29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 10:26
Siyosat 👁 568

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 7-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 7-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

20-mart kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdagi 7-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiya majlisida deputatlar, tuman hokimi oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari va OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga 7-Arna boʻyi saylov okrugidan deputat Ulugʻbek Abduraxmanov saylandi.

Sessiya kun tartibidagi dastlabki masala yuzasidan tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov hisobot berdi. Hisobotda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan xalq deputatlari Kengashlari byudjet maʼlumotlarining ochiqligi va oshkorligini yanada oshirish, byudjet mablagʻlarining shakllanishi va sarflanishi ustidan xalq deputatlari Kengashi hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish nazarda tutilganligi taʼkidlandi. Deputatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining 2025-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi masalani bir ovozdan maʼqulladilar.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Qudrat Abduxalikov hisobot berdi. Hisobotda 2025-yil birinchi choragida tumanda qishloq xoʻjaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar xususida soʻz yuritildi. Tuman hududida sugʻoriladigan ekin yerlari 32 ming 497 gektar, boʻz yerlar 38 gektar, bogʻlar 450 gektar, uzumzorlar 39 gektar, tutzorlar 887 gektar, jami sugʻoriladigan qishloq xoʻjalik yerlari 32 917 gektarni tashkil qiladi. Tuman hududida hozirgi kunda 45 ming 740 gektar maydonda jami 613 fermer va qishloq xoʻjalik korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek, 2025-yil paxta hosili uchun 352 nafar fermer xoʻjaliklarda 13 ming gektar chigit ekilishi rejalashtirilgan. 4 ming 800 gektar ekin maydonlariga esa gʻalla ekilgan. Hisobotda ekin yerlaridan samarali foydalanish boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumotlar berildi.

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi – tumanda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimining davlat inspektori Gʻayrat Iskandarov hisobot berdi.

Qayd etilishicha, tuman Ekologiya boʻlimida 2024-yil mobaynida jami 140 ta huquqbuzarliklar holatlari aniqlanib, 280 mlndan ortiq miqdorda jarima hamda 157 mln soʻm miqdorda zarar hisoblanib, toʻliq ravishda aybdorlardan davlat hisobiga undirilgan.

Sessiyada Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashidagi deputatlik guruhi aʼzosi, deputat Otabek Yoʻldoshov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi 143-sonli Farmoni va 2024-yil 23-sentyabr kungi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 330-sonli qarorining Amudaryo tumanidagi ijrosini deputatlik nazorati sifatida oʻrganishlar yakuni boʻyicha axborot berdi.

Axborotda taʼkidlanishicha, dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalar belgilab olingan boʻlib, 5 boʻlim va 8 banddan iborat chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Ijro muddati va masʼullar belgilangan holda tegishli ishlar amalga oshirilgan.

Sessiya majlisida Ekopartiya aʼzosi, deputat Gulbahor Raimova davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakatimiz boʻylab amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasiga munosib hissa qoʻshish maqsadida “Deputatlar bogʻi” yaratish boʻyicha taklif berdi va ushbu taklif Kengash tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Kun tartibidagi soʻnggi masala – 2025-yilda aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash va takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari Hakimjon Sobirov hisobot berdi.

Hisobotda qayd qilinganidek, tumanda Davlat tibbiy sugʻurta mexanizmlarini joriy qilishga tayyorgarlik ishlari monitoringi oʻtkazilib, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifat va samaradorligini oshirish, aholining ehtiyojmand qatlamiga mahallabay, manzilli va maqsadli tarzda yuqori malakali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida tumandagi tibbiy muassasalarni tibbiy asbob-uskuna va jihozlar, kompyuter texnikasi va boshqa texnik vositalar hamda lokal tarmoq bilan taʼminlash ishlari yakunlanmoqda.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha koʻrib chiqilib, fikr-mulohazalar tinglandi va faol muhokamalardan keyin tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026