UMRLAR BOʻLADIKI...
Shunday insonlar borki, ularning tirikligida qilgan savobli ishlari, ezgu amallari oʻzi dunyodan oʻtganidan soʻng ham unutilmaydi, halol mehnatlari evaziga yetishtirgan nihollari meva beraveradi.
Bizning aziz ustozimiz, sobiq 84-maktab-bogʻcha majmuasida direktor, 39-sonli maktabda oʻqituvchi, direktor vazifalarida ishlab, eng avvalo oʻzining insoniyligi, halol va jonkuyarligi bilan shogirdlariga namuna boʻlgan Eshboy aka Qoʻchqorov ana shunday insonlarning biri edi.
U rahbar sifatida ham talabchan, ham har bir oʻqituvchiga gʻamxoʻr va bagʻrikeng ustoz edi-ki, biron narsa soʻramoqchi yo maslahatlashmoqchi boʻlsak, hech tortinmay murojaat qilaverardik. Ustoz bundan ogʻrinmas, vaqtini ayamasdi. Yana oʻqituvchi darsga arang ulgurib kelishiga hech yoʻl qoʻymasdi, aksincha har bir darsga puxta tayyorgarlik bilan kirishimizni talab qilardi. Oʻqituvchilar har jihatdan yoshlarga namuna boʻlmogʻi lozimligini uqtirardi.
Ustozimiz 2008-yilda "Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi”, 2012-yilda "Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan edi. Afsus, shafqatsiz oʻlim uni oramizdan bevaqt olib ketdi.
Biz ustozimizning ishlarini davom ettirar ekanmiz, uning xotirasini doimo yodimizda saqlaymiz, deya shogirdlari nomidan Maqsuda, Zafar, Raʼno, Qunduz, Nargiza va 47-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi mehnat jamoasi.
(Foto - http://qadamjo.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶