30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 10:47
Jamiyat 👁 413

"FAVQULODDA VAZIYaTLAR PROFILAKTIKASI OYLIGI" DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

"FAVQULODDA VAZIYaTLAR PROFILAKTIKASI OYLIGI" DOIRASIDA TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrugʻiga asosan joriy yilning 1—30-noyabr kunlari oraligʻida mamlakatimiz boʻylab "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" oʻtkazilmoqda. Mazkur oylik doirasida amalga oshiriladigan profilaktik chora-tadbirlarni manzilli tashkil etish orqali aholi keng qatlamlari orasida favqulodda holatlar sodir boʻlishining oldini olish boʻyicha soha xodimlari tomonidan tushuntirish, targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan oylik doirasida amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha rejaviy jadval ishlab chiqilib, tumanning barcha hududlaridagi ijtimoiy soha obʼektlari va aholi xonadonlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari oʻrganilmoqda.

Ayniqsa, aholi xonadonlarida sodir boʻlishi ehtimoli boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari jarayonida quyidagi holatlar aniqlanib, qonuniy choralar koʻrilmoqda. Jumladan, isteʼmolchilar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi tarmoqlariga noqonuniy ulanish, tabiiy gaz tarmogʻiga isitish qozonlari hamda gaz plitalarini rezina shlanglar orqali ulash, taqiqlangan gaz soʻrish uskunalaridan foydalanish holatlariga mutasaddilar tomonidan chek qoʻyilmoqda.

Bundan tashqari, energetika obʼektlarida profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish orqali idora va tashkilotlar, ijtimoiy soha obʼektlari, ishlab chiqarish korxonalari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, xavfli ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilarini jalb qilgan holda maxsus taktik-oʻquv mashqlari ham oʻtkazilib, yongʻin, is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi bilan bogʻliq noxush hodisalarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan profilaktik targʻibot-tashviqot tadbirlari tumanning eng chekka hududlarida ham amalga oshirilib, aholi xonadonlaridagi dudburonlar, isitish qozonlarining sozligi nazorat qilinib, kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga, aholiga yongʻin chiqishining oldini olish, favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilish zarurligi yuzasidan batafsil maʼlumotlar taqdim etilib, muhim yoʻl-yoʻriq va tavsiyalar berilmoqda.

Kezi kelganida shuni alohida taʼkidlashni istardikki, yongʻin, is gazi — qoʻlsiz, oyoqsiz, tilsiz yov. Shuningdek, havo gaz aralashmasining chaqnashi ham inson hayoti uchun xavfli, koʻrinmas ofat. Ana shu tilsiz yov — koʻrinmas ofatga qarshi kurashish, xonadonlarimizda baxtsiz hodisa sodir boʻlishining oldini olish esa oʻz qoʻlimizda. Har birimiz oʻz xonadonimizdagi isitish tizimlarini ishlatishdan oldin ularning soz yoki nosozligini sinchiklab koʻzdan kechirib, dudburonlarni tozalatib qoʻysak, oʻzimiz va yaqinlarimizning hayoti va sogʻligʻini asragan, favqulodda vaziyatlarning oldini olgan boʻlamiz.

Aziz yurtdoshlar! Tumanimizda "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi oyligi" doirasidagi profilaktik nazorat va targʻibot tadbirlari davom etmoqda. Mazkur oylik doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok eting va jamiyatimiz farovonligi hamda osoyishtaligiga oʻz hissangizni qoʻshing!

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026