01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 04:26
Jamiyat 👁 3,215

KONSTITUTsIYa – ISTIQLOLIMIZNING PORLOQ, HAYoTBAXSh QUYoShI

KONSTITUTsIYa – ISTIQLOLIMIZNING  PORLOQ,  HAYoTBAXSh  QUYoShI

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizning mevasi, yangi milliy davlatimizning huquqiy poydevori, xalqimiz manfaatlarini koʻzlovchi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini, ozodligi, shaʼni va qadr-qimmatini muhofaza qiluvchi hamda yuksaklarga koʻtaruvchi Bosh qomusimiz – Asosiy qonunimiz boʻlib ulugʻlanadi, eʼzozlanadi va qadrlanadi. Konstitutsiyamiz mamlakatimizning jahon maydonida, dunyo sahnasida qad rostlashi, taraqqiy etishida, adolatli huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun strategik dastur, yoʻlchi yulduz va soʻnmas mayoq boʻlib porlab turibdi. Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, "Bizning Konstitutsiyamiz eng demokratik, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan meʼyor va talablarga toʻla javob beradigan qomusdir”.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda hech bir taʼrifga sigʻmaydigan mislsiz olamshumul tarixiy yutuqlar, keskin burilish, ulkan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy madaniy-maʼrifiy oʻzgarishlar va yangilanishlar yuz berdi. Bu albatta Konstitutsiyamizga suyangan va tayangan davlatimizning odilona toʻgʻri siyosati, jamiyatimizning barcha sohalari va jabhalarida olib borilayotgan chuqur islohotlar hamda mamlakatimizni izchil modernizatsiyalash samarasidir.

Bugungi hayotimizda, butun jamiyatimizda Konstitutsiyamizga asoslangan holda qonun ustuvorligi tamoyillariga tayanib qatʼiy va izchil olib borilayotgan davlatimiz siyosati natijasida mamlakatimizda barqaror tinchlik va barqaror taraqqiyot, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish, millatlararo totuvlik va hamjihatlik, bugungi farovon hayotimizning, xalqimiz baxtu-saodatining har bir shaxs, har bir inson kamolotining tayanchi va kafolati boʻlib xizmat qilmoqda.

Binobarin, bizning har birimiz Konstitutsiyamizning va unga asoslangan barcha Qonunlarimizning mazmun-mohiyati hamda ahamiyatini toʻla anglab oʻrgangan va oʻzlashtirgan holda bugungi joʻshqin hayotda, chinakam bunyodkorlik jarayonlarida faol qatnashishimiz, faol hayotiy pozitsiyani egallashimiz zarur. Shunda bizning har birimiz oʻz-oʻzimizga "Istiqlol bizga nima berdi?” – degan boqibegʻamlik va boqimandalik kabi bemaʼni, gʻaliz savolni emas, balki biz mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimiz ravnaqi va  yurtimiz farovonligi uchun nimalar qildik va qanday ezgu ishlar va amallarni bajarmoqdamiz, degan baralla yangrovchi yuksak insoniy xislat va ovoz bilan maydonga chiqqan boʻlamiz. Biz har birimiz Konstitutsiyamizning ezgu gʻoyalarini izchillik bilan amalga oshirish yoʻlida yanada shijoatli, yanada mardonavor, yanada samarali mehnat qilaylik, qatʼiy kurashaylik.

Zero, Konstitutsiyamiz – istiqlolimizning porloq, hayotbaxsh quyoshi boʻlib, mamlakatimizning yuksak taraqqiyot yoʻlini nurafshon qilib turibdi.

Ilhom NURULLAYeV,

2-sonli tuman davlat notarial idorasi notariusi.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026