30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:03
Siyosat 👁 271

Aholi murojaatlari qabul qilindi, muammolarga joyida yechim izlandi

Aholi murojaatlari qabul qilindi, muammolarga joyida yechim izlandi

Mamlakatimizda olib borilayotgan ochiq va xalqchil boshqaruv siyosatining amaliy ifodasi sifatida joylarda tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqarolarning ogʻriqli muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda hal qilish, aholining davlat idoralariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda muhim vositaga aylanmoqda.

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida barcha soha rahbarlari ishtirokida Jumurtov shaharchasida oʻtkazilgan navbatdagi sayyor xalq qabuli ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Uchrashuvda ovul aholisi, mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar va xotin-qizlar faol ishtirok qildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan koʻplab masalalar — elektr energiyasidagi uzilishlar, yoʻllarning yaroqsizligi, maktab va bogʻchalar holati, bandlik, ijtimoiy yordam, nogironlik pensiyasi, uy-joy taʼminoti va boshqa sohalardagi muammolar koʻtarildi. Har bir murojaat alohida eshitildi va masʼullar ishtirokida joyida muhokama qilindi.

Sayyor qabulni kirish soʻzi bilan ochib bergan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov odamlar orasiga kirib, ularga quloq tutish, muammolarga hamkorlikda yechim topish bugungi islohotlarning asosiy tamoyiliga aylanganligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuv davomida bir qancha murojaatlardagi masalalar shu yerning oʻzida ijobiy hal etildi. Jumladan, bir nafar nogironligi boʻlgan fuqaroga tibbiy koʻrikka yoʻllanma berildi, yosh tadbirkorning kredit masalasi boʻyicha tuman bank mutasaddilariga topshiriq berildi, taʼmirtalab ahvolga kelgan ichki xoʻjalik yoʻliga mahalliy byudjet hisobidan qum-shagʻal yotqizish rejalashtirildi.

Ayrim masalalar esa vaqt va tahlil talab qilganligi bois, ularni atroflicha oʻrganib, qonuniy tartibda hal etish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi qatʼiy nazoratga olindi. Shu bilan birga, sayyor qabul davomida joylardagi ijtimoiy obʼektlarning holati ham koʻzdan kechirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi.

Mahalla faollari va nuroniylar bu kabi sayyor qabullarni har bir hudud hayoti uchun dolzarb ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etib, tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdilar.

Shuningdek, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida tumandagi tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirokida navbatdagi sayyor qabul Jumurtov mahallasida tashkil etildi. Ushbu uchrashuv mahalliy aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolari, taklif va ehtiyojlarini joyiga chiqqan holda oʻrganish hamda tezkor yechim topish maqsadlariga yoʻnaltirildi.

Taʼkidlash joizki, sayyor qabullar aholining davlat organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashda, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashda, eng muhimi, fuqarolarning ogʻzaki yoki yozma murojaatlarini bevosita eshitishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda.

Tadbir davomida fuqarolar tomonidan uy-joy masalasi, ichimlik suvi, elektr energiyasi taʼminoti, yoʻllarni taʼmirlash, ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam ajratish va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar qabul qilinib, ularning har biri alohida koʻrib chiqildi.

Tuman hokimi va mutasaddi rahbarlar har bir murojaatchining masalasini sinchkovlik bilan oʻrganib, ayrim murojaatlarga shu joyning oʻzida yechim topildi. Vaqt talab qiladigan muammolar boʻyicha masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi va ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.

Tuman hokimining sayyor qabullari hududlarda davom ettirilmoqda. Maqsad — aholi muammosini eshitish va imkon qadar ijobiy yechim topish. Eng muhimi esa – xalq ishonchini oqlash.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026