30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Fan va taʼlim 👁 2,670

TAʼLIM-TARBIYaDA IKKINChI DARAJALI VAZIFA YOʻQ

TAʼLIM-TARBIYaDA IKKINChI DARAJALI VAZIFA YOʻQ

Bizning "Barkamol avlod” bolalar markazimiz maktabdan tashqari taʼlim muassasasi boʻlib, oʻquvchilarga qoʻshimcha taʼlim berish, ularning maktabdan tashqari boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular ongida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, oʻz Vatani va xalqiga sadoqat, atrof- muhitga ongli munosabatda boʻlish tuygʻusini rivojlantirish, ajdodlarimizning boy tarixi, madaniy meroslari va milliy qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish, shuningdek oʻquvchilarda boshlangʻich kasb-hunar va mehnat koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida faoliyat olib bormoqda.

Markazimizda texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot hamda oʻlkashunoslik va ekologiya yoʻnalishlarida toʻgaraklar tashkil etilgan.

Yakunlangan oʻquv yilida markazimizda 42 ta toʻgarakda 954 nafar oʻquvchilar qatnashib, turli kasblar boʻyicha boshlangʻich taʼlim oldilar. Ayniqsa Gulasal Ollombergenova rahbarligidagi toʻqish toʻgaragi, Shahlo Eshimbetova rahbarligidagi "Boshlangʻich texnik modellashtirish”, Nilufar Avezova va Zamira Otaboyeva rahbarligidagi "Yosh ekolog”, Zulfiya Ollayorova rahbarligidagi "Yosh jurnalist va notiq” toʻgaraklari samarali faoliyat olib bordi. Uslubchi Shokir Xudoybergenov rahbarligidagi  "Shoʻx bolalar” jamoasi, Manzura Ashirboyeva rahbarligidagi "Amu” guruhi tumanimizdagi madaniy-maʼrifiy tadbirlarda faol qatnashib kelayotganligidan  faxrlanamiz.

Oʻquvchilarimizning toʻgaraklar faoliyatiga qiziqishlarini oshirish va kengroq jalb qilish maqsadida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Vatanimiz Mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - Oʻzbekistonim!” shiori ostida tuman "Mahalla” xayriya jamoat fondi, "Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻini bilan hamkorlikda "Uch avlod uchrashuvi”, "Xotira uygʻonsa goʻzaldir”, "Faxriylarimiz-faxrimiz” mavzusidagi tadbirlarda Mangʻit shahri mahallalarida  yashovchi mehnat faxriylari, yoshlar vakillari ishtirok etishdi va markazimiz faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Yozgi taʼtil kunlarida oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida har haftaning shanba kuni toʻgaraklar aʼzolari tomonidan koʻrgazma va kontsert dasturlari tashkil etildi.  "Biz baxtli bolalarmiz”, "Farzandlari sogʻlom yurt qudratli boʻlur”, "Avlodlar yodi qalbimizda”, "Aytgil doʻstim, nima qilding Vatan uchun?” kabi mavzularda  oʻtkazilgan tadbirlar barchaga manzur boʻldi.

Bugungi kunda markazimizda oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatish uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo. 2015 oʻquv yilida yangidan 10 million 434 ming soʻmlik duradgorlik stanoklari, 9 million soʻmlik tikuv mashinalari, 16 dona kompyuter, videokamera, fotoapparatlar, 52 million soʻmlik  yangi mebellar berilishi markazimizda yoshlar tarbiyasi borasidagi ishlarni yanada yaxshilash imkonini berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 130-sonli qaroriga asosan "Barkamol avlod” bolalar markazlarida toʻgarak mashgʻulotlari har yili 15-sentyabrdan boshlanadi. Har yilgi anʼanaga  koʻra shu kuni "Ochiq eshiklar” kuni oʻtkaziladi va birinchi mashgʻulot har bir toʻgarakda "Mustaqillik darsi” bilan boshlanadi. Jamoamiz aʼzolari ushbu kunga puxta tayyorgarlik koʻrmoqdalar.

Taʼlim-tarbiya jarayonida hech bir masalaning katta-kichigi boʻlmaydi. Chunki farzandlarimiz uchun bizning oiladagi har bir xatti-harakatimizning  taʼsiri boʻlganidek,  jamoada ham atrofdagi ustozlar,   tengdoshlar, doʻstlarining har bir harakatidan ular yoshiga yarasha xulosa olishadi. Bizning maqsadimiz esa ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatib, iqtidorlariga yarasha kasb tanlashida koʻmaklashishdan iboratdir.

Xonimjon RAJABOVA,

"Barkamol avlod” bolalar markazi direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026