Sogʻlom turmush tarzi – salomatlik garovi
Jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi hukmron boʻlsa, kelajakni koʻzlab olib borilayotgan izchil islohotlar yanada jadallashib, hayotimizdan barqaror oʻrin egallaydi. Chunki, shaxs nainki jismonan, balki aqlan sogʻlom, fikran yetuk boʻlsagina turmushimizga yangiliklar joriy etilib, barcha sohalarda taraqqiyot sari dadil qadamlar qoʻyilaveradi.
4-iyun kuni Amudaryo akademik litseyida "Sogʻlom turmush tarzi – salomatlik garovi” mavzusida boʻlib oʻtgan seminar ham aynan shu, yaʼni jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyatni yuksaltirish, erta turmush qurishning hamda qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olish, oqar suv yoʻllari, vodoprovod tarmoqlari tozaligini saqlash, yoshlarni har xil zararli odatlar (ayniqsa, giyohvandlik, alkogolizm va kashandalik) dan asrab-avaylash kabi masalalarga bagʻishlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihasi asosida "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati muxbirlari tomonidan oʻtkazilgan ushbu seminarda tuman bosh epidemiologi, tuman DSENM, Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻp tarmoqli poliklinika xodimlari sogʻlom turmush tarziga toʻsqinlik qiluvchi ayrim kasalliklar va ularning profilaktikasi boʻyicha oʻquvchi-yoshlarga keng tushunchalar berishdi.
Seminarda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faol qatnashdilar.
Savol-javoblar asosida oʻtgan ushbu seminar hayotimizda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi, albatta.
Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶