30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Fan va taʼlim 👁 6,027

TINChLIK – BUYuK NEʼMAT

TINChLIK – BUYuK  NEʼMAT

Bir inson xonadoniga tashrif buyurgan kishilarning nomlarini soʻrashsa, ularning nomi Baxt, Omad, Tinchlik ekan. Xonadon sohibi juda aqlli va zukko kishi ekanki, uyimga, avvalo, tinchlik kirsin, baxt va omad tinchlik bor joyga ketma – ket kelaveradi deb mehmonlarni kutib olgan ekan. Bundan koʻrinadiki, Tinchlik barcha neʼmatlarimizning aʼlosi va betakrori, yagonasi ekan. Buni his qilgan bizning aziz xalqimiz qoʻllarini duoga ochar ekan, avvalo el-u yurtga Tinchlik, koʻngillarga xotirjamlikni soʻraydi. Yaratgan Ollohim suygan elmizki, yurtimizda tinchlik, toʻkin-sochinlik. Shukronalar keltirib yashayotgan, mehnat qilayotgan xalqimizning baxti boqiy, omadlari kulgan.

Butun dunyo 21 sentabrni Xalqaro Tinchlik kuni deya eʼtirof etishdi. Bizning 11-sonli maktabda ham Tinchlik kuni munosib tuhfalar, oʻzgacha shukuh bilan kutib olindi. Maktabimiz oʻquvchilari va oʻqituvchilari Tinchlik kuniga bagʻishlab turli xil tadbirlar, suhbatlar tashkil etishdi, bolajonlar qalbida Tinchlik va uni asrab-avaylash kerakligi haqida chuqur tushunchalar berilib, uning ahamiyati haqida turli xil bahs-munozaralar oʻtkazildi.

Shuningdek 5-7-sinf oʻquvchilari Tinchlikni tarannum etguvchi fotolavhalar asosida bukletlar, albomlar tayyorlashdi. 8-9-sinf oʻquvchilari tomonidan ijodiy insholar yozildi. Insholarda oʻquvchilar oʻz fikrlarini erkin va ijodiy bayon qilishga eri-shish bilan birgalikda turli ommaviy axborot vositalari, internet maʼlumotlaridan foydalanishga, xalq ogʻzaki ijodi namunalarida Tinchlik tarannum etilgan manbalardan keng foydalanishga harakat qilgan.

Tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha   urushdan nafratlanayotgan yosh bolakay qalbidagi tuygʻular aks ettirilgan surat bolajonlarda katta taassurot qoldirdi.

Maktab maʼmuriyati tomonidan va tegishli oʻqituvchilar tomonidan oʻquvchilarning ijodiy mehnatlari odilona baholandi. Shunga koʻra buklet va albomlar tayyorlash yoʻnalishi boʻyicha 5- "A”sinf, 7 – "B”sinf oʻquvchilari,  insholar boʻyicha 9-sinf oʻquvchisi Ismoilova Yulduz, 8-sinf oʻquvchisi Shomurotova Sveta,   tasviriy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha    9 "A”-sinf oʻquvchisi Shamsiddin Bekishovlar gʻolib, deb topildi.

Biz oʻylaymizki, bu tanlov bolalar qalbida tinchlikning nechogʻlik buyuk neʼmat ekanligini, uni asrash yoʻlida qancha ajdodlarimiz jonlarini fido etganliklarini tushunib, anglab etishda katta ahamiyat kasb etdi. Qariyalar qadrlanib, yoshlar taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor qaratilayotgan bizning mamlakatimizda Tinchlik barqaror boʻlsin! Butun dunyo xalqlari tinch yashasin, chunki olam tinch - odam tinch.

 

Guloyim BEGJONOVA, 11-sonli maktab oʻqituvchisi.

(Foto - http://turkistonpress.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026