14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 20:57
Jamiyat 👁 4,664

MARD YIGITLAR XIZMATGA OTLANIShDI

MARD  YIGITLAR  XIZMATGA  OTLANIShDI

Muhtaram Prezidentimizning 2015-yil 23-dekabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida shu kunlarda yurtimizning barcha tumanlarida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga tantanali ravishda kuzatish marosimlari boʻlib oʻtmoqda. Xususan, tuman Mudofaa ishlari boʻlimida ham Prezidentimizning ushbu qarorida belgilangan muhim vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazishga puxta hozirlik koʻrib qoʻyildi.

Tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik F.Yu.Musulmonov bilan suhbatimiz aynan shu haqda boʻldi.

- Hurmatli Faxriddin Yusubillayevich, bu yilgi yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqiruv tadbirlariga tayyorgarlik ishlarining avvalgi yillardagidan farqi bormi?

- Albatta, farqi bor! Chunki, bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlaymiz. Bugungi chaqiriluvchilar mustaqillikning shonli 25 yilligini Milliy armiya safida nishonlashadi. Shu bois ham yigitlarni Vatan himoyasiga kuzatish marosimini yanada joʻshqinlik bilan oʻtkazish, tantanali kuzatish marosimi ruhi yoshlarning qalbida bir umr saqlanib qolishi uchun harbiy vatanparvarlik, tugʻilgan yerga, ota-onaga mehr-muhabbat mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

- Avvallari farzandi harbiy xizmatga chaqirilayotgan ota-onani qandaydir gʻam bosardi. "Oʻgʻlimning nasibasi qaysi yurtlarga sochilgan ekan”, deb havotirlanib yurishardi.

- Toʻgʻri aytasiz, mustaqillikdan avval shunday xavotir bilan ota-onalar farzandlarini qaygʻurib yurishlari tabiiy hol edi. Bunga otalarimiz, akalarimiz taqdiri yaqqol misol. Chunki, mustabid tuzum davrida harbiy xizmatga chaqiriluvchining bilimi qay darajada, sogʻligi-chi, bu jihatlar inobatga olinmagan.

- Bugun-chi, ota-onalar oʻz farzandlarini harbiy xizmatga kuzatish paytida oʻzlarini qanday tutishadi?

- Aytsam, gaplarim mubolagʻaday tuyulishi mumkin, lekin bu – haqiqat! Ota-onalar jondan aziz oʻgʻillarini xuddi maroqli sayohatga kuzatayotganday, quvonib-quvonib, oq fotihalar bilan Vatan himoyasiga yoʻllaydilar.

Farzandini harbiy xizmatga kuzatgani kelgan ota-onalar yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqiruv ishlariga tayyorgarlik yildan-yilga takomillashib borayotganini taʼkidlashadi.

Bu borada chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, ham jismoniy, ham aqliy salohiyati jihatdan kuchli, bilimdon va sogʻlom yoshlarni tanlab olishga alohida eʼtibor beriladi. Harbiy taktik mashgʻulotlari, zamonaviy axborot texnologiyalari hamda jismoniy tayyorgarligi boʻyicha test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan, har tomonlama sogʻlom yoshlargina askar degan sharafli nomga sazovor boʻlishadi.

Shu sababli bugun yurtimizdagi har bir ota-ona farzandini harbiy xizmatga jon-jon deb yuborishayapti. Mustaqillikdan  avval iloji boʻlsa, oʻgʻlini harbiy xizmatdan olib qolish uchun sogʻlom farzandiga "nogiron” deb hujjat tayyorlaganlar ham koʻp edi. Bugun esa tamoman boshqacha manzarani koʻrasiz. "Mening oʻgʻlim nima uchun armiya xizmatiga olinmadi?” degan savol bilan murojaat qiluvchilar koʻpaygan.

- Albatta, buning sabablari ham bor-da, shunday emasmi?

- Xuddi shunday! Mamlakatimizda mudofaa sohasining oʻziga xos qonuniy asoslari yaratilganligi, Qurolli Kuchlar tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar bois, xalqimiz uchun ona Vatanga xizmat qilish, uni himoya etish nafaqat Konstitutsiyaviy, balki haqiqiy fuqarolik burchiga aylandi. "Mudofaa toʻgʻrisida”gi "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi, "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunlarning qabul qilingani, harbiy xizmat muddati bir yil qilib belgilangani hamda harbiy xizmatning muqobil turi – safarbarlik chaqiruvi rezervi tashkil qilingani oʻzining ijobiy samarasini berdi. Yuqoridagi Qonunlar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni I.Karimov tomonidan imzolangan qator Farmon va qarorlar ham Milliy Armiyamizning qiyofasi, kuch-qudrati, jangovar salohiyati va imkoniyatlari bilan birga harbiy qismlardagi maʼnaviy-axloqiy muhitni tubdan oʻzgartirib yubordi. Bu esa bugungi Oʻzbekiston yoshlari qalbida ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli xizmatga va harbiy hayotga hurmat-eʼtibor hamda havasni uygʻotdi.

- Har yilgi muddatli harbiy xizmatga tumanimizdan qancha yoshlar chaqiriladi va ular qoʻshimcha imtiyozlarga ega boʻlishyaptimi?

- Tumanimizda harbiy hayotga qiziqish katta, Milliy armiya safida xizmat qilishni oʻzlariga sharaf deb biluvchi yoshlar juda koʻp. Oʻtgan 2015-yilda ana shunday yoshlardan 71 nafari mustaqil yurt himoyachisi boʻlishdek baxtga erishgan edilar. Ana shu  yoshlardan 25 nafari Prezidentimizning 2012-yil 31-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarga imtiyozlar tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq harbiy qismlar qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega boʻlishdi. Bunday tavsiyanomalarga ega boʻlgan sobiq askarlar oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha oliy oʻquv yurtlariga oʻqishga kirishda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozdan foydalanadilar.

Bu yilgi muddatli harbiy xizmatga 100 nafarga yaqin yoshlarimiz joʻnab ketish uchun tayyor turishibdi.

- Safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan yoshlar uchun ham imtiyozlar bormi?

- Harbiy xizmatning bu turida ham  xizmat qilish istagini bildirgan yoshlar safi yil sayin oshib bormoqda. Har yili kamida 600 nafarga yaqin yoshlar safarbarlik chaqiruvi rezervi qismlarida harbiy xizmatni oʻtab qaytishmoqda. Imtiyozlarga kelsak, harbiy xizmatni SChRda oʻtagan yoshlar maxsus test sinovlari hamda harbiy-jismoniy mashgʻulotlardan muvaffaqiyatli oʻtsalar, Qurolli Kuchlar qismlarida hamda IIBlarida shartnoma asosida serjant lavozimida xizmatni davom ettirishlari, oʻzlariga ona Vatan himoyachisi boʻlishdek sharafli kasbni tanlashlari mumkin.

- Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan va Qurolli Kuchlar safida oʻz yigitlik burchlarini ado etish uchun joʻnab ketishga tayyor tumanimiz yoshlariga tilaklaringiz.

- Avvalo, Vatanimiz sarhadlari daxlsiz, ona yurt tuprogʻi tinch boʻlsin. Qalblarida buyuk Vatanning buyuk kelajagiga ishonch, mehr va sadoqat tuygʻulari ila harbiy xizmatga otlanayotgan yoshlarimiz ana shu TINChLIKKA, millatlararo TOTUVLIK va farzandlarimiz BAXT-SAODATIga xizmat qilsinlar!

- Sermazmun suhbatingiz uchun tashakkur, omon boʻling!


Suhbatdosh: Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40 YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019