30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:25
Fan va taʼlim 👁 2,691

MAKTABDA FUQARO MUHOFAZASI KUNI

MAKTABDA FUQARO MUHOFAZASI KUNI

Yaqinda 52-sonli maktabda tabiiy tusdagi favqulodda vaziyat, yaʼni, zilzila sodir boʻlgan paytda taʼlim muassasasi hududida mavjud boʻlgan odamlar, oʻquvchilar va oʻqituvchilarning favqulodda vaziyatda oʻzini tutishi, harakatlanishi, himoyalanish va atrofidagilarga koʻmaklashish, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, maktab binosi va sinfxonalaridan oʻquvchilarni xavfsiz joylarga olib oʻtish tartibini tushuntirish maqsadida "Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashgʻulotida fuqaro muhofazasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi maktab direktori, fuqaro muhofazasi boshligʻining evakuatsiya boʻyicha oʻrinbosari, favqulodda vaziyatda tuzilgan shtab boshligʻi qanday vazifalarni bajarishi kerakligi, shtab huzurida shakllantirilgan qutqaruv, oʻt oʻchirish, sanitariya, nazorat va jamoat tartibini saqlash kabi guruhlar qanday ishlarni bajarishi lozimligi amaliy mashgʻulotlarda koʻrsatildi.

"Diqqat, hammaga, zilzila!” signalidan keyin maktab binosi ichkarisidagi barcha oʻqituvchi va oʻquvchilar zudlik bilan belgilangan yoʻnalish boʻyicha intizomni saqlagan, vahimaga berilmagan holda saf boʻlib tashqariga chiqib, xavfsiz joy sanalgan maktab stadioniga sinfma-sinf boʻlib joylashishdi. Sinflarda dars berayotgan oʻqituvchilar sinfdan eng oxirida sinf jurnalini olgan holda chiqib, oʻquvchilarning belgilangan joyga talofatlarsiz yetib borishini taʼminladilar. Nazorat guruhi aʼzolari bino ichkarisida hech kimning qolib ketmasligini nazorat qilib turgan boʻlsalar, qutqaruv guruhi aʼzolari shartli ravishda qutqaruvga muhtoj fuqarolarni xavfli hududdan olib chiqdilar. Sanitarlar guruhi birinchi tibbiy yordamga muhtojlarga yordam berdi, jamoat tartibini saqlash guruhi aʼzolari esa vaziyatni moʻʼtadillashtirib turdi.

Oʻquv mashgʻuloti jarayonida oʻt oʻchirish guruhi aʼzolari ham hushyor holatda har qanday vaziyatga shay turdilar. Mashgʻulotda maktabning 5-9- sinflari oʻquvchilari va pedagoglar, ishchi xodimlar va maktab rahbariyati qatnashdi. Shu kuni maktabning geografiya fani oʻqituvchisi Oʻgʻiljon Matniyozova 5-sinf oʻquvchilariga "Yer poʻstining harakatlari” mavzusidagi ochiq dars oʻtdi.

Bunday oʻquv mashgʻulotlari nafaqat bolalarning, balki, kattalarning ham oʻz hayotlarini uyda, koʻchada, ishda, taʼlim muassasalarida vajamoat joylarida asrashiga oʻrgatib borish, favqulodda vaziyatlarda hayot va sogʻliq uchun zarur himoya koʻnikmalarini shakllantirishga yordam berishi bilan ahamiyatlidir.

Gulmirza BOBOJANOV, 52-sonli maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://www.redcrescent.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026