30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:06
Fan va taʼlim 👁 3,885

USTOZLARNI XOTIRLAB...

USTOZLARNI XOTIRLAB...

Hayotda shunday insonlarga duch kelamizki, ularning oʻzini tutishi, munosabatlari va oʻgitlari kishiga bir umr ibrat namunasi boʻlib qoladi, oradan necha yillar oʻtsa-da, xotirangda muhrlanib, doimo ezgu ishlarga chorlab turaveradi. Yaxshidan sharofat, deganlari shu boʻlsa kerak-da.

Men sobiq 13-hunar-texnika bilim yurtida ishlaganimda ana shunday ajoyib insonlar bilan hamnafas, hammaslak boʻlish baxtiga muyassar boʻlganman. Ularning biri Ikkinchi jahon urushi faxriysi, Yoʻldosh Qurboniy taxallusi bilan sheʼriy toʻplami ham nashr qilingan, joʻshqin qalbli, ochiq chehrali ijodkor Yoʻldosh aka Qurbonov edi. Domla har bir darsga kirishdan oldin puxta tayyorgarlik koʻrar, bizga ham shuni oʻrgatardi. Soʻzlaganda albatta mumtoz shoirlarimizning sheʼriy misralaridan namuna keltirib, odamni oʻziga jalb qila olardi. U kishi mening onam bilan sinfdosh boʻlganligi uchunmi, meni oʻziga yaqin olar, oʻgʻlim, deb murojaat qilardi. Kamtarligi shu qadar ediki, uni bilmagan odam mashhur shoir Qurboniy deb hech oʻylamas edi.

Esimda, bir bayram munosabati bilan bilim yurtimizda kontsert tashkillashtirildi. Kontsertga Nazir aka Rahimov, Otajon Xudoyshukurovlar tashrif buyurishgandi. Shunda kontsert boshlanishidan oldin Nazir aka Rahimov Yoʻldosh Qurbonovni sahnaga taklif qilib, soʻz berdi. Otaxon shoir har doimgidek hozirjavoblik bilan buning uchun minnatdorchilik bildirib, hofizlarga goh hazil, goh jiddiylik bilan rahmat aytdi, ijodiga baraka tilab, kontsertni boshlab berdi.

Har yili tumandagi barcha maktablarga 13-sonli hunar texnika bilim yurtimizga oʻquvchilarni jalb qilish uchun muassasamizda oʻrgatiladigan kasb-hunarlar, yaratilgan sharoitlar haqida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borardik. Shoir Yoʻldosh Qurbonov bunday tashriflarda albatta ishtirok etar, tabiiyki, mehnatimiz zoya ketmasdi. Bundan direktorimiz Komil ogʻa Xoliqov (marhum) juda xursand boʻlar, unga qayta-qayta rahmat aytardi. Komil Xoliqov juda jiddiy, mulohazali odam boʻlsa-da, quvnoq, gungni ham gapga sola oladigan soʻzamol Yoʻldosh Qurbonov bilan juda ahil edi.

Oʻsha vaqtlarda safimizda Said aka Bobojonov, Oʻgʻiljon opa Boboniyozova, Kenja aka Xoʻjaniyozov, Gulsara opa Abdullayeva, Qurbonboy ogʻa Poʻlatov, Bibi opa, Muhammadnazar aka Bekchonov, Yakov Bulyakov, Qurbonboy Ollamurodov, Bozorboy Polvoniyozov, Baxtiyor Tovboyev, Yetmish Dushamov, Baxtiyor Najimov, Galina Hamzina, Rajab Niyozimbetov va Anabibi opa Matrasulova, Qosim aka Hayitboyev, Jongil opa Safarboyevalar turli lavozimlarda boʻlsalar ham, bir maqsad yoʻlida hamjihatlik bilan mehnat qilishgan.

Kasbga mehrni, bolalar koʻngliga yoʻl topib, dars mashgʻulotlariga qiziqtirishni men ulardan oʻrgandim, desam, hech mubolagʻa boʻlmas. Ular bilan ishlagan davrim hayotimning eng unutilmas taassurotlarga boy davrlari boʻlib qoldi. Shu boisdan ham ularni doim hurmat-ehtirom bilan eslayman, ulardek boʻlishga intilaman. Bu goʻzal xotiralar meni doimo yaxshi niyatlar, yangi muvaffaqiyatlar sari yoʻnaltirib turadi.

 

Baxtiyor RAJABOV, 1-BOʻSM direktori muovini.
(Foto - http://www.uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026