01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 12:26
Jamiyat 👁 3,513

BOLAJONLAR UChUN BAYRAM TADBIRLARI

BOLAJONLAR UChUN BAYRAM TADBIRLARI

Farzandlarimizning har tomonlama sogʻlom boʻlib oʻsishida jismoniy tarbiyaning oʻrni gʻoyat katta. Shu sababli 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolalar va oʻsmirlar ishtirokida qator sport musobaqalari tashkil qilindi.

Yoshlar oʻrtasida sportning ommaviyligiga erishish, oʻsib kelayotgan yoshlarni jismonan sogʻlom va maʼnan barkamol qilib tarbiyalash borasida mahalla bolalari va oʻsmirlari oʻrtasida 3 bosqichda "Futbolimiz kelajagi” musobaqalari tashkil etildi. 1-bosqich 25-aprel – 5 may kunlari mahallalarda, mahalla yoshlari va oʻsmirlari oʻrtasida oʻtkazilib, unga 5 500 nafardan ortiq yosh futbolchilar qatnashdi. 10-15-may kunlari mahallalarning gʻolib jamoalari ishtirokida 6 ta hududda oʻtkazilgan tuman hududiy bosqich musobaqalarida jami 141 jamoa tarkibida 1880 nafardan ortiq yoshlar qatnashdilar. Hududlarda gʻolib boʻlgan mahallalar jamoalari esa 24-may kuni tuman final bosqichida ishtirok etishdi. 18 ta jamoa va 252 nafar bolalar hamda oʻsmirlar ishtirokidagi qizgʻin bellashuvlar yakuniga koʻra, 9-10 yoshli futbolchilar oʻrtasida Xolimbeg ovuli jamoasi birinchi, Oybek nomli mahalla jamoasi ikkinchi va Kuyuk koʻpir ovuli jamoasi uchinchi oʻrinni egalladilar. 11-12 yoshli futbolchilar oʻrtasida esa Oq oltin ovuli jamoasi birinchi, Toʻlqin ovuli jamoasi ikkinchi va Qizilcholi mahallasi jamoasi uchinchi oʻrinni egalladi. 13-14 yoshli futbolchilar oʻrtasida Beruniy nomli mahalla yoshlaridan iborat jamoaga teng keladigani topilmadi. Oʻrta qalʼa va Qilichboy ovullari jamoalari esa tegishli ravishda 2- va 3-oʻrinlarga egalik qilishdi.

Gʻoliblarga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar topshirilib, eng kuchli jamoalar musobaqalarning navbatdagi – tumanlararo hududiy bosqichiga yoʻllanma oldilar.

Joriy yilning 26-mayidan Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tumanimizda haftalik oʻtkazildi. Haftalik davomida ovul va mahallalarda "Har bir bolaga mehr, eʼtibor!” shiori ostida "Bolalarimiz kulgusi dunyoni toʻldirsin!” mavzusida qator tadbirlar uyushtirildi.

Haftalik tadbirlariga tumanimizdagi bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari keng jalb etildi. Shuningdek, mahallalarda, maktabgacha taʼlim muassasalarida, umumtaʼlim maktablarida maʼnaviy-maʼrifiy mavzularda kontsertlar, tomoshalar hamda turli sport musobaqalari oʻtkazildi. Nogiron bolalar oʻrtasida "Rang-barang boʻyoqlar dunyosi” mavzusida rasm chizish boʻyicha oʻtkazilgan tanlov ham shular jumlasidandir.

26-may kuni Olmazor mahallasida, hamda Qilichboy ovuli hududida, 27-may kuni Qipchoq ovuli hududida, 28-may kuni esa Xitoy ovuli va Jumurtov shaharchasi hududlarida yashovchi bolalar uchun bayram tadbirlari tashkil qilindi.

Tadbirlar doirasida  qator uchrashuvlar, kontsert dasturlari, sport musobaqalari oʻtkazildi va bolalar muzey hamda dam olish joylariga, istirohat bogʻiga olib borildi. Har bir fuqarolar yigʻinidan 15 nafardan oila farzandlari ishtirokida "Bir bolaga yetti mahalla ota-ona” shiori ostida tumanning diqqatga sazovor joylari va madaniyat maskanlariga sayohat uyushtirildi.

Fond tomonidan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oila farzaandlari va nogiron bolalarning 188 nafariga 3 mln. 158 ming soʻmlik sovgʻalar berildi.

Bundan tashqari, tumanimizda 3 nafar egizak farzandlari boʻlgan Xitoy, Toʻlqin va Kuyuk koʻpir ovullarida yashovchi 3 nafar onalarning farzandlariga bayram munosabati bilan fond tomonidan sovgʻalar berildi.

Shuningdek, 31-may kuni mahallalarda yashovchi 5 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasida shaxmat musobaqalari oʻtkazildi. Musobaqalarda 64 nafar voyaga yetmagan oʻgʻil va qizlar ishtirok etib, ular fond tomonidan esdalik sovgʻalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Bir soʻz bilan aytganda, bayram arafasida tumanimizning barcha hududlarida yashovchi bolajonlar turli madaniy-koʻngilochar va sport tadbirlarida qatnashib, olam-olam taassurotlar oldilar.

Rustam ROʻZMETOV,

"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026