30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Fan va taʼlim 👁 924

Inson kamolotida ustozlarning hissasi beqiyos

Inson kamolotida ustozlarning hissasi beqiyos

Qadrli ustozlar, mehridaryo murabbiy va oʻqituvchilar!

Tumanimizning umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan hamda shu sohada ishlab, bugun keksalik gashtini surayotgan barcha oʻqituvchi va murabbiylarni, oʻzining ilmu salohiyati, kuch-gʻayratini, kerak boʻlsa butun umrini yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli va mashaqqatli ishga bagʻishlagan muhtaram ustozlarni bugungi bayram – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Qalbimiz toʻridagi eng goʻzal tilaklarimizni bildirish bilan birga ilk bor qoʻlimizga qalam tutqazgan, barchamizga oq-u qorani tanitgan, tafakkurimizga ilmu-maʼrifatni singdirgan, bor mehrini, koʻz nurini ayamagan onadek mehribon, otadek gʻamxoʻr, har birimiz uchun aziz va moʻʼtabar boʻlgan ulugʻ zot – oʻqituvchi va murabbiylarni har qancha ardoqlasak, izzat-hurmat koʻrsatsak ham kamlik qiladi.

Chunki hayotda inson kim boʻlmasin, qaysi sohada mehnat qilmasin, shubhasiz, uning kamolotida oʻqituvchi va murabbiylarning beqiyos hissalari bor. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida mamlakatimizda oʻqituvchi-murabbiylarga boʻlgan eʼtibor tubdan oʻzgardi. Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlar doimo ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Bu islohotlar oʻzining ijobiy samarasini berib, ustoz va murabbiylarimizdan taʼlim-tarbiya olayotgan yoshlarimiz oʻz iqtidorlari bilan butun dunyoga tanilmoqda.

Aytish joizki, shu yilning 14-avgust kuni Xalq taʼlimi uchun yangi bosqichni boshlab berishga asos boʻlgan hujjat– “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori eʼlon qilindi. Ushbu Qaror orqali taʼlim-tarbiya jarayonini yangi bosqichga koʻtarish, jamiyatda oʻqituvchi nufuzini har tomonlama oshirish boʻyicha huquqiy asoslar belgilab berildi. Bugungi kunda Qarorga muvofiq oʻqituvchilarga qator imtiyoz va qulayliklar yaratilmoqda, ish jarayonidagi ortiqcha rasmiyatchilik va qogʻozbozlik ishlariga chek qoʻyilmoqda. Oʻylaymizki, bu sohada samaradorlikning yanada ortishiga zamin yaratadi.

Ayni paytda biz pedagoglar zimmamizga katta masʼuliyat yuklanganligini, oldimizda yanada muhim va dolzarb vazifalar turganini toʻliq anglab yetmogʻimiz darkor. Sohada taʼlim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan yanada jonlantirish, uning nafaqat davr bilan hamo-hang boʻlishini, balki zamondan oldinda yurishini taʼminlash, pedagog kadrlarni tanlash va ularning malakasini oshirishning ilgʻor usullaridan keng foydalanish, taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq vazifalarni amalga oshirish, qisqa qilib aytganda, hayotimizga katta kuch boʻlib kirayotgan yangi avlodimizni kamol toptirish uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etish bugungi kundagi ustuvor vazifa sanaladi.

Aziz va muhtaram ustozlar! Qadrli hamkasblar!

Dunyodagi eng sharafli va mashaqqatli kasb egasi boʻlgan Siz azizlarni va sizlar orqali barcha taʼlim sohasi fidoyilarini 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan samimiy tabriklayman. Kasbingiz kamolini koʻrib yashang! Sizlarga mustahkam sogʻlik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

Otabek Yoʻldoshov,

tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026