29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 14:01
Siyosat 👁 666

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosib nishonlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosib nishonlandi

1993-yil 9-aprel sanasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixiga muhim siyosiy va ijtimoiy voqea sifatida muhrlangan. Aynan shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida Respublikaning asosiy qonuni – Konstitutsiya qabul qilingan edi. Bu hujjat xalqning suverenitetini, huquqiy asoslarini, inson huquq va erkinliklarini kafolatlaydigan mustahkam poydevordir.

Bu yil Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 32-yil toʻldi. Bu muhim sana har yili respublika miqyosida keng nishonlanib, turli tadbirlar, davra suhbatlari, huquqiy-maʼrifiy uchrashuvlar orqali yoshlarga Konstitutsiyaning mohiyati va ahamiyati tushuntiriladi.

Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida sana munosabati bilan bayram dasturi tashkil qilindi. Unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar, taʼlim muassasalari masʼullari hamda aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi.

Bayram tadbirini tuman hokimi Sobir Xoʻjametov tabrik soʻzi bilan ochib berdi. U oʻz soʻzida Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni ekanligini taʼkidlab, uning mamlakat siyosiy hayotida ahamiyati xususida toʻxtaldi hamda butun xalqimizni bayram bilan tabrikladi. Shundan soʻng bayram tadbiri tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari, umidli ijodkorlarning betakror chiqishlar bilan davom etdi. Tumanimizning isteʼdodli xonandalari Vatan, tinchlik, doʻstlikni madh etuvchi diltortar kuy-qoʻshiqlar ijro qilib, yigʻilganlarga yuqori bayramona kayfiyat ulashdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, Konstitutsiya – xalq irodasining timsoli boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi huquqiy demokratik jamiyat sari dadil qadam tashlaganidan dalolat beradi. Ushbu hujjat Qoraqalpogʻistonning siyosiy-huquqiy maqomini, davlat boshqaruvining asoslarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini belgilaydi.

Darhaqiqat, Konstitutsiya – har bir davlat mustaqilligini, huquqiy tizimini belgilab beruvchi eng oliy hujjatdir. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham ushbu mezonlarga asoslanib ishlab chiqilgan boʻlib, u Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga uygʻun holda, shu bilan birga Qoraqalpogʻiston xalqining tarixiy, madaniy va ijtimoiy xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilgan. Konstitutsiyada fuqarolarning huquq va erkinliklari, davlat tuzilmasi, hokimiyat organlari vakolatlari hamda ularning oʻzaro munosabatlari aniq belgilab berilgan.

Xulosa qilib aytganda, 1993-yil 9-aprel sanasi bu nafaqat huquqiy hujjatning qabul qilingan kuni, balki Qoraqalpogʻiston xalqi uchun gʻurur va iftixor manbai sifatida asosiy bayram sanalaridan biri hisoblanadi. Bu kun har yili oʻtmishga hurmat, kelajakka ishonch bilan qarash, milliy birlik va taraqqiyot yoʻlida yana bir esda qolarli sana sifatida nishonlanadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026