BOBUR ĞAZALLARI SEHRI
Asrlar davomida dunyo ahlini lol qoldirib kelayotgan, milliy sanʼatimiz barqarorligini taʼminlayotgan sabablardan biri – beqiyos tafakkur qudrati aks etgan asarlar yaratgan buyuk olim va adiblarimizning ijod mahsullari bölsa, ikkinçi sabab esa şunday bebaho sanʼat namunalarini ardoqlab saqlab, ajdodlardan-avlodlarga butun teranligi, gözalligi va jozibasi bilan yetkazib kelayotgan xalqimizning maʼnaviy merosimizga bölgan mislsiz ixlosidir.
Milliy sanʼatimizning muhim qismi bölgan mumtoz aşulalardan qay birini tinglamang, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan bu sanʼat asarlaridagi purmaʼno ğazal, jozibador kuy va sohir ovoz taʼsiridan rohatlanamiz va iftixor hislarini tuyamiz. Sababi, milliy qadriyatlarga sodiq qolib, bebaho maʼnaviy merosini bizçalik asrab-avaylab kelayotgan xalqlar yer yuzida unça köp emas.
Buyuk Alişer Navoiy va Bobur ğazallari asosida yaratilgan aşulalarni tinglaganimizda yuqorida aytilgan fikrlar qayta-qayta yodimizga keladi. Maʼlumki, boşqa maşhur mumtoz adabiyotimiz vakillari singari bu ikki buyuk şoir mislsiz ğazallar bitganliklari bilan birgalikda musiqa ilmining ham zukko bilimdonlari bölişgan.
Ularning asarlarini bir marotaba öqib, ularda ifoda qilingan fikrlarni uqib oldim, degan odam özini qançalik olim sanamasin, qattiq adaşadi, çunki, bu ğazallarda olam-olam maʼno, his-tuyğu ifoda qilinganki, ularni faqat qayta-qayta öqiş orqaligina tuşunişimiz, his qilişimiz mumkin.
Agar puxta fikr qilsak, Bobur şeʼriyati yor va diyordan ajralgan şaxs hissiyotlarining ifodasidan iboratdir. Hatto oddiy tabiat manzarasi yoki narsalar ifodalangan baytlarda ham şu tuyğular taʼsirini köramiz.
Qovun birlan uzumning hajridan könglimda har su.
Oqar suvning firoqida közimdan gar dam oqar su.
Qovun keltirilişi va buning Boburga qanday taʼsir qilganligi haqida "Boburnoma”da ham yozib qoldirilgan, lekin bu yerda şoir qovun va uzum vositasida ona yurtining beqiyos tabiatiga işora qilib, özining qalbi tubidagi soğinçini ifoda qiladi. Hindistonda ham turfa xil mevalar yetiladi, lekin birortasi ham yurtimiz neʼmatlarining örnini bosolmasligi taʼkidlanadi.
Bu baytda har su (har tomon) va oqar su (oqar suv) sözlari birga kelib, iyhom sanʼatini paydo qilgan. Iyhom – şeʼriy sanʼatlar içida eng qiyini va qadrlanuvçisi sanaladi.
Yuqorida aytib ötgan fikrimizning isboti sifatida yana Bobur baytlariga murojaat qilamiz.
Xazon yafroği yangliğ gul yuzing hajrida sarğardim.
Körib rahm aylağil, ey lola-ruh, bu çehrai zardim.
Şoir kuz fasli manzarasini köz oldiga keltirib, öz umrining kuzini – xazon faslini his qiladi va yor timsoli sifatida taqdiri azalga şunday murojaat etadi, xazon yaproği, xajr, çehrai zard (sariq yuz) kabi ğamli taşbihlari orqali könglida keçayotgan yurt soğinçini ifoda etadi.
Sen, ey gul, qöymading sarkaşligingni sarvdek hargiz,
Ayoğingga tuşub bargi xazondek munça yolbordim.
Şoir qişin-yozin köm-kök libosini yeçmaydigan sarv timsolida özi yetolmagan orzu-niyatlarining yuksakligini köradi, özini esa tökilgan yaproq sifatida his qiladi. Çunki, tökilgan yaproq judolik ramzidir. Sarkaşlik sifatida esa qismatning öjarligini, qançalar iltijo qilmasin, taqdir uni ayançli, umidsiz ahvolda qoldirayotganini afsus bilan qayd etadi.
Şoirning könglini toj-taxt uçun talaşib, uni ona yurtidan ayrilişga sabab bölgan amaki-yu toğalar qilmişidan afsuslaniş hissi çulğaydi va bir daqiqa ulardan özining qutulganiga şukur qiladi:
Xazondek qon yoşim, sariğ yuzimdin el tanaffurda,
Ba har range, bihamdillah, ulusdan özni qutqordim.
Yaʼni, mening qonli yoşimdan, sariq yuzimdan el nafratlansa ham mayli, men bundan xursandman, men ulardan özimni qutqardim.
Şoir boşiga tuşgan omadsizlikni özining baxt yulduzi yöqligidan köradi, çunki, munajjimlarning fikriça, har bir kişining bir yulduzi böladi va taqdiri şunga boğliq keçadi:
Ne toleʼdur mengakim, axtari baxtim topilmaydi,
Falak avroqini har neçakim daftardek axtardim.
Falak varaqlaridan baxt axtari (yuzduzi)ni topolmagan şoir butun umri keçinmalarini esga oladi, çekkan maşaqqatlarini, yaxşi-yomon odamlarni köz oldiga keltiradi va ulus men haqda ne desa deyaversin, buning men uçun ahamiyati yöq, çunki, men har turli yaxşilikni ham, yomonlikni ham kördim, deydi. Uluğ daholarning tafakkur mahsullari kabi Boburning bu ğazalidagi fikrlari faqat zamondoşlari emas, balki bizga va kelgusi avlodlarga ham qaratilgandir. Şuning uçun biz uluğ şoirimizni sevamiz, ğazallarini köngilarda ardoqlab saqlab, qöşiq qilib aytib yuramiz.
Ahmad NAFASOV,
"Jayxun ilhomlari”
NNT raisi.
(Foto - http://anons.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶