30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:05
Jamiyat 👁 314

“Vatanparvarlik” oyligi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi

“Vatanparvarlik” oyligi doirasida tashkil etilayotgan tadbirlar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi

13-yanvar kuni Qilichboy ovulidagi Chegarani qoʻriqlash vzvodida “Vatanparvarlik” oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi mayor Shuhrat Mamatov, Qurolli kuchlar ishchi xizmatchisi Qurolboy Haytboyev, vzvodning tarbiyaviy va maʼnaviy ishlar boʻyicha yoʻriqchisi, serjant Rustam Vahobov, muddatli harbiy xizmatchilar va 69-, 70-, 83-sonli umumtaʼlim maktablarining 9-, 11-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi ­– yoshlar qalbida ona-Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuygʻusini mustahkamlash, yigitlarning kelajakda harbiy xizmatni tanlashga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qilishdir.

Tadbirni tuman Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi mayor Shuhrat Mamatov ochib berdi. U oʻz nutqida milliy armiyaning kuch-qudrati, uning jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi. Shu bilan birga, yigitlar hayotida harbiy xizmatning oʻrni, mardlik va vatanparvarlikning inson shaxsiyati shakllanishidagi ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdi.

Serjant Rustam Vahobov esa yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanidan olgan bilimlarini boyitishga chaqirdi va harbiy tayyorgarlikni zamonaviy talablar asosida kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

Tadbir davomida oʻquvchilar harbiy qurol-yarogʻlar bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Mayor Shuhrat Mamatov yoshlarni qurol-yarogʻlarning ishlash tartibi, ularning imkoniyatlari va harbiy vaziyatlarda qoʻllanilish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdi. Oʻquvchilar, shuningdek, qurollarning texnik xususiyatlari va ulardan foydalanish qoidalari boʻyicha savollarga javob berishdi, bu esa ularning harbiy xizmatga boʻlgan qiziqishini yanada oshirdi. Oʻquvchilarning texnik bilimlari sinovdan oʻtkazildi va ular, oʻz navbatida, murakkab savollarga aniq javob berishdi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar uchun maxsus koʻrgazma tashkil qilindi. Harbiy mutaxassislar tomonidan harbiy qurol-yarogʻlar, mudofaa texnikalari va ularning texnik imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.

Tadbir davomida oʻquvchilarga haqiqiy harbiy hayot hissini berish maqsadida maxsus amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi. Yoshlar harbiy otlarga minib, oʻzlarini yosh askarlarday his qilish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Bundan tashqari, “Kvadratsikl” harbiy mashinalaridan foydalanish imkoniyati yaratildi. Qiziqarli tarzda tashkil etilgan tadbir yoshlarda juda katta taʼsurot qoldirdi. Oʻquvchilar, ayniqsa, harbiy mashinalarni boshqarishni oʻrganganlaridan mamnun boʻlishdi va bu tadbirning yoshlarni harbiy hayotga yanada qiziqtirganligini taʼkidlashdi.

Tadbir yakunida 69-sonli maktabning oʻquvchisi Furqat Tohirov barcha ishtirokchilar nomidan harbiylarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ular tomonidan tashkil etilgan tadbir uchun chin dildan minnatdorchilik bildirdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri yoshlar qalbida ona-Vatanga boʻlgan muhabbatni kuchaytirish, Milliy Armiyamiz qudrati va harbiy xizmatning ahamiyatini keng targʻib qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ularning maʼnaviy va jismoniy salohiyatini oshirishda, shuningdek, mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash yoʻlida jonbozlik koʻrsatishga tayyor shaxslarni shakllantirishda muhim oʻrin tutadi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026