maktablar oʻquvchilarining Mangʻit shahridagi 9202-sonli harbiy qismga tashrifi koʻzda tutilgan.

Yangi yil bayrami arafasida uyushtirilgan tashrifning asosiy maqsadi – oʻquvchilarni harbiy qismdagi qurol-yarogʻ va texnikalar, harbiy xizmatchilarning kun tartibi va yashash sharoiti bilan tanishtirishdan iborat boʻldi. Tashrif davomida yoshlar harbiy texnika va qurol-aslahalar, harbiylarning chiqishlari va mashqlari bilan yaqindan tanishib, ularning faoliyati haqida maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 80-, 32- va 33-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquvchi yoshlari hamda ushbu maktablardagi “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari harbiylar bilan suhbatlar qurib, ularning kundalik hayoti va xizmat shartlari haqida maʼlumotga ega boʻldilar. Yoshlarga harbiy xizmatni oʻtash, Vatanga xizmat qilish qanchalik sharafli va masʼuliyatli vazifa ekanligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi. Bu maʼlumotlar va harbiy qismga tashrif taassurotlari ularning Vatanga boʻlgan muhabbati hamda yurt taqdiriga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Yoshlar, shuningdek, harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning kundalik hayoti bilan ham yaqindan tanishdilar. Kutubxona, maʼnaviyat xonalarida boʻlib, harbiy xizmatchi uchun nafaqat jismoniy kuch, balki bilim va dunyoqarash ham qanchalik muhimligini anglab yetdilar.

Ushbu tashrifdan keyin ishtirokchilar boshqa tengdoshlarining ham harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, ularni Vatanga xizmat qilishga chorlasa ajab emas. Bu esa kelgusida yoshlar orasidan koʻplab Vatan himoyachilari yetishib chiqishiga, mamlakatimizning kelajakdagi harbiy qudratini mustahkamlashga va yoshlar oʻrtasida Milliy Armiyaga boʻlgan ishonchning ortishiga xizmat qiladi.

Tashrifdan keyin harbiy qismda Yangi yil bayrami munosabati bilan katta tadbir oʻtkazildi. Bayramda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi. Harbiylarga mehnatlari uchun tashakkur izhor qilish va ularning oila aʼzolari doimiy eʼtiborda ekanini namoyish qilish maqsadida tashkil etilgan bayram tadbirida harbiy xizmatchilarning farzandlari ham ishtirok etdi. Harbiylarning farzandlari uchun tayyorlangan sovgʻalar ularning Yangi yilni xursandchilik va mamnunlik bilan oʻtkazishlariga xizmat qilishi shubhasiz. Ayniqsa, Qorbobo va Qorqizdan sovgʻa olgan bolajlonlarning quvonchi tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilarini ham toʻlqinlantirdi. Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi harbiylar orasida birdamlik muhitini kuchaytirishga ham xizmat qiladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026