YaNGI KOʻPRIK QURILDI
Maʼlumki, buyuk ajdodlarimizning anʼanalari bugungi kunda ham oʻz qadrini yoʻqotgan emas. Buni har bir mahalla, qishloqda amalga oshirilayotgan savobli ishlar misolida koʻrish mumkin.
Bizning "Jumur ovul” mahallamizda ham bunday savobli ishlar guvohi boʻlishimiz mumkin. Yaqinda mahalla faoli Abdulla aka Iskandarov tomonidan butun qishlogʻimizni suv bilan taʼminlab turuvchi katta anhorga zamonaviy va koʻrkam koʻprik bunyod etildi. Mahallamiz ahli Abdulla akaga oʻz minnatdorchiligini bildirdi. Chunki bu koʻprik koʻplab insonlarning, ayniqsa, mahallamizdagi 48-sonli maktab oʻquvchilarining uzogʻini yaqin, mahalla ahlining mushkulini oson qildi.
- Mahallamiz ahlining bir muammosini hal etishga hissa qoʻshganimdan mamnunman, - deydi Abdulla aka kamtarlik bilan. – Axir ota-bobolarimiz ham yoʻl, koʻprik va quduq qurishni savob deb bilishgan. Oʻz eldoshlarim uchun qancha savob ish qilsam ham oz.
Biz – 48-sonli maktab oʻquvchilari sahovatpesha inson Abdulla aka Iskandarovga oʻz minnat-dorchiligimizni bildiramiz.
Dinora KARIMBOYeVA, 48-maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶