Qizgʻin mehnat pallasi
3-iyun kuni Qilichboy ovulidagi "Amirxon” fermer xoʻjaligida paxtani sugʻorish boʻyicha koʻrgazmali seminar-kengash oʻtkazildi.
Seminar-kengashda gʻoʻza oʻsimligi parvarishi davrida suvdan unumli foydalanish, ekinni tomchilatib sugʻorishning afzalliklari haqida gapirildi.
Koʻrgazmali seminar-kengash ishtirokchilari tadbir davomida "Amirxon” fermer xoʻjaligida gʻoʻza parvarishi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar va oʻzaro tajriba almashdilar.
***

6-iyun kuni "Qangli” ovulidagi "Qangli qora” fermer xoʻjaligida gʻalla oʻrim-yigʻimiga kirishilishi munosabati bilan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.
Seminarda taʼkidlanganidek, joriy yilgi mavsumda 6 ta oʻrim otryadlari tuzildi. Bu otryadlarda 19 ta oʻrim kombaynlari mavjud va ulardan samarali foydalanishning barcha choralari amalga oshirildi. Oʻrib-yigʻib olingan hosilni nobudgarchilikka yoʻl qoʻymay tashib olish, sifatli saqlash imkoniyatlari yaratildi.
Shunday qilib, 215 ta fermer xoʻjaliklari dalalarida yetishtirilgan gʻalla hosilini oʻrib-yigʻib olish ishlari boshlandi. Gʻallakorlarimizning fidoyi mehnatlari evaziga yetishtirilgan moʻl hosilning 5530 tonnasi davlat xazinasiga topshirilishi rejalashtirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶