14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 19:22
Jamiyat 👁 9,688

OBOD MAHALLA – OBODON VATAN

OBOD MAHALLA – OBODON VATAN

Publitsistika


Shukrona

Mahalla – bizning ona makonimiz, ota uyimiz joylashgan qadrdon goʻsha. Shuning uchun ham qadrdonki, dunyoga kelgan kunimizni, hayotimizdagi quvonchli damlarimizni, hatto gʻam-u tashvishlarimizni oʻzimizdanda oldinroq sezuvchi fidoyi birlik bu! Ne uchun bu makonni birlik deb atadim?  Chunki, etni tirnoqdan ayirmoq mushkul boʻlgani kabi mahalla ahlini bir-biridan ayricha tasavvur qilish, toifalarga boʻlish, seniki va meniki degan xayol koʻzgusidan boqish aslo mumkin emas. Shuning uchun ham mahallalarimizda barcha millat bolalari ahil, totuv, inoq – bitta koʻchada, bitta xonadonda, hatto bitta oilada farovon yashashadi. Shuning uchun ham mahallalarda maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyatga ega udumlar, urf-odat va anʼanalarning umri boqiy.

Shu yilning 6-iyul kuni Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi hududida qad rostlagan "Kamolot” uyining ochilish marosimida qatnashdim. 48 xonadonga moʻljallangan 4 qavatli bu muhtasham uyning "Kamolot” uyi deb nomlanishining oʻzida juda katta ramziy maʼno bor: bu -  avvalo "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari toʻgʻrisida”gi Qonunning tumanimiz yoshlari hayotidagi amaliy ifodasi boʻlsa, bundan ham muhimrogʻi – tobora obod va farovonlik kasb etayotgan mahalla institutining demokratik tamoyillar asosida rivoj topayotgani – taraqqiyotga yuz tutgan oʻzbek mahallasining goʻzal manzarasi mujassam boʻlganidan dalolat. Vaholanki, bugungi mahallaning Istiqloldan nurafshon dillarda havas uygʻotgulik manzaralari bisyor!

"Kamolot” uyida hovli toʻylari oʻtkazayotgan yosh oilalarning quvonchlariga oshno boʻlib, ularning oʻzgacha mehr bilan bezatgan xonadonlari ostonasidan hatlar ekanman, beixtiyor oʻzim yangi imorat qurish uchun yugurib-yelib yurgan damlarimni esladim:  qurilish ashyolari taqchil, tsement topilsa, pishiq gʻisht, gʻisht topilsa, ohak yoki taxta izlab sarson boʻlgan kunlarda butun oilamiz bilan topgan-tutganimizni oʻrtaga tashlab, 10-yil davomida imoratimizni chala bitirib koʻchib kirganimiz, yoshligimizning eng gullagan davrida uy qurish tashvishlariga koʻmilib, yashaganimiz, hatto murgʻak farzandlarimizgacha qurgan imoratimizning chala-chulpasini butlash uchun jon kuydirib, biri loy qorisa, biri suvoq qilib, bolaligini unutib ulgʻayishganlarini koʻz oldimga keltirib, bugungi yosh oilalar uchun mamlakatimizda yaratib berilayotgan beqiyos imkoniyatlar, barchasidan muhimi, mahallalarning tobora obod va farovon goʻshaga aylanib borayotganidan dilimni xavas, quvonch, shukrona chulgʻaydi.

       

Kecha mahalla bor edimi?

Koʻz oldimda yana yaqin oʻtmish manzaralari jonlanadi: katta ovulning u boshi bilan bu boshida "Ray PO” deb atalmish savdo tashkiloti tasarrufidagi ikkitagina doʻkon boʻlardi. Butun ovulda bitta yo ikkita klub binosi boʻlib, boshqa madaniy-maishiy xizmat turlari yoʻq hisobda. Nari borsa, "Dom bita” deb atalmish tuman maishiy xizmat koʻrsatish korxonasining har ovulda bittagina tikuvchilik tsexi amal-taqal ishlab turardi. Odamlar toʻy-tomoshalarda jamlanib, koʻngillarini yozib olishardi. Koʻchma kinolar "xizmati”dan foydalanishardi...

Baʼzan oʻylab qolaman: kechagi kunimiz, oʻtgan asrning 70-80-yillarida mahalla degan ijtimoiy tuzilma bor edimi oʻzi? "Ha”, – deyishga asos yoʻq, "yoʻq”, - deyishga ham. Chunki, shoʻrolar tuzumi manfaatlarini ifoda etuvchi "Ovul sovet” va "Shahar soveti” nomini olgan xududiy atamalar bilan ish olib boruvchi fuqarolik organlarining qanday vazifalarni ado etishi bilan aholi, toʻgʻrisi, qiziqmas ham edi. Bu fuqarolik organlari kim uchundir "maʼlumotnoma beradigan idora”, kim uchun "aholi sonini roʻyxatga oladigan yoki roʻyxatdan chiqaradigan idora”, "xalqning mol-mulkini hisoblab, soliqqa tortiluvchilar roʻyxatini tuzuvchi idora”... va yana shunga oʻxshash vazifalarni bajaruvchi bir "idora” edi, xolos. Xalqning tashvishi nima, uni qanday muammolar qiynayotir? Uning farzandlari uchun qanday sharoitlar yaratish kerak? Orzu-umidlari-chi? Oilalarning moddiy ahvoli qanday? Aholining ijtimoiy qatlamichi, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlar bormi? – kabi savollar odamlar dilidan tiliga koʻchib, bu "idoralar” ostonasidan hatlab, aslo ichkariga kirmas edi...

 

Katta xonadonga aylangan makon

Shular haqida oʻylarkanman, mustaqillikning ilk yillarida ayniqsa, bozor munosabatlariga oʻtish davrida mamlakatimizda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari – mahallalar faoliyatini jonlantirish borasida olib borilgan keng qamrovli ishlar, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish sari qoʻyilgan ezgu qadamlar, mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash borasida olib borilgan xayrli ishlar koʻz oldimda gavdalanadi.

- Bugun mahalla aholi uchun katta xonadonga aylandi, - deydi "Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman boʻlinimasi raisi Rustam aka Roʻzmetov. – Shunday boʻlgach, bu xonadonning gullab-yashnashidan barchamiz bahramandmiz. Oddiygina misol, tumandagi oʻquv muassasalarining har birida – maktablarda sinf rahbari, kollejlar va akademik litseyda guruh rahbarlari boshchiligida 3 tadan yordamchi guruhlar tuzilgan. Tuman boʻyicha 170 ta yordamchi guruh boʻlib, bu guruhlarga birikkan oʻquvchilar oʻzgalar yordamiga muhtoj insonlar, keksalar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar holidan tez-tez xabar olib turishadi. Ekin-tikin, obodonlashtirish ishlariga yaqindan yordam berishadi.

Har kuni ishga kelishda va ketishda Mangʻit shahrining Oybek nomli, "Gulzor”, Beruniy nomli, "Yangiobod” va "Doʻstlik” mahallalari hududlaridan oʻtaman. Qoʻliga belkurak tutgan tanish oʻquvchi-yoshlarni, ustakorlik anjomlarini koʻtarib ketayotgan yoshlarni, baʼzan katta yoshdagi tanishlarimni uchrataman.

- "Koʻhna qalʼa” mavzesida yashovchi otaxon bor edi, uyini taʼmirlayapmiz, - deydi biri.

- Kollejimiz qaramogʻidagi keksalarning uylariga borayotirmiz, - deyishadi oʻquvchi-yoshlar. – Tomorqalarini kuzgi shudgor qilmoqchimiz.

Rustam aka Roʻzmetov aytganlariday, bugungi mahallaning nufuzi ortgan, faoliyat koʻlami ham keng. Qiyofasi ham oʻzgargan. Bu katta xonadonning har bir aʼzosining dilida bir ezgu niyat – oʻz xonadoni – mahallasini obod koʻrish. Ona Vatanning eng fayziyob goʻshasiga aylantirish.

Bugungi mahalla ana shunday ulugʻ orzularga, ulugʻvor rejalarga poydor makon.

 

Bugungi mahalla

- Bugun hayotimiz tubdan oʻzgardi, - deydi Mangʻit shahrining "Gulzor” mahallasi fuqarolar yigʻini raisi Gulmirza aka Yermatov. – Bir koʻz oldingizga keltiring-a, bizning mahallamiz joylashgan hudud avval qanday edi? Infratuzilma qoloq, odamlarning hayotga qiziqishlari bir yoqlama. Ertangi kunga ishonchdan koʻra umidsizlik zohir emasmidi ular qalbida?

Darvoqe, bugungi "gulzor”liklar turmush tarzi bilan kechagi hayoti oʻrtasida osmon bilan yercha farq bor. 3100 nafar aholi istiqomat qiladigan mahalla ahlining asosiy qismi oʻqimishli, ziyoli, tadbirkor va ishbilarmon. Ayni paytda mahalla hududida eng zamonaviy meʼmoriy uslubda qurilgan 1000-oʻrinli toʻyxona, doʻkon-oshxona, avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasi, nonvoyxona, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi, avtomobillarga texnik hizmat koʻrsatish shoxobchalari, 45 tadan ziyod yakka tadbirkorlik hizmatlari faoliyat olib bormoqda. MFY raisiga mahalladagi har bir xonadonning turmush tarzi besh qoʻlday ayon.

- Ishonavering, - deydi rais mamnuniyat bilan, - hatto qaysi oilaning oylik daromadi qancha ekanligini yanglishmay ayta olaman.

Ishonmaslik mumkinmi? Aslo! Chunki, bugun mahalla – xalq hayotining koʻzgusi. Muammolar ham, yangi orzu-rejalar ham bugun eng avvalo mahallada muhokama etiladi. Muammolar hal etilib, orzularning roʻyobi uchun, rejalarning takomilga yetmogʻi uchun faol harakat mahalladan boshlanadi. Oddiygina misol: "Gulzor” mahallasida faqat tadbirkorlarning saʼy-harakatlari bilan soʻnggi 2-3-yil ichida ish bilan band boʻlganlar soni keskin oshdi, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalarining oʻzida 54 ta yangi ish oʻrni tashkil etildi. Uy mehnati bilan shugʻullanuvchilar 177 nafarga koʻpaydi, 45 nafar "gulzor”lik fuqaro yakka tadbirkorlik bilan shugʻullanish imkoniga ega boʻldi. 2015-yilning 11 oyi davomida 50 gayaqin  yangi ish oʻrni yaratildi. 23 nafar kollej bitiruvchilari doimiy ish bilan taʼminlanib, ulardan 2 nafari oʻz tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun imtiyozli kredit olish huquqini qoʻlga kiritishdi. Mahalla hayotidagi bu yangiliklar fuqarolar turmush tarzini tubdan oʻzgartirib yubordi. Koʻchalarni, hovli va xonadonlarni obodonlashtirish, tomorqa xoʻjaligidan yuqori unum olish, oilada farovon yashashga intilish mahalla ahlining kundalik hayot qoidasiga aylandi.

 

Koʻzni quvontirgan obod hovlilar

– Koʻrsangiz, mahallamiz koʻchalari gullarga, dov-daraxtlarga burkangan!

Mahallaning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Gulbahor Allaberganovaning quvonchiga sherik boʻlib mahallaning koʻrkiga-koʻrk qoʻshgan shinam va ozoda koʻchalar boʻylab "Kamolot” uyi tomon yoʻl olamiz.

- Yaqinda 6 ta koʻchaga hashar yoʻli bilan tosh yotqizdik, – deydi Gulbahor, – mahallamiz hozir shahrimizning yangilanib va tez oʻzgarib borayotgan xududiga aylangan.

Haqiqatan ham, Gulbahor aytganiday, nainki koʻrgan koʻzlar, hatto dillar quvonchdan yashnab ketgulik goʻzal manzara–mahallaning shimoliy-sharqiy hududida – Mangʻit-Qipchoq  katta guzar yoʻli boʻyida qad rostlagan namunali uylarda bugun joʻshqin hayot nafasi ufurib turibdi. 2013-yilda bunyod etilgan 40 ta namunali uylarning fasad qismidan tortib tomorqasigacha jannatiy manzara kasb etgan. "Kamolot” uyi bilan bir-biriga yondosh ravishda qad rostlagan uylar tomorqalarida moʻʼjaz bogʻ, ekin-tikindan boʻshagan va kuzgi shudgor qilingan tomorqaga havas bilan boqmaslik  mumkin emas. Bolalar maydonchalaridagi kichkintoylarning quvnoq ovozlari, shu hududda qurilishi jadal surʼatlarda olib borilayotgan infratuzilma inshootlari – bugungi mahalla hayotining istiqloldan rang olgan manzaralaridan biri emasmi, azizlar!

- Mahallaning nomi bu yerdagi turmush tarziga monand ekan-da!

- Albatta, - deydi Gulbahor quvonch bilan. – Koʻrsangiz, hayron qolasiz, yana bir necha oydan soʻng mahallamiz hududida yana 40 ta namunali uy qurilishi yakunlanadi!

Koʻrdik, mahalla hududidan oqib oʻtuvchi "Toshyop” kanalining eng soʻlim, oʻng sohilida yana 40 ta namunali uy qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Quvonarlisi shundaki, qurilib, foydalanishga topshirilayotgan bu uylarning xaridorlarining asosiy qismi ham yosh oilalar ekan.

Koʻrib, koʻzimiz quvongan bugungi mahalla hayotining goʻzal manzaralari qalblarga qandaydir sokinlik, osoyishtalik, xotirjamlik baxsh etadi. Zotan, bu Istiqlol bergan ulugʻ imkon – tinchlik, xotirjamlik aro kechayotgan xalqimiz turmush tarzining, nurafshon kelajagining amaliy ifodasi – yuraklarimizni quvonchga toʻldirgan oʻzgarishlar, yangilanishlar mohiyatidir. Ana shu mohiyat bilan koʻnglimiz, uyimiz, oilamiz, mahallamiz va demakki, Vatanimiz yanada obod boʻlib boraveradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019