30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Fan va taʼlim 👁 2,695

“SALOM, JONAJON MAKTAB, SENI SOGʻINDIK!”

“SALOM, JONAJON MAKTAB, SENI SOGʻINDIK!”

Istiqlol yillarida mamlakatimizning barcha hududlarida ham zamonaviy andozalarda qad rostlagan muhtasham umumtaʼlim maktablari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi maskanlari yuqori surʼatlarda rivojlanib borayotgan yurtimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshmoqda. Ularda ertagi kunimizning egalari qunt bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bugun butun dunyo havas bilan qaragulik darajaga yetdi. Agar buni tumanimiz misolida olib qaraydigan boʻlsak, boshlanayotgan yangi 2015-2016 oʻquv yilida faoliyat koʻrsatadigan 76 ta umumtaʼlim maktablari, 3 ta Bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari, 8 ta kasb-hunar kollejlari va 3-sonli Amudaryo akademik litseyining ayrimlari mustaqillik yillarida qurilib foydalanishga topshirilgan boʻlsa, avval mavjudlari ham qayta rekonstruktsiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi va farzandlarimizning davr talablariga mos taʼlim olishlari, kasb-hunar egallab mustaqil hayotga barkamol insonlar boʻlib kirib borishiga sharoitlar yaratildi.

Shu boisdan ham yozgi taʼtildan soʻng, yangi oʻquv yilining boshlanishi barcha oʻquvchilar uchun quvonchli kun hisoblanadi.

2-sentyabr kuni ertalab tumanimizning 76 ta maktablarida 30 000 dan ziyod oʻgʻil-qizlar yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan Birinchi qoʻngʻiroq tantanasiga yigʻildilar. Yoz boʻyi jimjitlik hukmronlik qilgan taʼlim maskanlari yana bolajonlar bilan gavjum boʻldi. Maroqli dam olib, bir-birini, ustozlarini sogʻingan, jonajon maktabi quchogʻiga talpingan oʻquvchilarning shodligining cheki yoʻq. Ular uchun orziqib kutilgan birinchi qoʻngʻiroq tantanasi shuning uchun ham hayajon, taassurotlarga boy boʻldi. 3870 nafardan ziyod bolajonlar esa ilk bora maktab ostonasiga qadam qoʻyib, 1-sinflarda oʻqishni boshladilar. Ularga 12 turdagi oʻquv qurollari jamlanmasi solingan papkalarning taqdim etilishi mamlakatimizda yosh avlodga koʻrsatilayotgan cheksiz gʻamxoʻrlikning bir namunasidir.

Mamlakatimiz Prezidenti muhtaram I.Karimov qaroriga binoan 1998-yildan beri 1-sinf oʻquvchilariga davlat tomonidan oʻquv qurollarining bepul berilishi bolajonlarning oʻquvchilik hayotida oʻchmas iz qoldirayotgani shubhasiz.

Birinchi qoʻngʻiroq jaranglab, barcha oʻquvchilarni oʻzlarining tahsil oladigan sinfxonalariga chorladi. Ular shodu xurramlik bilan "Salom, jonajon maktab, seni sogʻindik” deya yangi oʻquv yilini ilk saboq –mustaqillik darsi bilan boshladilar.

Ikki yil muqaddam yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan 76-sonli umumtaʼlim maktabida ham yangi oʻquv yili koʻtarinki ruhda boshlanib ketdi. Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tantanaga maktab oʻquvchilari, oʻquvchilarning ota-onalari qatnashdilar.

Maktab direktori Nurbek Yoʻldoshev, ota-onalar oʻquvchilarni yangi oʻquv yilining boshlanishi bilan qutladilar.

Shubhasiz, koʻngillarida bir olam hayajon bilan ilk saboqni boshlagan tumanimizning 30 mingdan ziyod oʻquvchilari uchun boshlanayotgan yangi oʻquv yili ilm choʻqqilari sari dadil odimlashida muhim pillapoya boʻlib qoladi.

Oygul RAJABOVA.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026