GʻOLIBLIK NAShIDASI YaNGI MARRALARGA ChORLAMOQDA
Ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida qizlarni zukko, ilmli, odob-axloqli va milliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat-ehtirom ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan "Orasta qizlar” toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda.
Mazkur toʻgaraklar faoliyatini yanada jonlantirish va toʻgarak aʼzolarini ijodiy izlanishga, oʻqib-oʻrganishga undash maqsadida har yili turli koʻrik-tanlovlar oʻtkazilib kelinayapti.
Bizning Yangiobod mahalla fuqarolar yigʻinimizda faoliyat yuritayotgan "Orasta qizlar davrasi” aʼzolari "Mahallamizning orasta qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida gʻoliblikka erishib, respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritgan edi.
Shu yilning 12 oktyabrida Nukus shahrida mazkur koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda qizlarimiz tanlov shartlariga koʻra, respublikamiz tumanlarida gʻolib boʻlgan jamoalar bilan joriy yilning "Keksalarni eʼzozlash yili” deya nomlanishiga muvofiq xalqimizning bebaho maʼnaviy boyligi boʻlgan maqollar aytishdi, xalqimizning milliy liboslari va oʻquvchilarning maktab liboslarini oqilona taʼriflab berishdi, reproduktiv salomatlik va sogʻlom turmush tarziga oid savollarga toʻla javob berishib, hakamlar hayʼati tomonidan gʻolib, deb topildi.
Qoʻlga kiritgan bu gʻalabasidan ruhlangan qizlarimiz mazkur tanlovning shu yilning 30 oktyabrida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan mamlakatimiz miqyosidagi bosqichiga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Gʻoliblik nashidasi ularni yangi-yangi marralarni zabt etishga chorlamoqda.
Raya ABIShOVA, "Yangiobod” MFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶