29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:38
Jamiyat 👁 347

“Mahalla yettiligi” faoliyatiga oid yigʻilish oʻtkazildi

“Mahalla yettiligi” faoliyatiga oid yigʻilish oʻtkazildi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining tegishli topshirigʻi bilan mahallalarda “yettilik” faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, ularga bir qator vazifalar yuklangan. Albatta, har bir ishda ishtiyoq, harakat, natija va sarhisob boʻladi. Joylarda “Mahalla yettiligi” ish boshlagan mana shu qisqa vaqt oraligʻida ularning amalga oshirgan ishlari va saʼy-harakatlari, yutuqlari, natijalari talaygina.

Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, profilaktika inspektorlari, soliq inspektorlari va ijtimoiy xodimlar ishtirokida 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti va kelgusi yil rejalariga bagʻishlangan Mahallani qoʻllab-quvvatlash kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ishtirok etdi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda hokim oʻrinbosarlari va tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muhokama etildi, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan kelgusi yilga moʻljallangan vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, tadbir mobaynida samarali faoliyat olib borayotgan fuqarolar yigʻinlari raislari ragʻbatlantirildi.

Oʻtgan 2024-yilda birgina xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan saʼy-harakatlarga toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, tumanda shu kungacha 5-bosqich “Ayollar daftari”ga kiritilgan 5 ming 600 nafar xotin-qizlarning 5 ming 525 nafariga, yaʼni 98 foizdan ortiq qismiga ijtimoiy yordamlar koʻrsatilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan, ishsiz 2 ming 258 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning barchasining bandligi taʼminlangan. 1 ming 564 nafar xotin-qizlar doimiy ishga joylashtirilgan, 36 nafar xotin-qizlar vaqtinchalik jamoat ishlariga jalb etilib, 72 nafar ayol-qizlar kasb-hunarga oʻqitilgan. Shu bilan birga, mustaqil ravishda ishga joylashganlar va oʻzini -oʻzi band qilgan ayollar soni 586 nafarni tashkil etgan.

Ayol ishbilarmon va oʻz ustida tinimsiz ishlaydigan, mehnatsevar boʻlsa bunday onaning farzandlari ham tirishqoq, intiluvchan avlod boʻlib kamol topadi. Barcha aʼzolari qandaydir foydali mashgʻulot bilan shugʻullanadigan tadbirkor oilada esa farovonlik hukm suradi. Boisi, hamma foydali ish bilan band boʻlgan xonadonda urush-janjallar kamroq boʻladi. Ha, tadbirkorlikning yana bir ahamiyatli jihati ham shunda.

Joriy yilda tumanda tadbirkorlik qilish istagini bildirgan 652 nafar xotin-qizlardan 594 nafariga 3 mlrd 530 mln soʻm miqdorida kredit ajratilgan va ularning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishlariga koʻmaklashilgan.

Shuningdek, bir martalik moddiy yordamga muxtoj boʻlgan, jami 2 ming 653 nafar xotin-qizlarga “Ayollar daftari” jamgʻarmasi tomonidan 3 mlrd soʻmdan ortiq bir martalik moddiy yordam koʻrsatilgan. Shu bilan birga, uy-joyi taʼmirga muxtoj 4 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joyida homiylik hisobidan taʼmirlash ishlari amalga oshirilgan. 5 nafar xotin-qizlar esa uy-joy bilan taʼminlangan. Endilikda ular shinam uy-joylarda yashab, yurtimizda ayol-qizlarga boʻlgan eʼtibordan mamnun holda yashamoqdalar.

Shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud 404 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning barchasiga “Ayollar jamgʻarmasi” tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 4 barobari miqdorida bir martalik moddiy yordamlar koʻrsatildi. Ushbu maqsadlar uchun jami 542 mln 640 ming soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan.

Oramizda dehqonchilik qilishga qiziqishi boʻlgan, dehqonchilik orqasidan daromad topayotgan ayol-qizlar soni kundan-kunga koʻpaymoqda. Bu orqali ular ham bandligini taʼminlab, ham oilasiga qoʻshimcha daromad olib kiradilar. Shu maqsadda, tumanimizda tomorqadan unumli foydalanish uchun 19 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning barchasiga hududlardagi fermer xoʻjaliklari biriktirilib, fermer xoʻjaliklari rahbarlari tomonidan homiylik yordamlari sifatida pomidor, bodring va boshqa turli xildagi poliz ekinlari koʻchatlari tarqatilgan. Mavsumda ushbu ekinlar hosilga kirib, oilalar dasturxonining toʻkin boʻlishiga hissa qoʻshgan.

Yigʻilish davomida “Mahalla yettiligi”ning barcha yoʻnalishlar boʻyicha ham shu kabi hisobotlar taqdim etildi. Yutuqlar eʼtirof etilib, kamchiliklar tahlil qilindi. Kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar belgilab olinib, topshiriqlar ijrosi doimiy nazoratda ekanligi taʼkidlandi.

Aziza Madrahimova

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026