MEVALI DARAXTGA MEHR BERGAN BOĞBON
(«Amudaryolik ziyokorlar» kitobini öqib)
Quvonçli lahzalar
Qarindoşimnikida töyda edim. Davrada ötirgan bir ayol: «Siz Hayitgul opamisiz?» - deb söradi.
- Ha, siz öqituvçimisiz? – deya söradim.
- Men iqtisodçiman. Hoji otaning kitobi çiqibdi. Unda mening qaynotamning ham, sizning ham rasmlaringiz bor ekan, – dedi.
Bu ayol Örozboy Husainovning kelini ekan…
Nevaram bilan bozorga boriş uçun taksiga çiqdim. Haydovçi yigit salom berib söradi:
- Hayitgul opa, Hoji otaning kitobi çiqibdi, unda siz ham bor ekansiz, öqidingizmi?
Hali kitobni qölimga olmasdan turib bir faxr hissini tuydim: Odamlar kitob öqimay qöydi, deymiz. Yöq, odamlar kitob öqiydi. Faqat öqişga arziydigan yaxşi kitob bölsa öqiydi, odamlar…
Men işlagan maktab
Men Universitetni bitirib 30-son maktabga işga kelganman. Va şu dargohdan pensiyaga çiqqanman. Şu maktabda, şunday kasbdoşlar bilan işlaganimga ming marta şukronalar aytaman. 30-maktabda işlagan kasbdoş ayollar yiğilişib turamiz. Bu galgi ötirişimizga Gözal Mahmudova kitob kötarib keldi.
- Mana, qaranglar, Hoji oğaning kitobi, bizning maktabdan köp öqituvçilar bor, Sizlar ham, mening otam ham bor.
Gözal Zarif Mahmudovning qizi, 30-son maktabda öqigan, hozir şu maktabda öqituvçi bölib işlaydi. Haqiqatan ham davradoşlarning yoki özlari yoki ota-onasi, yaqin qarindoşi bor edi bu kitobda…
Rus maktabi direktori Anvar Gimranoviç Xamzinni köpçilik biladi. Çunki 30-maktabni «Xamzinning maktabi» deyişardi. Mening maktabga kelib ilk uçratgan ustozim, birinçi direktorim. Uning katta kelini Xamzina Olga Fyodorovna şu yerda, 30-son maktabda rus tili öqituvçisi bölib işladi. Hozir pensiyada.
Kuznetsova Valentina Petrovna esa Xamzindan keyingi direktorimiz, davramiz onaxoni, sirdoşimiz, hamma muammolarimizni u kişiga kelib aytardik, bizni koyib-yupatib yölga solardi.
Fayzullayeva Gulbaro – xalq taʼlimi bölimi mudiri, keyinçalik maktabimiz direktori.
- Mening ham otam, ham onam bor ekan bu kitobda – quvonib deydi Xurşida Matçonova.
U Sobir Matçonov va Gavhar Hamidovaning qizi, 3-sonli Amudaryo akademik litseyi öqituvçisi. Kitobdagi Liliya Sadzarovaning qizi Galina Qurbonova esa 30-son maktabda öqigan. U 83-maktab boğça direktori lavozimida köp yil işladi.
Biz birimiz olib, birimiz qöyib kitob varaqlaymiz va 30-sonli maktab öqituvçilarining köpçiligini uçratamiz. Rahim Madiyorov, Rahim Dösbekov, Kamol Soatov, Erkin Abduşaripov…
ONAMNING USTOZI – MENING HAM USTOZIM
Men Qipçoq qişloğidagi 11-son maktabda öqiganman. Kitobni varaqlar ekanman, bizni öqitgan muallimlarimiz haqidagi lavhalarni öqib yana öquvçilik davrimga qaytganday böldim.
«Dono ustozdan aʼlo şogirdlar çiqadi». Bu ona tili va adabiyot fani öqituvçimiz Örozboy Iskandarovga berilgan baho. U nafaqat meni, balki mening onamni ham öqitganlar. Onam rahmatlining hikoya qilişiça, Örozboy muallim uruşga ketayotganida butun maktab öquvçilari daryo böyida, ketayotgan paraxod izidan yiğlab qolişgan ekan...
ONAMNING SINFDOŞLARI – MENING USTOZLARIM
Kitobni bir olam quvonç, taʼriflab bölmas bir hayajon bilan öqişda davom qilaman. Mana, yana mening ustozlarim, onam rahmatlining sinfdoşlari.
Maktabda öqigan paytlarim onam bir gapni köp aytardilar:
«Maktabda seni mening sinfdoşlarim öqitişadi, mening yuzimni yerga qaratma!» Onamning ustozlarga bölgan hurmat-ehtiromi bizga bolaligimizdan meros bölib qoldi.
«Yurt oğasi» taʼrifi – Aytjon Musayevga berilgan baho. «Qatʼiyatli inson» esa - maktabimiz direktori Nurim oğa Jumaniyozovga. Yetuklik attestatini u kişining qölidan olganmiz. Qattiqqöl rahbar bölgani uçun undan hayiqib tursakda u kişini juda yaxşi körardik. Nurim oğa hayot çoğlarida sinfdoşlarimizning har galgi uçraşuviga kelib, aziz mehmonimiz bölardilar.
«Yaxşi niyat - yarim davlat» - bu Abduraim Matkarimov haqidagi lavha. Ötgan yili sinfdoşlarimizning 45 yillik uçraşuviga turmuş örtoği Maryam opa bilan keldilar. Hassaga tayanib, keksayib qolgan ustozimiz har birimiz bilan quçoqlaşib körişarkan, közlarida quvonç yoşlari qalqidi.
MEN ŞU USTOZLAR QÖLIDA ÖQIGANMAN
Kitobni yana öqişda davom etaman va könglim ajib bir ğururga töladi. Yana biz taʼlim olgan ustozlar: Jalğaş Madiyorov, Jumaboy Xolmurodov, Boltaboy Qöşayev, Davlatboy Xöjametov, Öğiljon Boboniyozova, Koşeva Zinaida Tagirovna, Yöldoş Eşmurodov, jangçi-pedagog Yangiboy Qurbonboyev – bular hammasi mening ustozlarim, ozmi-köpmi bizga mehnati singgan muallimlar.
Mana, Qozoq Yusupov… Bu öqituvçimni eslasam, xayolim olis abituriyentlik davrimga ketadi. U paytlari qay bir oliy öquv yurtiga kirmoqçi bölsangiz ona tili va adabiyot fanidan yozma imtihon - inşo yoziş şart edi. Men ham ToşDU (hozirgi Milliy Universitet)da inşo yozganman. Hozirgidek esimda, erkin mavzuni tanladim. Oybek domlaning «Qutluğ qon» romanidagi Gulnor - men sevgan qahramon». Inşoni topşirayotganimda imtihon oluvçi domla:
- Seni Yusupov Qozoq aka öqitdimi? - deb söradi.
Men, qişloqdan kelgan yoş qiz şunday nufuzli dargohda öqituvçimni söraşganidan esankirab qolgan bölsam kerak, zörğa «ha» dedim. Keyin bilsam bu domla taniqli adabiyotşunos olim Norboy Xudoyberganov ekan.
Men inşodan «beş» baho oldim. Şunda Norboy Xudoyberganov: «Amudaryo – mening yurtim, zabardast öqituvçilar bor» degan edilar. Men 11-son maktabda öqiganimdan, 30-son maktabda işlaganimdan va öqituvçilik kasbini tanlaganimdan hamma vaqt faxrlanib yuraman va Allohga beadad şukronalar aytaman.
Kitobda tuman hokimi Rajabboy Yöldoşev öqituvçilar haqida juda samimiy fikrlar bildirgan. Aslida tumanimiz rahbari faqat kitobda emas, hayotda ham öqituvçilarni ğoyat hurmat qilib, qadrlaşini u kişining taʼlim sohasiga bölgan eʼtiboridan yaxşi bilaman.
Kitobni öqir ekanman, muallifning «Xotima» bobida yozgan bir iborasi eʼtiborimni tortdi.
«Ehtimol, kimgadir mubolağa, kimgadir maqtaniş bölib tuyular. Lekin qölingizdagi asarning yaratilişi men uçun butun umrim davomida qilgan mehnatlarim, izlanişlarim va kuzatişlarimning amaliy ijobati böldi». Öyga toldim: Bu mubolağa emas, bu maqtaniş ham emas. Bu ustozlarni qadrlay biliş, bu iftixor tuyğusi! Men Qodirbergan hoji Jumamurodovni yaxşi taniyman. Dangal gapiradigan mard inson. Ustozlarni ardoqlab, ötganlarni xotirlab, hayot ekanlarini çeksiz quvontirib, şunday kitob yozib, özining aytişiça «savob iş» qilgan Hoji oğadan qançadan-qança odamlar minnatdor bölişdi. Birovning işiga baho berişda turli fikrlar bölişi tabiiy hol. Şunday vaqtda «mevali daraxtga toş otiladi» deb özimizga taskin beramiz. Mevali daraxtga kim toş otadi, bilasizmi? Umrida bir tup daraxt ekmagan, özining qölidan biror iş kelmasa ham qildan qiyiq axtaradigan maʼnaviyatsiz kimsalar mevali daraxtga toş otişadi. Daraxt östiriş maşaqqatini çekkan, mevasidan odamlar bahramand bölsin, deguvçilar aslo toş otişmaydi. Qaytaga şu daraxtni parvarişlab, unga mehr berişadi, mevalaridan odamlarga ulaşib, ular bilan birga zavq olişadi.
Men bu kitobni mevali daraxtga öxşatdim. Tomirlari – ötmişimiz, keçagi kunimizni qadrlab, bugungi baxtiyor zamonamizga tamal toşlarini qöygan aziz ustozlar yodi. Gurkirab ösayotgan şoxlari Hoji oğa ehtirom bilan taʼriflagan zamondoşlarimiz. Daraxtni parvarişlab, mehr bergan, hosilini yurtga tutgan boğbon kabi «Amudaryolik ziyokorlar» kitobi muallifi Qodirbergan hoji Jumamurodovga barça ustozlarim, kasbdoşlarim nomidan çuqur taʼzim bilan minnatdorçilik bildiraman.
Hayitgul YÖLDOŞEVA,
Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi, faxriy ustoz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶