01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:43
Jamiyat 👁 3,998

MAQSADIMIZ – AYoL-QIZLARNI YoT GʻOYaLARDAN HIMOYa QILISh

MAQSADIMIZ  – AYoL-QIZLARNI YoT GʻOYaLARDAN HIMOYa QILISh

Tahririyatimizning bugungi mehmoni – tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Maryam Ahmedova bilan suhbatimiz ayol-qizlar oʻrtasida diniy-ekstremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olish va diniy vaziyatni sogʻlomlashtirish borasida tuman xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan rejalashtirilgan va ayni paytda amalga oshirilayotgan ishlar xususida.

- Maryam Ahmedovna, ayting-chi, xotin-qizlarning diniy-ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish maqsadlarini ifoda etuvchi qonuniy asoslar bormi?

- Avvalo shuni aytish kerakki, ayol-qizlarimizning davlat va jamiyat qurilishidagi faol ishtirokini taʼminlashga, ayniqsa, oʻzining va farzandining sogʻligini saqlashga qaratilgan Prezident Farmonlari va hukumat qarorlaridan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning ham mazmun va mohiyati ayol shaʼni, qadr-qimmati, oilasi mustahkamligi masalasini oʻzida mujassam etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6-oktyabrdagi "Xotin-qizlar oʻrtasida diniy-ekstremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olish va diniy vaziyatni sogʻlomlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 195-sonli bayoni asosida qabul qilingan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining  2015-yil 7-yanvar kungi "Ayollar maslahat markazlari”ni tashkil etish toʻgʻrisida”gi bayoni va ushbu hujjatlarning qarorlari ilovalarida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi izchil amalga oshirilmoqda. Shuningdek, "Ayollar maslahat markazi” Nizomi tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi.

- Bunday markaz tumanimizda ham tashkil etildimi? Agar tashkil etilgan boʻlsa, bu markaz oʻz faoliyatini qachondan boshlagan?

- Yuqorida men taʼkidlagan hukumat bayoni qarori ilovasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq tumanimizda ham "Ayollar maslahat markazi” tashkil etilgan. 2016-yildan boshlab, xotin-qizlarga tibbiy-psixologik va ijtimoiy masalalarda konsultativ xizmat koʻrsatuvchi "Ayollar maslahat markazi” faoliyat olib bormoqda. Markaz oʻz Nizomi va puxta ishlab chiqilgan ish rejasiga ega.

- Markazning chora-tadbirlar rejasidan asosan qanday vazifalar oʻrin olgan?

- Asosan xotin-qizlar oʻrtasida diniy-estremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olish va diniy vaziyatni sogʻlomlashtirish – Markaz faoliyatining asosini tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bir hafta, bir oy davomida, hatto yil davomida doimiy bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar mazmun-mohiyati ham ayol-qizlarning oilada, jamiyatda faolligini oshirish, oʻzining xalqqa foydasi tegadigan faol shaxs ekanligini, el-yurt orasida yuqori mavqega ega shaxs sifatida shakllana oladigan mavqega erishishini anglatish, ayollar ruhiyatini koʻtaradigan, oʻziga, kelajakka ishonchini orttiradigan "Ayol borki, olam munavvar”, "Ayol – maʼnaviyat gulshani”, "Maʼrifatli ayol jasorati”, "Ayol – hayot gultoji” kabi adabiy-musiqiy kechalar, bayram tadbirlarini tashkil etish masalalari muhim oʻrin tutadi.

- Alohida reja asosida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar ham bormi?

– Albatta, bunday tadbirlar ham Markaz ish rejasiga kiritilgan va bu tadbirlar yil davomida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari oʻquvchi-qizlari oʻrtasida uchrashuv, suhbat, davra suhbati shakllarida oʻtkaziladi. Xususan, taʼlim muassasalarida qizlar bilan ilgari diniy-ekstremistik oqimga aʼzo boʻlib, jinoyat sodir etgan, endilikda pushaymon boʻlgan ayol-qizlar bilan uchrashuvlar tashkil etib, diniy bilimsizlik, koʻr-koʻrona gʻaraz niyatli kimsalarga ergashishning salbiy oqibatlari xususida videolavhalar, hujjatli filmlar namoyish etish rejalashtirilgan.

- Ayol-qizlar oʻrtasida alohida xonadonlarga yigʻilib, "xalfa oʻqitish”, "ziyofat” kabi marosimlarni oʻtkazib, har xil diniy adabiyotlarni targʻib qilish holatlariga Markaz qanday munosabat bildiradi?

- Oʻsha siz aytgan ayollar yigʻinlarida oʻqiladigan diniy adabiyotlar haqiqiy islom diniga  oidmi yoki zid? Eng avvalo shuni bilish zarur boʻladi. Birinchidan, "xalfa oʻqitish” marosimi dinimizda mavjud emas. Bu kimlarningdir shaxsiy  manfaati tufayli paydo boʻlgan. Ikkinchidan, "xalfa” onaxonlarimiz kimlardandir koʻchirib olib, diniy marosimlar tashkil etib, mayyit chiqqan xonadonlarda diniy kitoblar oʻqishlari joiz emas. Uchinchidan, ularning qoʻllaridagi diniy kitoblar haqiqiy islom aqidalarini targʻib etib, ayollarimizni hidoyatga boshlayotirmi yoki buning teskarisimi? Markaz oʻz faoliyatida ana shu masalalarga jiddiy eʼtibor qaratadi. Agar ayollarni yigʻib, haqiqiy islom diniga zid, dinimizni buzib talqin qiluvchi adabiyotlarni targʻib qilayotgan shaxs boʻlsa, bunday shaxslarga nisbatan oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va huquqni muhofaza qilish organlari orqali uch bosqichda – profilaktik suhbat, rasmiy ogohlantirish, maʼmuriy javobgarlik tizimida chora koʻrish amaliyotini joriy etish belgilangan.

- "Ayollar maslahat markazi”ning ishchi guruhi aʼzolari mahallalarda oʻtkazilayotgan toʻy-maʼrakalardagi isrofgarchiliklar va tartibsizliklarga barham berish boʻyicha qanday amaliy ishlarni olib borishadi?

- Bu boradagi ishlarimiz juda keng qamrovli. Tuman IIB, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi vakillaridan iborat ayollar masalalari yuzasidan ishchi hayʼat tuzganmiz. Bu hayʼat aʼzolari toʻy va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham va kamchiqim qilib oʻtkazish, ularni diniy marosimlarga aylantirmaslikka qaratilgan tushuntirish va profilaktik tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etadi va amalga oshirishni taʼminlaydi.

- Bundan koʻrinadiki, "Ayollar maslahat markazi” nazaridan ayollar hayotiga doir hech bir masala chetda qolmaydi, shundaymi?

- Albatta, shunday. Ishsiz ayollar boʻyicha aniq maʼlumotlar toʻplash, ular uchun yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, bu masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida koʻrib chiqish uchun havola etish, mahallalarda  ayollar auditoriyalarini tashkil etib, diniy mutaassiblik va ekstremizmning, odam savdosining salbiy oqibatlari haqidagi videofilmlar namoyishini tashkil etish, uy bekalari va vaqtincha ishsiz ayollar maʼnaviyatini yuksaltirish, deputat ayollar va maʼnaviyat targʻibotchilari boʻlgan ayollar ishtirokida turli mavzularda oʻquvchi-qizlar bilan davra suhbatlari, savol-javob kechalarini oʻtkazish Markazning doimiy diqqat markazida.

Bundan tashqari, Markaz ayollarning jamiyatga faol aralashuvini taʼminlash maqsadida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning kasanachilik va uy mehnati bilan shugʻullanishlari uchun imkoniyatlar yaratish, ayniqsa, ayol-qizlar oʻrtasida mulkdorlar safini koʻpaytirish, yaʼni xususiy tadbirkorlik faoliyatini boshlashlarida yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatadi.

"Ayollar maslahat markazi”ning  tashkil etilishi va oʻz faoliyatini yuqorida qayd etib oʻtilgan mezonlar asosida olib borishi, menimcha ayollar hayotiga oid  koʻpdan-koʻp muammolarni, eng muhimi, ayollar oʻrtasida diniy-ekstremistik gʻoyalar tarqalishining  oldini olish va diniy vaziyatni sogʻlomlashtirish imkonini beradi.

- Markaz oʻz faoliyatini qayerda olib boradi va uning rahbari kim?

- "Ayollar maslahat markazi” oʻz faoliyatini tuman hokimligi binosida, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi ofisi huzurida yuritadi. Markazga tuman xotin-qizlar qoʻmitasi bosh mutaxassisi Adolat Yoʻldosheva jamoatchilik asosida rahbarlik qiladi.

- Sermazmun suhbatingiz uchun tashakkur.

Suhbatni "Mening oilam” gazetasi maxsus muxbiri, jurnalist Robiya YOʻLDOShEVA yozib oldi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026