YoSh OILALARGA "KAMOLOT UYLARI" TOPShIRILDI
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishiga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” gi PQ 2124 –sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda "Yer ajratish, egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berish masalalarini koʻrib chiquvchi doimiy komissiyasi”ning 2015-yil 25-mart kungi 177-sonli qarori asosida yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, "Kamolot” uylari barpo etish maqsadida tumandagi Gulzor maxallasi xududidan 3 gektar yer maydoni ajratilgan edi.
2015-yil 6-iyul kuni Amudaryo tumanida qurilgan "Kamolot shaharchasi”dagi "Kamolot uylari”ni oʻz egalariga topshirish boʻyicha tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi B.Yangiboyev, "Kamolot” YoIHning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi A.Daniyarov va boshqalar istiqlol yillarida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yosh oilalar uchun zarur turmush sharoitlarini yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladilar.
Shu kuni tumandagi
20 nafar yosh oilalarga "Kamolot uylari”ning kaliti tantanali ravishda topshirildi.

"Kamolot uylari”
"Amudaryo qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan sifatli qilib qurib bitkazildi. 4
qavatli, 48 xonadonli ushbu uylarda tabiiy gaz, issiq va sovuq suv, isitish va
kanalizatsiya tizimlari bilan taʼminlangan. Zamonaviy uslubda bunyod etilgan koʻp
qavatli bino oldi koʻkalamzorlashtirilgan boʻlib, bu yerda bolalar maydonchasi
mavjud. Kelgusida ushbu shaharchani yanada kengaytirib, qurilish ishlarini davom
ettirish koʻzda tutilmoqda.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶