30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 5,123

BUGUN BIZ – HAMMAMIZ PAXTAKORMIZ

BUGUN BIZ – HAMMAMIZ PAXTAKORMIZ

Milliy boyligimiz hisoblangan "oq oltin” ni ekishdan tortib to hosilini yigʻishtirib olishgacha boʻlgan jarayonni tasavvur qilsak, uning zamirida qanchalik mashaqqatli mehnat, misli koʻrilmagan jasorat va fidoyilik namunalari jo boʻlganligini his qilamiz.

Paxta yetishtirishdagi ogʻir va mashaqqatli ishlar faqat fermerlar yoki ularga koʻmak berayotgan pudratchilar tomonidangina amalga oshirilayotgani yoʻq. Bu ishda butun faoliyati qishloq xoʻjaligini rivojlantirish bilan bogʻliq boʻlgan bir talay tashkilotlar xodimlari ham kechani kecha, kunduzni kunduz demay fidokorona mehnat qilishadi.

Biz tumanimiz paxtakorlarining yillik shartnomaviy rejalarini barvaqt  bajarib, cheksiz quvonchlarga toʻlib-toshayotgan bir damda bu gʻalabalarimizga hissa qoʻshgan ushbu tashkilotlar rahbarlarini ham tabriklab, ularni suhbatga tortdik.

Baxtiyor Davekov, "Mangʻit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligʻi:

-Suv-hayot manbai deyishadi. Shu boisdan ham bu oliy neʼmat insonlarning, hayvonot va oʻsimliklar dunyosining, barcha tabiat mahsulining hayotini taʼminlovchi manba hisoblanadi.

Bizning jamoamiz ana shu bebaho neʼmat - suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanishni hamda suvdan foydalanish qonun-qoidalariga rioya etilishini taʼminlash vazifasini amalga oshirmoqda. Bu yil paxta dalalarini ekishdan oldin va gʻoʻzalarni sugʻorish davrida suv isrofgarchiligiga yoʻl qoʻymay, uni toʻgʻri taqsimlaganimiz sababli har bir fermer xoʻjaligi dalasiga meʼyordagi miqdorda suv yetkazib berilishiga erishildi.

Paxtakorlarimizning bugungi gʻalabasida bizning ham hissamiz borligidan faxrlanamiz.

Roʻzmat Yusupov, "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat”davlat unitar korxonasi direktori:

-Unitar korxonamiz tashkil etilgandan buyon tumanimizdagi suv yoʻllari doimiy ravishda taʼmirlanib, qishloq xoʻjaligi uchun suv taʼminotini yaxshilash yoʻlga qoʻyildi. Shu bilan birga tumanimizdagi mavjud kollektorlarda ham taʼmirlash, qayta tiklash va rekonstruktsiya qilish ishlari amalga oshirilayotganligi bois zax suvlar ka-mayib, ekinlar hosildorligini oshirishga erishilmoqda.

Mazkur yilda tumanimizda 5 ta melioratsiya obʼektida va 1 ta irrigatsiya obʼektida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Irrigatsiya obʼektlarida bajarilgan ish hajmi 954 million soʻmni tashkil etadi.

Shuningdek 18,3 kilometrlik kollektorlar rekonstruktsiya qilinib, unga 2 mlrd. 106 mln. soʻmlik, yana 3 ta obʼektda 243,5 kilometrlik kollektorlarni taʼmirlash va tiklash ishlari amalga oshirilib, ularga 2 mlrd. 86 mln. soʻmlik mablagʻ sarf qilindi.

Biz yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida tinimsiz ish olib borishimiz bilan dehqonchilikning, asosan paxta hosildorligining oshishiga oʻz hissamizni qoʻshayotganimiz bilan faxrlanamiz.

Tumanimiz paxtakorlarini mehnat zafarlari bilan tabriklaymiz!

Yangiboy Eshmuratov, "Amudaryo – agromashtrans MTP” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi:

- Bu yilgi ekish mavsumiga tayyorgarlik koʻrishda bizning masʼuliyati cheklangan jamiyatimiz mehnat ahli ham faol ishtirok qildi.

Oʻtgan yilning kuz oylari va bu yilning bahor oylarida yerlarni surish ishlarida 6 ta "Magnum- 89-40”surim traktorlaridan va shuningdek yana 8 ta yuqori unumli traktorlardan, ekish davrida esa 1 ta "Optima” seyalkasidan foydalanildi. Bu davrda bizning texnikalarimiz yordamida 3176 gektar yer maydoni sifatli haydalib, 179 million 831 ming soʻmlik ish bajarildi.

Biz tumanimiz fermer xoʻjaliklariga dala ishlarida koʻmak berishga hamisha tayyormiz.

Tumanimiz paxtakorlarining yuksak gʻalabasida bizning ham hissamiz borligidan faxrlanamiz.

Mehnat gʻalabalaringiz muborak boʻlsin, aziz paxtakorlar!

Ilhom Jumaniyozov, "Ellikqalʼa neft bazasi” unitar korxonasi Qoratov filiali direktori:

- Bizning mehnat jamoamizning bu yilgi ekish mavsumi boshlanishidan tortib, to paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlari boshlanguniga qadar har qachongidan koʻproq harakat qilishlariga toʻgʻri keldi. Chunki bu yil tabiat injiqliklari uncha sezilmaganligi bois qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan ishlarning toʻxtab qolish holatlari sezilmadi. Bu esa bizdan fermer xoʻjaliklariga tinimsiz ravishda yonilgʻi-moylash materiallarini yetkazib berishimizni talab qildi.

Shu boisdan ham biz shu kungacha tumanimizdagi fermer xoʻjaliklariga jami 3400 tonna dizel yonilgʻisi, 85 tonna moylash materiallari yetkazib berishga muvaffaq boʻldik.

Hozirgi kunda tumanimizda 17 joyda fermerlarga yonilgʻi tarqatish shoxobchasi faoliyat koʻrsatmoqda. Shuningdek 17 ta yonilgʻi tarqatish agregati, 14 ta yonilgʻi tashish mashinalari fermer xoʻjaliklariga xizmat koʻrsatmoqda.

Amudaryo tumanining yuksak "oq oltin” xirmoni bunyod boʻlishida bizning ham hissamiz borligidan faxrlanamiz.

Ulugʻbek Bekniyozov, "QRQishloqxoʻjalikkimyo” hududiy AJ tuman filiali mudiri:

-Qishloq xoʻjaligi ekinlaridan moʻl hosil olishda mineral oʻgʻitlarning roli juda katta ekanligini hamma ham bilsa kerak. Shu boisdan ham biz bu yil chigit ekilishidan tortib, to gʻoʻza parvarishi yakunlanishiga qadar fermer xoʻjaliklarini oʻzlari uchun belgilangan miqdordagi mineral oʻgʻitlar bilan uzluksiz ravishda taʼminlashga harakat qildik.

Gʻoʻza parvarishi davrida biz fermer xoʻjaliklariga jami 4214 tonna azotli, 809 tonna fosforli, 559 tonna kaliyli oʻgʻit yetkazib berishga erishdik.

Shuningdek, 14500 gektar paxta maydonida defoliatsiya ishla-rini amalga oshirish uchun 145 tonna "Uzdef” defoliantini yetkazib berdik. Bu ishlarda tumanimiz paxta dalalarida 46 ta OVX agregatlaridan unumli foydalanildi.

Fursatdan foydalanib, paxta-korlarimizni yuksak marrani egallaganliklari bilan tabriklayman!

Bahrom Bobojonov, tuman oʻsimliklarni himoya qilish otryadi boshligʻi:

- Gʻoʻza zararkunandalari keng tarqalgan mazkur yil bizning oʻsimliklarni himoya qilish otryadimiz xodimlari uchun har qachongidan ham masʼuliyatli davr boʻldi. Shu sababli biz eng avvalo oʻsimliklarni himoya qilish boʻyicha ishchi guruhlar tuzib, ularning faoliyat yuritishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib berdik. Shuningdek tumandagi mavjud 15 ta biolaboratoriyalar zarur ashyolar bilan toʻliq taʼminlandi. Bu yilgi mavsum uchun 140 kg. trixogramma, 63,15 mln. dona oltinkoʻz, 61,9 mln. dona brakon ishlab chiqarilib, ulardan unumli foydalanganimiz paxta hosilini saqlab qolishimizda yaxshi natijalarni berdi.

Biz tumanimiz paxtakorlari bilan hamkorlikda qilgan mehnatlarimiz natijasi – yuksak "oq oltin” xirmonimiz bilan barchani muborakbod qilamiz.

Azat Yuldashev, "Amudaryo paxta tozalash” AJ direktori:

- Biz bu yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrganligimiz sababli paxta zavodimizda ham, joylardagi 6 ta paxta qabul qilish maskanlarida ham paxtani qabul qilish ishlari betoʻxtov amalga oshirilmoqda. Ularda mehnat qilayotgan 450 na-fardan ziyod ishchilarga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Zavodimizda paxta hosilini qabul qilish, paxtani gʻaramlash ishlari bilan birgalikda yangi qabul qilingan hosilni qayta ishlash masalasiga ham alohida eʼtibor berilmoqda. Shu kungacha zavodimizda 6000 tonna paxta xom ashyosi qayta ishlandi.

Tumanimiz paxtakorlarining yuksak marrani egallaganliklari haqidagi xushxabar zavodimiz mehnat jamoasini ruhlantirib yubordi.

Gʻalabangiz muborak, aziz paxtakorlar!

"Taraqqiyot koʻzgusi” muxbiri Allambergan JUMANIYoZOV yozib oldi.

(Foto - http://muloqot.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026