30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:30
Siyosat 👁 673

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 5 sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 5 sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 29-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 5-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi.

Sessiya kotibligiga 5-Oybek saylov okrugidan deputat Dilfuza Oʻrazboyeva saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala Amudaryo tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar hududlarida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar “Yoʻl xaritalari”ni tasdiqlash toʻgʻrisida boʻlib, ushbu masala yuzasidan sektorlar rahbarlari hisobot berdilar.

1-sektor kotibi Otabek Ollayorovning hisobotida 2019-yil 8-yanvardagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga asosan 1-sektor hududida 2025-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Ushbu masala yuzasidan tuman prokurori – 2-sektor rahbari
Bahrom Masharipovning hisobotida sektor rahbariyati tomonidan aholining turli qatlamlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq choralar koʻrish maqsadida qator ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Bunda asosiy eʼtibor sektor hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini aniqlash va bartaraf etish, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftar”ga kiritilgan ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ijtimoiy soha obʼektlari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalariga qaratilganligi qayd etildi.

3-sektor rahbari – Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muxammetali Xojamuratovning hisobotida Prezident qarori asosida sektorlar faoliyati uchun masʼul boʻlgan tuzilmalarda sektorlar boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar belgilab berilganligi, jumladan, sektorlar faoliyatiga “tuman (shahar) – viloyat – respublika” tamoyili joriy etilganligi, unga koʻra, hokimliklar, prokuratura, ichki ishlar va soliq idoralarida sektorlar boʻyicha vertikal boshqaruv tizimi yoʻlga qoʻyilganligi qayd etildi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan 4-sektor rahbari – Amudaryo tumani soliq inspektsiyasi boshligʻi Jahongir Rahimovning hisobotida aholining shikoyat va murojaatlari, takliflarini oʻrganish, aholini qiynayotgan muammolarni joyida hal etish maqsadida korxona-tashkilotlar bilan hamkorlikda 2024-yil davomida 75ta sayyor qabul oʻtkazilgani, ushbu sayyor qabullarda jami 341ta murojaatlar kelib tushgani, ushbu murojaatlarning 292tasi, yoki 85,6 foizi ijobiy hal qilingani, 49 nafar murojaatchilarga esa tushuntirishlar berilgani qayd qilindi.

Sessiya majlisida Amudaryo tumani Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 17-martda qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 173-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar xususida soʻz yuritdi.

Sessiyada Yoshlar ishlari agentligi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Bekzod Oʻrinboyev yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobot berdi. Hisobotda “Yoshlar balansi” asosida 2024-yil yanvar-fevral oylarida mahallalarda 14-30 yosh oraligʻida 53 ming 940 nafar yoshlar xatlovdan oʻtkazilib, ijtimoiy ahvoli, qobiliyati hamda qiziqishlariga qarab 7 toifaga ajratilgani, 23 ming 216 nafar yoshlarning roʻyxati shakllantirilib, 6 nafari huquq-tartibot organlariga biriktirilgani va shu asosda tegishli ishlar tashkil etilgani taʼkidlandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi, hisobotlar va fikr-mulohazalar, takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining beshinchi sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026