29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 02:01
Iqtisodiyot 👁 536

Amudaryo tumanida sanoat hajmi yil sayin oʻsmoqda

Amudaryo tumanida sanoat hajmi yil sayin oʻsmoqda

Hududlarning iqtisodiy oʻsishi sanoat salohiyati va ishlab chiqarish quvvatiga bevosita bogʻliq. Amudaryo tumani sanoat sohasida soʻnggi yillarda sezilarli oʻsish koʻrsatkichlariga erishyapti. Tumanning kichik sanoat zonasida faoliyat yuritayotgan korxonalar mahalliy iqtisodiyot rivojiga katta hissa qoʻshmoqda. 2024 va 2025-yillarining birinchi choragiga oid koʻrsatkichlar tahlil qilinganda, tumanda sanoat sohasi barqaror oʻsishga ega ekanligi yaqqol koʻrinadi. Shuningdek, yangi loyihalarning amalga oshirilishi sanoat sohasida ish oʻrinlari yaratishga, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga va iqtisodiy oʻsishga turtki boʻldi.

Xususan, tumanda faoliyat yurituvchi “Botir Xonqa” MChJ tomonidan ichimlik suvi va sharbat ishlab chiqarish loyihasining umumiy qiymati 2 mlrd 632 mln soʻmni tashkil etib, bu loyiha natijasida 10 ta yangi ish oʻrni yaratildi. Ushbu loyihaning ishga tushirilishi tumanning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga katta xizmat qilmoqda.

2019-yilda tashkil qilingan “Al-kafil biznes plast” MChJ plastmassa buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Boshlangʻich davrda korxonada 10 nafar ishchi xodim faoliyat yuritgan boʻlsa, hozirda ularning soni 15 nafarga yetdi. Yangi zamonaviy texnologiyalar asosida kundalik turmushda foydalaniladigan 10dan ortiq turdagi plastmassa buyumlari ishlab chiqarishi yoʻlga qoʻyilgan.

2025-yil 1-aprel holatiga koʻra, Amudaryo tumanida jami 255 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 1 ta yirik korxona faoliyat olib bormoqda, qolgan 254 tasi kichik korxonalar va mikrofirmalardan iborat. Shuningdek, tumanda xorijiy kapital ishtirokida 1 ta korxona mavjud.

Sanoat sohasida tumanda ishlab chiqarish hajmida sezilarli oʻsish kuzatilmoqda. 2025-yilning yanvar-mart oylarida tumandagi sanoat korxonalari tomonidan 408,9 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, bu esa 2024-yilning mos davridagi 245,3 mlrd soʻmga nisbatan 1,7 barobarga koʻp. Bunda fizik hajm indeksi 113,1 foizni tashkil etib, sanoat salohiyatida yuqori oʻsish surʼatlari qayd etildi.

Tumanda ishlab chiqarishning asosiy ulushini ishlab chiqarish sanoati egallab, umumiy sanoat mahsulotlarining 95,2 foizini tashkil etadi. Qolgani esa togʻ-kon sanoati va boshqa turdagi sanoat faoliyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi ham oʻsdi. 2025-yil yanvar-mart oylarida bu koʻrsatkich 1 mln 893 ming soʻmni tashkil etdi. Solishtirish uchun, 2024-yilda ushbu koʻrsatkich 1 mln 154,7 ming soʻm edi. Demak, bir yil ichida aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi 111,2 foizga oshgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha umumiy sanoat mahsulotlari hajmi 2025-yilning birinchi choragida 6 trln 301,5 mlrd soʻmni tashkil etdi. Undan 408,9 mlrd soʻmi yoki 6,5 foizi Amudaryo tumani hissasiga toʻgʻri keladi.

Amudaryo tumanidagi sanoat korxonalari tarkibiga nazar tashlasak, tarmoq korxonalari 266,9 mlrd soʻmlik, hududiy korxonalar esa 142 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqargan.

Aytish joizki, sanoat sohasida kichik biznes subʼektlari ham faol ishtirok etmoqda. 2025-yil yanvar-mart oylarida ular tomonidan 204,9 mlrd soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, bu esa umumiy ishlab chiqarish hajmining 50,1 foizini tashkil etdi. Qolgan 49,9 foiz hajm esa yirik korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan. Bu koʻrsatkichlar kichik biznes subʼektlarining sanoat taraqqiyotidagi oʻrni ortib borayotganini tasdiqlaydi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib aytish mumkinki, Amudaryo tumanida sanoat sohasi faol rivojlanmoqda, ishlab chiqarish hajmi va iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻsishda davom etmoqda. Bu esa hududda tadbirkorlarga yaratilgan sharoitlar bilan bogʻliqdir.

Ayniqsa, kichik biznesning ulushi va aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan sanoat mahsulotlari hajmi ortishi tumandagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026