29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 14:50
Siyosat 👁 485

Sayyor qabullarda aholi muammolari oʻrganilmoqda

Sayyor qabullarda aholi muammolari oʻrganilmoqda

Aholining turmush farovonligini yaxshilash, muammolarni joyiga borib oʻrganish hamda qisqa fursatlarda ijobiy hal etilishiga erishishda hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu maqsadda Amudaryo tumani Choykoʻl ovulida joylashgan 22-sonli umumtaʼlim maktabida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, boʻlimlar boshliqlari, Choykoʻl ovuli, Daryo boʻyi mahallasi, Jayxun ovuli, Qipchoq shaharchasi, Bosuv mahallalarida yashovchi yoshlar va aholi vakillari hamda “mahalla yettiliklari” masʼullari ishtirok etdilar.

Uchrashuv mobaynida yoshlarning turli mazmundagi murojaatlari qabul qilindi, ularning aksariyati qabul jarayonining oʻzida ijobiy hal etildi, qoʻshimcha oʻrganish va muddat talab qiladigan murojaatlarning samarali hal etilishi yuzasidan tegishli tashkilotlar masʼullariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Xususan, Choykoʻl ovulida yashovchi Qudrat Doʻschanov uy sharoitida chorvachilikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻrab, Mavluda Shomuratova oilasida ikki kishi oliy taʼlim tashkilotida shartnoma asosida oʻqiyotgani sababli shartnoma pullarini toʻlashda amaliy yordam soʻrab, Nigora Shomuratova esa kelini tibbiyot yoʻnalishida oʻqiganligi bois tuman Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashishida amaliy yordam soʻrab murojaat qildilar.

Shuningdek, Jayxun ovulida yashovchi Sarvar Tursunboyev tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya asosida asbob-uskuna olishda, Mohinur Qoʻshmanova hamda Suhrob Murodboyevlar esa oliy taʼlim muassasasining shartnoma pullarini toʻlashda amaliy yordam soʻrab masʼullarga murojaat qildilar.

Sayyor qabulda Daryo boʻyi mahallasida yashovchi Shohrux Shomurodovning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat uchun shartnoma pulini toʻlashda, Akmal Kamolovning nasldor qoramolchilikni rivojlantirish maqsadida kredit mablagʻi olishda, Muzaffar Usmonovning onasi doimiy davolanishga muhtoj boʻlganligi sababli dori-darmon olishda amaliy yordam soʻrab yoʻllagan murojaatlarini ham qisqa muddatlarda ijobiy hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Olis hududlar aholisining muammoli masalalarini joyiga borib oʻrganish va ularni bartaraf qilish maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur nomli ovulda ham sektor rahbarlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Sayyor qabulda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, Bobur va Oq oltin ovullar, Jumurovul mahalla hamda Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻinlaridagi “mahalla yettiliklari” hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda aholi vakillari tomonidan tadbirkorlikni, chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish uchun kredit olishda amaliy yordam berish, davolanish uchun moddiy yordam berish, farzandining oliy taʼlim muassasalari kontrakt pullarini toʻlashda amaliy yordam berish kabi turli masalalar yuzasidan yoʻllangan murojaatlar tegishli tarzda oʻz yechimini topadigan boʻldi.

Taʼkidlash kerakki, mamlakatimizda keyingi yillarda yoʻlga qoʻyilgan tizim katta-kichik rahbarni odamlarning hayotidan rozi boʻlib yashashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, aholining hayot farovonligi va turmush sifatini oshirish, muammolarini hal qilish va takliflarini tinglashdek ezgu ishlarga undamoqda. Odamlar qalbiga quloq solib, ularning dard-u tashvishini eshitish va muammolarini hal etish esa oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi, desak, aslo mubolagʻa emas. Ushbu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda esa eng chekka hududlarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Amudaryo tumani hokimi boshchiligida oʻtkazilgan ushbu sayyor qabul ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan nihoyatda katta ahamiyat kasb etdi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026