OʻQOTAR QUROLNI NOQONUNIY SAQLASh – JINOYaT
2016-yil 30-mart kuni tuman hokimligida huquq tartibot organlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi sardorlari, korxona va tashkilot rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish oʻqotar qurol va oʻqdori zahiralarini noqonuniy saqlash, olib kirish, sotib olish va sotish jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi, shuningdek oʻz xohishiga koʻra oʻqotar qurol va oʻqdori zahiralarini topshirgan shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi haqida keng ommani xabardor qilish maqsadida tashkil qilindi.
Yigʻilishda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 5-sentyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan "Davlat, sport va shaxsiy ov qurollari, oʻqotar qurollari va harbiy oʻqdori zahiralarining noqonuniy aylanishini toʻxtatish faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tadbirlar rejasi”ga asosan ovul va mahallalarda, taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari bilan birgalikda joylarda uchrashuvlar va profilaktik suhbatlar oʻtkazilmoqda, bu boʻyicha fuqarolar oʻrtasida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinmoqda. Natijada joriy yilning birinchi choragi davomida 22 nafar fuqaro qurollarini oʻz ixtiyori bilan tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirgan.
Yigʻilishda noqonuniy qurol saqlashning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida, shuningdek, oʻz ixtiyorlari bilan qurol topshirgan shaxslar javobgarlikdan ozod qilinishi keng yoritilgan film namoyish etildi hamda oʻz ixtiyorlari bilan oʻqotar ov qurollarini tuman ichki ishlar boʻlimiga topshirgan fuqarolar taqdirlandi.
Shuningdek, yigʻilishda soʻzga chiqqanlar noqonuniy qurol saqlash qonunga zid boʻlishi bilan birga inson hayoti uchun oʻta xavfli vosita ekanligi, mudhish jinoyatga sababchi boʻlib qolishi xususida soʻz yuritishdi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.
(Foto - http://www.sanduvoch.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶