30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:19
Jamiyat 👁 2,346

KEKSALAR - JAMIYaT KOʻRKI

KEKSALAR - JAMIYaT KOʻRKI

Norjon momo Otaboyeva koʻpni koʻrgan, oʻtmish achchiq-chuchuklarini totigan keksa, bir asrlik umr yoʻlini bosib oʻtgan tarixning jonli guvohlaridan, tabarruk momolarimizdan hisoblanadi. 1915-yilda tugʻilib, hayotining 100 bahorini qarshi olayotgan, sobiq ittifoq davridagi kollektivlashtirish, ikkinchi jahon urushi, urushdan soʻnggi ogʻir tiklanish yillari azoblarini koʻrgan Norjon momo Otaboyeva bilan bir bor suhbat qurgan odam, oʻzini sarguzasht olamida yurganday his qiladi.

Norjon momo Otaboyeva asli Xorazm viloyatining Gurlan tumani, Xizr eli ovulida dunyoga kelgan. U yoshligidanoq har ishda chaqqon, epchil va zabardast, chevar hamda saranjom-sarishta boʻlib oʻsdi. Baland boʻyli, keng yagʻrinli, baquvvat ayol edi.

- 11 yoshimdan koxozda ishlaganman, - oʻtmish hikoyalaridan soʻzlaydi momo. - 17 yoshimda turmushga chiqdim. Ota-onamning uyida mehnat qilib chiniqqanim uchun qaynota-qaynonamning uyida kelin boʻlib qiynalmadim. Qaynonam onam  bilan ikkalasi dugona edilar. Ikki dugona qiz olishib, qiz berishib murodlariga yetishdi. Qaynotam va qaynonam ham asli Gurlan tumani, Xizr eli ovulidan boʻlib, hozirgi "Oʻzbekiston mahallasining "Loviya” ovuliga koʻchib kelishgan. Otam rahmatli koʻchib kelgandan keyin daryoning qirgʻoqlariga loviya ekib, juda koʻp hosil olar ekanlar, shuning uchun otamga ovuldoshlari "loviya” deb laqab qoʻygan ekan. Shu-shu qaynotamning bolalari, hattoki hozirgacha mening bolalarim, nevaralarim evara-chevaralarim ham "loviya” laqabini olib yurishibdi. Turmush oʻrtogʻim Otaboyev Qurboniyoz bilan umrguzaronlik qilib, bizniki emas, Allohniki, 8 ta farzand koʻrdik. Urush boshlangan yili  birinchi farzandim tugʻildi. Kuzning ayni yigʻim-terim payti bolam yosh boʻlishiga qaramay dalada, har kuni erta tongdan, to kun botib, oqshom tushgunga qadar paxta terardim. Urush yillari dalada faqat ayol-qizlar, oʻsmir-yoshlar ishlashardi. Qurboniyoz otangiz bilan farzandlar baxti-iqboli uchun kecha-kunduz ishlab, hech narsaga zoriqtirmay, roʻzgʻor aravasini teng tortib, ularni kamolga yetkazishga harakat qildim. Farzandlarim orim - nomusim deb, barini oʻqitdim, uyli-joyli qildim. Mana, 8 farzandning hamda 27 nevara, 62 chevara va 4 nafar evaraning buvisi boʻlib   oʻtiribman.

Farzandlarining hayotda oʻz oʻrinlarini topib ketishida oila muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo hayot sinovlarga, tashvishlarga toʻla. Norjon momo oilasi oʻziga toʻq, hamma narsasi yetarli boʻlsa-da, qarab oʻtirmadi. El bilan el boʻlib, birgalikda mehnat qildi. U paytlari "ming toʻgin” (oʻgʻit toʻkish maʼnosida) degan kolxozchilar orasida oʻzaro musobaqa boʻlardi. "Ming toʻgin” toʻkib, mukofotlar olgan.

- Boshimizdan nelar oʻtmadi, u kunlarni hozirgi kun bilan solishtirsak, odam qadri bir choʻpchalik boʻlmagan ekan, - deydi momo boshini chayqab. - U paytlari hozirgi sharqirab oqib yotgan kanallarni, yoplarni qoʻlda qazirdik. Hozarasp kanalining, Olchin kanalining qazilishida, Mangʻit arna kanalining qazilishida oldingilar qatorida qatnashganman. Qazuv ishlariga juda koʻplab odamlar jalb qilingan. Kanallar qishda qazilardi. 2-3 odamga 20-30 metrnorma edi, erkaklar toʻngni koʻchirardi, 3-4 metrli chuqurlikdan tepaga toʻng tuproqni orqalab chiqarardikda, chetroqqa tashlardik.   Bizning ogʻir mehnatlarimiz evaziga mana shunday dorilomon kunlarga yetkazganiga shukurlarim koʻp.

Davlatimdan aylanay, ozmi-koʻpmi qilgan mehnatlarimizni eʼzozlab, nafaqa, ustama nafaqa berayapti, haftaning har dushanba kunlari shifokorlar kelib, holimdan xabar olib turibdi. Mahalladan, tuman markazidan kelib, hayitlarda, bayramlarda sovgʻa-salomlar va bayram pullarini berayapti, Yurtboshimizga mingdan-ming rahmatlar boʻlsin.                                                        

Hayotimiz ildizi - fayzi va chiroyi boʻlgan tabarruk  momolarimizdan biri, bu yil 100 yosh bilin yuzlashgan Norjon momo oʻzining cheksiz   mehr-muhabbat qoʻrgʻoniga aylangan oilasida, mamlakat kelajagi boʻlgan farzandlari bilan yurtimizning, shonli Mustaqilligimizning 24 yilligini qalbidagi bor ezgu tilaklari va oq fotihalari bilan qarshi olmoqda. Vatanga yor ezgu tuygʻularga, buyuk maʼnaviy qadriyatlarga, sodda, ammo chin insoniylik tilaklarga, mehrga qalbi gʻarq toʻlgan Norjon momo insoniy burchni, qadriyatni, shijoatni oilasida, eng avvalo yuragida shakllantirgani uning ochiq, kulib turgan chehrasida  mavj urib turardi.   

Shu moʻʼtabar va tabarruk momolarimizning begʻubor va shonli izdoshlari boʻlaylik!

Zulfiya OLLAYoROVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026