YoShLAR MAʼNAVIYaTINI YuKSALTIRIShGA QARATILGAN TADBIRLAR
Joriy yilning 26-fevral kuni tumanimizdagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida "Jayxun ilhomlari” NNTning "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” deb nomlangan loyihasi doirasida tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktab direktori Goʻzal Bekmuratova kirish soʻzi bilan ochib, mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodning taʼlim-tarbiya olishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishi uchun barcha imkoniyatlar va sharoitlar yaratilayotgani haqida gapirdi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan oʻtkazilgan tanlovda "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, gʻolib boʻlgan "Jayxun ilhomlari” NNTning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish ishiga katta hissa qoʻshayotganini taʼkidladi.
Tadbirda "Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi masʼul kotibi Allambergan Jumaniyozov "Globallashuv jarayonida yoshlar maʼnaviyati” mavzusida maʼruza qildi.
Shundan keyin maktabning 9-sinf oʻquvchilaridan Sarvinoz Tozaboyeva, Javlonbek Ortiqov, Muattar Otabekova va Munisa Xudoyberganovalar soʻzga chiqishib, yoshlarning taʼlim olishi va barkamol insonlar boʻlib yetishishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidentimizdan hamda hukumatimizdan minnatdor ekanliklarini izhor qildilar, yosh ijodkorlarni kashf qilish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Jayxun ilhomlari” NNT faoliyatiga oq yoʻl tiladilar.
Bunday tadbirlar shu kuni 69-sonli umumtaʼlim maktabida va Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejida ham boʻlib oʻtdi.
Mahmudjon
ShOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶