MAJBURIYaT HAM BAJARILDI
"Toʻlqin” ovulidagi "Amudaryo sohili” fermer xoʻjaligi paxtakorlari paxta tayyorlash boʻyicha yillik shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajardilar.
Mazkur moʻl hosilli ilgʻor fermer xoʻjaligi paxtakorlari 70 gektar paxta maydonidan 150 tonnadan ortiq "oq oltin” durdonalarini yigʻib-terib olib, davlat xazinasiga yetkazib berdilar. Bugungi kunga kelib esa ular 200 tonnadan ortiq yuqori navli paxta hosilini ona Vatanga tuhfa qildilar. Bu bilan majburiyat ham sharaf bilan ado etildi.
- Paxtazorlarimizda hosil hali koʻp. Paxta yigʻim-terim ishlarida har kuni 150 nafardan ortiq terimchilar faol qatnashishmoqda. Kezi kelganda Oʻrozgul Durdiyeva, Bibirobiya Seyitova, Munavvar Esonova, Malohat Oʻtamurodova, Barno Boltaboyeva, Yarash Xudoyberganov va Roza Xalillayeva kabi mohir terimchilarimiz nomlarini faxr bilan tilga olib oʻtishimiz kerak. Ularning har biri kuniga 130-140 kilogrammdan "oq oltin” terib, xirmonimizga baraka kiritishmoqda. Terim surʼatini yanada oshirib, 280 tonnalik yuksak marrani egallaymiz. Shunda paxta hosildorligi gektar boshiga 40 tsentnerdan oshadi. Bu yuksak marra tez kun ichida egallanadi, - deydi bizga paxta yigʻim-terim otryadi boshligʻi Xudoyor Xoʻjamurodov.
Qobul ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶